87
qilish tuman (shahar) bo‘limlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi
tadbirlarini
mablag‘ bilan ta‘minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tarkibida tashkil etilgan.
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi faoliyatini,
uning
me‘yoriy-huquqiy
asosini
O‟zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2003 yil 2 apreldagi
“O‟zbekiston Respublikasi Ish bilan
ta‟minlashga
ko‟maklashuvchi
davlat
jamg‟armasi
mablag‟larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‟g‟risida”gi 173-son qarori
16
tashkil etadi. Mazkur qarorga muvofiq jamg‘armasi byudjetdan tashqari maqsadli
davlat jamg‘armasi hisoblanadi, mahalliy va respublika
darajalarida tashkil
etiladi va uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanishning
maqsadli yo‘naltirilganligi saqlab qolingan holda Davlat byudjeti tarkibida
jamlanadi hamda Jamg‘armaning mustaqil balansida aks ettiriladi.
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi mablag‘lari
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish bosh boshqarmalarining byudjetdan
tashqari maqsadli maxsus
hisob raqamlarida jamlanadi. Bunda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning
ajratmalari hisobiga tashkil topadigan Ish bilan ta‘minlash jamg‘armasi
mablag‘larining etmish foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari ixtiyorida qoladi, keyinchalik
tumanlar va shaharlar o‘rtasida taqsimlanadi, o‘ttiz foizi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, tegishli hududiy
mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza
16
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 2 апрелдаги ―Ўзбекистон Республикаси Иш
билан таъминлашга кўмаклашувчи давлат жамғармаси маблағларини шакллантириш ва улардан
фойдаланиш тартиби тўғрисида‖ги 173-сон қарори // www.lex.uz.
88
qilish boshqarmalarining to‘lov topshiriqnomalari bilan pul o‘tkazish yo‘li bilan
respublika darajasida markazlashtiriladi.
Ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘armaning
asosiy vazifalari
quyidagilar hisoblanadi:
ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan davlat kafolatlarini
amalga oshirish;
mehnat bo‘limlari ta‘minotini moliyalashtirish;
tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan ish o‘rinlarini saqlab
qolish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish uchun kreditlar berish;
fuqarolarni
ishga joylashtirish, mehnat, aholini ish bilan ta‘minlash
va ijtimoiy muxofaza hilish masalalari bo‘yicha me‘yoriy hujjatlarni ishlab
chiqish, sostiologik kuzatuvlar o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan
ta‘minlash.
Quyidagi jadvalda ish bilan ta‘minlash jamg‘armasi mablag‘larining
shakllanish manbalari va xarajatlari tarkibi keltirilgan (5.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: