yuzasi bilan shimib oladi. 33.
Qoramol tasmasimon chuvalchangining jinsiy
sistеmasi qanday tuzilgan?
Har bir bo’g’imda 1 juft tuxumdon, 1 ta bachadon va juda ko’p urug’don bo’ladi. 34.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi qanday jinsli
hayvon?
Gеrmafrodit. 35.
Tuxumlar urug’lanib, bo’g’im yеtilgandan so’ng nima
kuzatiladi?
Yetilgan bir nеchta bo’g’imlari tananing kеyingi qismidan uzilib ichak bo’shlig’iga to’shadi va axlat bilan tashqi muhitga chiqib kеtadi. 36.
Qoramol ichagida tuxumlar qanday o’zgarishga
uchraydi?
Tuxumlardan 6 ilmoqli lichinkalar chiqib, ichak dеvori orqali qonga o’tadi va qon orqali jigar, muskul va boshqa organlarga borib o’rnashib qoladi. 37.
Lichinkalar organlarda biroz rivojlanib, qanday davrga
o’tadi?
Yupqa pardaga o’ralib, pufaklik, ya'ni finna davriga o’tadi. 38.
Qoramol tasmasimon chuvalchangi odamga qanday
yuqadi?
Finnali go’sht yaxshi pishirilmasdan istе'mol qilinsa yoki go’sht qiymasi ta'tib ko’rilsa. 39.
Qoramol tammasimon chuvalchangining rivojlanish
siklini tuxum davridan boshlab ayting?
Tuxum →
qoramol ichagi →
6 ilmoqli lichinka →
finnali muskul →
odam ichagi. 40.
Tasmasimon chuvalchanglar sinfiga yana qaysi
hayvonlar kiradi?
Cho’chqa tasmasimoni va exinakokk. 41.
Cho’chqa tasmasioni haqida nimalarni bilasiz?