Mehnat va dam olish ta‟tillari tizimi.
Jamoa shartnomasida ish vaqti (shu
jumladan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati), ish vaqti rejimi, ish haftasining
turlari, bayram va dam olish kunlari, tanaffuslar, ish vaqtidan tashqari ish, ta‘tillar
(shu jumladan, ijtimoiy ta‘tillar) ko‗rsatilishi lozim.
Amaldagi qonunchilikka
muvofiq
O‗zbekiston Respublikasida ular
quyidagicha:
-
xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq
bo‗lmasligi kerak;
-
ayrim toifadagi xodimlar (o‗n sakkiz yoshga to‗lmaganlar, I va II guruh
nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi, alohida tusga ega bo‗lgan ishlarda
band bo‗lganlar, uch yoshga to‗lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy
jihatdan ta‘minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar uchun
mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shuningdek, mehnat
21
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston. - 2012. - 9- бет.
230
shartnomasiga muvofiq mehnatga to‗lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish
vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi;
-
xodim bilan ish beruvchi o‗rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul qilish
chog‗ida ham, keyin ham to‗liqsiz ish kuni yoki to‗liqsiz ish haftasi belgilab
qo‗yilishi mumkin;
-
ish haftasi: ikki kun dam olinadigan besh kunlik (har kungi ish muddati 7
soatdan ortib ketmasligi kerak) bo‗lishi mumkin;
-
ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqti – smena muddati, ishning boshlanish va
tugash vaqti, sutka davomida smenalar soni, ish kunlari bilan ishlamaydigan
kunlarning navbat bilan almashishi, xodimlarning smenadan smenaga o‗tish
tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari yoki ish beruvchi bilan xodim
kelishuviga binoan belgilanadi;
-
xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi;
-
ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‗llanilishi mumkin;
-
ish vaqtining tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi
o‗rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‗lmasligi
kerak;
-
dam olish va bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi.
Ish beruvchiga farmoyish bo‗yicha ayrim xodimlarni dam olish va bayram
kunlari ishga jalb etishga alohida hollardagina, jamoat shartnomasida, agar u
tuzilmagan bo‗lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki
xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asos va tartiblar
bo‗yicha yo‗l qo‗yiladi.
Barcha xodimlarga o‗rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta‘tillari
beriladi. Yillik asosiy ta‘til 15 kundan kam bo‗lmasligi kerak. Ayrim toifadagi
xodimlarga (18 yoshga to‗lmaganlar, ishlayotgan I va II guruh nogironlariga)
uzaytirilgan (30 kalendar kun) asosiy ta‘tillar beriladi. Mehnat shartnomalarida
ham uzaytirilgan yillik ta‘tillar berilishi ko‗zda tutilishi mumkin.
Xodimlar ijtimoiy (homiladorlik va tug‗ish, bolalarni parvarishlash, o‗qish
231
bilan bog‗liq, ijodiy) ta‘tillar olish huquqiga ham egalar.
Dostları ilə paylaş: |