81
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga
joylashtirishga
nogironlar
jamoatchilik
birlashmalari,
jazoni
o‘tash
muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish markazlari,
ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ham ularni
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni ta‘minlaydigan
Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar)
markazlariga yuborish yo‘li bilan ko‘maklashishi mumkin.
Mahalliy davlat organi tomonidan belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va
ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam soniga
muvofiq tashkil etilgan (band qilib qo‘yilgan yoki ajratilgan) eng kam ish o‘rinlari
sonini qisqartirishga yoki tugatishga faqat kasaba uyushmalari qo‘mitalari yoki
xodimlarning
boshqa vakillik organlari, bandlikka ko‘maklashish va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlari bilan kelishgan holda yo‘l
qo‘yiladi hamda mahalliy davlat hokimiyati organi qarori asosida amalga
oshiriladi.
Texnologiyani, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar,
xodimlar sonining o‘zgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan
bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda
qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qo‘yilgan ish o‘rinlarining belgilangan
soni hisobiga ishga joylashtirilgan shaxslarda ish o‘rinlari, agar ushbu shaxslar
soni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan
belgilangan miqdordan
oshmasa, ustuvor tartibda saqlanib qoladi.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun
band qilib qo‘yilgan ish o‘rni ilgari ushbu ish o‘rnini egallab kelgan shaxs bilan
tuzilgan mehnat shartnomasining to‘xtatilishi munosabati bilan bo‘shab qolgan
taqdirda tashkilot o‘n kun muddatda Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish tuman (shahar) markazini yangidan ochilgan bo‘sh ish o‘rni
to‘g‘risida ma‘lum qilishi shart.
82
Nogironlar uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan
sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari
doirasida ijtimoiy
muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan
ko‘rsatkichdan ortiqcha, shu jumladan, ish uchastkalari (stexlar) tashkil etish
uchun turarjoy bo‘lmagan binolarni birinchi navbatda ajratish yo‘li bilan band qilib
qo‘yiladigan ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilashi
mumkin.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun
band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarini tuman (shahar) hokimi tomonidan
belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish o‘rinlarini
tashkil etishga sarflangan mablag‘larning bir qismini Bandlikka ko‘maklashish va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazi bilan tuzilgan shartnoma
asosida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash
huquqiga egadir.
Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan tashkilot (ish beruvchi)ning
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga
joylashtirish uchun band qilib qo‘yiladigan ish o‘rinlarini belgilanganidan ko‘p
miqdorda tashkil etishga xarajatlarining bir qismini qoplashga yo‘naltiriladigan pul
mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: