Academic Research in Educational Sciences volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 498,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix09.06.2022
ölçüsü498,21 Kb.
#61054
1   2   3   4   5   6   7
10-16

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 12  www.ares.uz 
Pedagogik amaliyotning samaradorligi quyidagilarda ko‘rinadi: 
Kasbiy tayyorgarlik zaruriy kasbiy bilim, ko„nikma va malakalarni 
o„zlashtirish asosida yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o„ziga xos 
ko„rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy tayyorgarlik o„z-o„zidan yuzaga kelmay, balki 
aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan bosqichlarni qamrab oladi. 
Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, 
tushunchalarni tarkib topganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid 
bilim, malaka va ko„nikmalarning o„zlashtirilishi, kasbiy sifatlarning qaror topishi 
hamda kasbiy moslashish darajasi bilan izohlanadi. Oliy ta‟lim muassasalari va 
ulardagi o„quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog mutaxassislar 
tayyorlash tizimi sifatmonitoringini oshirish, bo„lajak o„qituvchilarni zamonaviy 
kasbiy bilim, malaka va ko„nikmalar bilan qurollantirish, ularda kasbiy faoliyatga 
nisbatan akmeologik motivatsiyani shakllantirish pedagog mutaxassislarning kasbiy 
tayyorgarligini shakllantirish jarayonidagi muhim vazifalardan sanaladi. 
Pedagogik amaliyot talabalarda tanlangan mutaxassislikning o„ziga xosligidan 
kelib chiqqan holda intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo„lib, 
mazkur vazifani bajarish asosida ta‟lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi 
ta‟minlanadi. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy mezonlari sifatida bo„lajak 
mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik doirasidagi bilim, 
ko„nikma va malakalarning o„zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga moslashish 
darajasi belgilanadi. 

Yüklə 498,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin