86
ta‘qiqlovchi choralar qo‘llash ham o‘zini oqlamaydi. Norasmiy ish bilan
bandlikka nisbatan davlatning qattiq siyosati natijasida norasmiy sektorning
qisqarishi ishsizlikni birdaniga o‘sib ketishiga olib keladi. Chunki, norasmiy ish
bilan band bo‘lganlarning aksariyat qismi rasmiy sektorda ishga joylasha
olmaydilar. Shuningdek, davlat tomonidan bunday siyosatning yuritilishi norasmiy
sektorda ikkilamchi ish bilan band bo‘lganlarning turmush darajasini birdaniga
pasaytirib yuboradi.
Bundan tashqari, norasmiy sektorni ta‘qiqlash uni jinoiy shaklga o‘tishiga
olib keladi. Norasmiy sektorni ta‘qiqlash choralari faqatgina norasmiy ish bilan
bandlikning salbiy tomonlariga nisbatan asosli hisoblanadi. Norasmiy sektorning
rivojlanishi ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
Ishsizlikning o‘sishi, ish haqining va aholi turmush darajasining pastligi, rasmiy
sektorda ishchi kuchiga etarli talabning yo‘qligi, rasmiy ish bilan bandlikning
beqarorligi norasmiy sektorning o‘sishiga olib keladi.
Bugungi kunda yashirin iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lgan xodimlarni
rasmiy ish bilan bandlikka o‘tkazish tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Ya‘ni, norasmiy
qonunan taqiqlanmagan mahsulot ishlab chiqarayotgan yoki xizmat ko‘rsatadigan
yakka tadbirkorlarni o‘zlari to‘laydigan soliq hisobidan pensiya jamg‘armasiga
to‘lov amalga oshirib, ular faoliyatlari mehnat daftarchalarida qayd qilinmoqda.
Norasmiy tarzda, og‘zaki kelishuv asosida ishlaydigan yollanma ishchilar
faoliyatini rasmiy ish bilan bandlikka o‘tkazish uchun ish beruvchi va yollanma
ishchi o‘rtasida tuziladigan kelishuv yozma shaklda mehnat muassasalari xodimlari
ishtirokida tuzilmoqda.
Dostları ilə paylaş: