228
moliyaviy holatidan qat‘i nazar, xodimning bajargan ishi uchun haqni belgilangan
(kamida har yarim oyda bir marta) muddatlarda to‗lashi shart;
-
mehnat haqidan xodimning yozma roziligi bilan,
belgilangan soliqlar va
boshqa majburiy to‗lovlarni undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro
etish va ba‘zi boshqa hollarda ushlab qolinishi mumkin. Ish haqini har gal to‗lash
vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‗lgan
mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim.
Xodimlarni ish bilan ta‟minlash tizimi.
Jamoa shartnomasida mehnat qilish
huquqini amalga oshirish kafolatlari ifoda etilishi lozim. Ushbu kafolatlar
O‗zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksida belgilab qo‗yilgan.
Eng avvalo
shuni ta‘kidlash kerakki, davlatimizda har bir fuqaro ish beruvchiga bevosita
murojaat qilishi yoki mehnat organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini
erkin tanlash huquqiga ega.
Mehnat qilish huquqini amalga oshirishda davlat quyidagilarni:
-
ish bilan ta‘minlash tizimi, shu jumladan, turli
mehnat rejimidagi ishni
tanlash erkinligini;
-
ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat
shartnomasini g‗ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishini;
-
maqbul keladigan ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni;
-
har kim kasbga va ishga ega bo‗lishda, mehnat qilish va ish bilan
ta‘minlanish
shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog‗onasidan
yuqorilab borishda teng imkoniyatlar yaratishni;
-
yangi kasbga (mutaxassislikka) bepul o‗qitishni, Bandlikka ko‗maklashish
markazlarida yoki ularning yo‗llanmasi bilan boshqa o‗quv yurtlarida stipendiya
to‗lab malakasini oshirishni;
-
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy
xarajatlar uchun qonun
hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to‗lashni;
-
haq to‗lanadigan jamoat ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat
shartnomasi tuzish imkoniyatlarini kafolatlaydi.
229
Ish bilan ta‘minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda
mehnat
qilish
huquqini
amalga
oshirishning
kafolatlari
O‗zbekiston
Respublikasining mehnat to‗g‗risidagi qonunlari va boshqa normativ hujjatlarida
belgilab qo‗yilgan. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida
―Har
bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida
ishlash va qonunda ko‗rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga
egadir‖
21
, deb kafolatlangan. Ana shundan kelib chiqqan holda har bir xodim:
-
muddatlari chegarasi belgilangan ish vaqtini o‗rnatish, bir qator kasblar va
ishlar uchun ish kunini qisqartirish, har haftalik dam olish kunlari, bayram kunlari,
shuningdek yillik ta‘tillar berish orqali ta‘minlanadigan dam olish;
-
o‗zining mehnat
huquqlarini himoya qilish, shu jumladan sud orqali
himoya qilish va malakali yuridik yordam olish;
-
jamoalarga doir mehnat nizolarida o‗z manfaatlarini himoyalash huquqiga
egadir.
Dostları ilə paylaş: