89
Quyidagilar ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘armaga ajratmalar
to‘lashdan ozod etiladilar:
nogironlar jamoat tashkilotlariga qarashli o‘quv-ishlab chiqarish va ishlab
chiqarish korxonalari;
protez-ortopediya buyumlari ishlab chiqarishga,
nogironlarga protez
qo‘yish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan korxonalar;
tarbiya va ta‘lim muassasalari huzuridagi o‘quv-ishlab chiqarish
ustaxonalari va o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari;
byudjet ta‘minotidagi teatr-tomosha tashkilotlari.
Ish bilan ta‘minlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagilar amalga
oshiriladi:
mehnat organlarida ishsizlik maqomi olgan va ish qidiruvchi sifatida
ro‘yxatda turgan
shaxslarni kasbga tayyorlash, ularning malakasini oshirish va
qayta tayyorlash ishlarini mablag‘ bilan ta‘minlash;
ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, mehnat organlarining taklifiga binoan ishlash
uchun boshqa joyga ixtiyoriy ravishda ko‘chib o‘tish uchun kompensastiyalar
to‘lash va qonun hujjatlariga muvofiq ishsizlarga moddiy yordam berish;
ishsizlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanganligi
sababli byutjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarini qoplash;
haq to‘lanadigan jamoat ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
mablag‘ bilan ta‘minlash;
nogironlar va fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa
toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlari (ishlab
chiqarishlar) tashkil etish tadbirlarini mablag‘ bilan qisman ta‘minlash;
mehnat organlari ta‘minoti, barcha darajalardagi mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish organlarini (tuman va shahar ijtimoiy ta‘minot bo‘limlaridan
tashqari) joylashtirish uchun binolar qurish va ularni rekonstrukstiya qilish, ularni
90
moddiy-texnikaviy ta‘minlash, kompyuterlar, nusxa ko‘chirish va boshha zarur
texnika
bilan jihozlash;
axborot-ma‘lumotlar va reklama-noshirlik ishlarini amalga oshirish;
belgilangan tartibda respublika darajasida va hududiy darajada ijtimoiy
kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish, ish bilan ta‘minlash masalalari
bo‘yicha aholining ayrim guruhlari o‘rtasida anketa so‘rovlari o‘tkazish;
respublika va hududiy mehnat bozori axborot tizimlarini yaratish va
ularning dasturiy ta‘minotini
ishlab chiqish, shu jumladan texnika vositalari
sotib olish;
ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu jumladan ishga
joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq
xarajatlarni mablag‘ bilan ta‘minlash;
aholini ish bilan ta‘minlashga doir muammolar bo‘yicha xalqaro
hamkorlikni mablag‘ bilan ta‘minlash;
ishchi kuchi eksport qilish masalalari bo‘yicha xalqaro loyiha va
shartnomalarni
amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasining chet ellarga ishga
yuborilgan fuqarolarini ishga joylashtirishni tashkil etish, ularning ijtimoiy
himoyasini ta‘minlash bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta‘minlash;
ish bilan ta‘minlash jamg‘armasi mablag‘larini ko‘paytirishga
yo‘naltirilgan, aholini ish bilan ta‘minlashga bevosita ko‘maklashuvchi tijorat
va xo‘jalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirish, mulkchilik va
xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalar tashkil etish;
tijorat banklari tomonidan ochiladigan kredit liniyalari orqali xo‘jalik
yurituvchi sub‘ektlarga, shu jumladan kichik va o‘rta biznes sub‘ektlariga,
deqhon va fermer xo‘jaliklariga, oilaviy tadbirkorlik sub‘ektlariga hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lov, ta‘minlash
va qaytarish shartlarida yangi ish o‘rinlari yaratish uchun qisqa muddatli va o‘rta
muddatli kreditlar berish.
91
Shunday qilib, ish bilan ta‘minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘armasi
daromadlari va uning mablag‘laridan foydalanishning ko‘rib
chiqilgan va
kelishilgan prognozi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti parametrlari tarkibida Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: