Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga ko„ra bekor qilinishi mumkin:
1)
taraflarning
kelishuviga
ko‗ra.
Ushbu
asosga
binoan
mehnat
shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
2)
taraflardan birining tashabbusi bilan;
3)
muddatning tugashi bilan;
4)
taraflar ixtiyoriga bog‗liq bo‗lmagan holatlarga ko‗ra;
5)
mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko‗ra.
Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish to‗g‗risidagi shart mehnat
shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning
o‗rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korxonada bosh hisobchi lavozimi bo‗lmagan
taqdirda esa, bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi xodim bilan tuzilganda,
247
shuningdek, qonunda yo‗l qo‗yiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi
mumkin;
6) Yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo‗yicha o‗tmaganligi) yoxud
saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.
Korxona mulkdori almashganda, xuddi shuningdek, korxona qayta tashkil
etilgan (qo‗shib yuborilgan, birlashtirilgan, bo‗lib yuborilgan, qayta tuzilgan,
ajratilgan)da mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi.
Yangi mulkdor korxonaning rahbari, uning o‗rinbosarlari, bosh buxgalter
bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi bo‗lmagan taqdirda esa, bosh buxgalter
vazifasini bajaruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga
haqlidir. Korxonaning boshqa xodimlari bilan esa, mehnat shartnomasi qonun
hujjatlariga muvofiq holda bekor qilinishi mumkin.
Korxonaning bir organ bo‗ysunuvidan boshqa organ bo‗ysunuviga
o‗tkazilishi mehnat shartnomasining amal qilishini to‗xtatmaydi.
Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati
tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ikki hafta oldin ish
beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish
muddati tugagandan so‗ng xodim ishni to‗xtatishga haqli, ish beruvchi esa,
xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart. Xodim
bilan ish beruvchi o‗rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish
muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat
shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‗lsa,
xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‗z
kuchini yo‗qotadi. Bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor
qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza
u o‗z ishini davom ettirishining imkoni yo‗qligi (o‗quv yurtiga qabul qilinganligi,
nafaqaga chiqqanligi, saylab qo‗yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa
248
hollar) bilan bog‗liq bo‗lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos
qilgan muddatda bekor qilishi kerak.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini (muayyan muddatga tuzilganni ham,
muddatlining muddati tugagunga qadar ham) bekor qilishini asoslab berishi
shart.Bunga quyidagilardan biri asos bo‗lishi mumkin:
1)
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi
o‗zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‗zgarishiga olib kelgan
ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi (ish beruvchi bu
haqda xodimni yozma ravishda kamida ikki hafta oldin ogohlantirishi kerak);
2)
xodimning malakasi yetarli bo‗lmaganligi yoki sog‗ligi holatiga ko‗ra
bajarayotgan ishiga noloyiq bo‗lib qolishi (yozma ravishda xodim kamida ikki
hafta oldin ogohlantiriladi. Bu ikki holda ogohlantirishlar uning muddatiga to‗g‗ri
keladigan pullik kompensatsiya bilan ham almashtirilishi mumkin);
3)
xodimning o‗z mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzganligi. Avval
mehnat vazifalarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka
tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ
hujjatlarda nazarda tutilgan ta‘sir choralari qo‗llanilgan kundan e‘tiboran bir yil
mobaynida xodim tomonidan takroran intizomga xilof nojo‗ya harakat sodir
qilinishi mehnat vazifalarini muntazam ravishda buzish hisoblanadi;
4)
Xodimning o‗z mehnat vazifalarini bir marta qo‗pol ravishda buzganligi.
Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishga olib kelishi
mumkin bo‗lgan mehnat vazifalarini bir marta qo‗pol ravishda buzishlarning
ro‗yxati:
-
ichki mehnat tartibi qoidalari;
-
korxona mulkdori bilan korxona rahbari o‗rtasida tuzilgan mehnat
shartnomasi;
-
ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan qo‗llaniladigan choralar intizom
haqidagi nizomlar bilan belgilanadi.
Xodimning o‗z mehnat vazifalarini buzishi qo‗pol tusga egaligi yoki ega
249
emasligi har bir muayyan holda sodir qilingan nojo‗ya harakatning og‗ir-
yengilligiga hamda bunday buzish tufayli kelib chiqqan yoki kelib chiqishi
mumkin bo‗lgan oqibatlarga qarab hal etiladi;
5)
o‗rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa xodimning ishga qabul qilinishi
munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga ko‗ra o‗rindoshlik ishi
cheklanishi sababli o‗rindoshlar bilan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi;
6)
korxona rahbari, uning o‗rinbosarlari, bosh hisobchi bilan, korxonada bosh
hisobchi lavozimi bo‗lmagan taqdirda esa bosh hisobchi vazifasini bajaruvchi
xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mulkdorning almashishi sababli bekor
qilinganligi (yangi mulkdor ularni ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirishi yoki
shunga mutanosib kompensatsiya to‗lashi kerak). Mazkur asos bo‗yicha mehnat
shartnomasini korxona mulk qilib olingan kundan boshlab uch oy mobaynida
bekor qilishga yo‗l qo‗yiladi. Xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri,
mehnat to‗g‗risidagi qonunlar hamda boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan
ta‘tillarda bo‗lgan vaqti, uzrli sabablarga ko‗ra ishda bo‗lmagan boshqa davrlari bu
muddatga kiritilmaydi.
Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda mehnat
to‗g‗risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan ta‘tillarda
bo‗lgan davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor
qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. Faqat korxona butunlay tugatilgan hollargina bundan
mustasno hisoblanadi.
Jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida mehnat shartnomasini ish
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki
xodimlar boshqa vakillik organining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan
bo‗lsa, shartnomani bunday rozilikni olmay turib bekor qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi xodim
bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish masalasi bo‗yicha qabul
qilgan qarori haqida ish beruvchiga yozma ravishda xabar berishi kerak, bunday
xabar mehnat shartnomasini bekor qilish huquqiga ega bo‗lgan mansabdor
250
shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan boshlab o‗n kunlik muddat ichida
ma‘lum qilinadi.
Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‗mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik
organining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berish
to‗g‗risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay, mehnat
shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
Mehnat intizomini buzganligi uchun mehnat shartnomasini ish beruvchi
tomonidan bekor qilishga intizomiy jazolarni qo‗llanish uchun belgilangan
muddatlar o‗tib ketgandan keyin yo‗l qo‗yilmaydi.
Ish beruvchi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish ehtimoli
to‗g‗risida o‗z vaqtida, lekin kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasi
organi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga axborot taqdim etadi va ishdan
ozod etish oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan maslahatli ishlarni amalga
oshiradi. Ish beruvchi, shuningdek kamida ikki oy oldin har bir xodimning kasbi,
mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko‗rsatgan holda, bo‗lajak
ishdan ozod qilish to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni Bandlikka ko‗maklashish markaziga
ham ma‘lum qilishi shart.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‗zgarishlar,
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‗zgarishiga olib kelgan ishlar
hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda
qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq
bo‗lgan xodimlarga beriladi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo‗lgan taqdirda quyidagilarga
afzallik beriladi:
Dostları ilə paylaş: |