Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‟minlash markazlari faoliyati



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

 
5.5. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‟minlash markazlari faoliyati 
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazi O‘zbekiston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasida 
shahar (tuman) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
markazida fuqarolarning vaqtinchalik bir martalik mehnat faoliyatini tartibga 
solish maqsadida tashkil etiladi.
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazining asosiy vazifalari 
va faoliyati yo‘nalishlari 5.6-rasmda keltirilgan. 
5.6-rasm
. Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazining asosiy 
vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari 
Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta'minlash markazlarining 
asosiy vazifalari 
 
Ishlarga yollanishda fuqarolarga 
ko‘maklashish 
Maslahat va kasbga yo‘llash 
xizmatlarini ko‘rsatish 
Ish bеruvchi xususiy shaxslarga 
ko‘maklashish 
Ish bеruvchilar tomonidan 
bеriladigan ish turlari to‘g‘risidagi 
ma'lumotlar
bankini shakllantirish 
Ish bеruvchilar va ishga 
yollanuvchilarga jamoat tartibi, pasport 
rеjimi qoidalari hamda mеhnat 
xavfsizligining asosiy qoidalari 
to‘g‘risida xabardor qilish 
Bosh ish o‘rinlari yarmarkalarini 
muntazam ravishda o‘tkazish 
Zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar 
yaratish, ovqatlanish shoxobchalari 
tashkil etish 
Bir martalik ishlarni bajaruvchi 
fuqarolar tomonidan qonun hujjatlari 
buzilishining oldini olish 


92 
Markazning ish vaqti va tartibi shahar (tuman) hokimligi tomonidan mazkur 
joyda fuqarolar tomonidan vaqtinchalik bir martalik ishlarning bajarilishi borasida 
yuzaga kelgan xususiyatlarni e‘tiborga olgan holda belgilanadi. Qoidaga ko‘ra, 
Markazning ish vaqti soat 6.00 da boshlanadi, ishni tugatish vaqti soat 16.00. 
Markaz dam olish kunlarisiz ishlaydi. Zaruratga qarab hokimlik markazning 
boshqacha ish tartibi va vaqtini belgilashi mumkin. 
Huzurida Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta‘minlash markazi tashkil 
etiladigan shahar (tuman) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish markazi direktorining o‘rinbosari Vaqtinchalik bir martalik ish bilan 
ta‘minlash markazi direktori hisoblanadi (5.7-rasm).

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin