Academic Research in Educational Sciences volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 498,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix09.06.2022
ölçüsü498,21 Kb.
#61054
1   2   3   4   5   6   7
10-16

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 14  www.ares.uz 
Gnostik (yunoncha “gnosis” – “bilish”) malakalar tarbiyachining bilim 
sohasiga taalluqli bo„lib, bolalarning individual-psixologik taraqqiyot darajasini 
aniqlay bilish, o„zining tajribasi va pedagogik faoliyatiga refleksiv yondashish, ilg„or 
tajribalarni o„rganish, novatorlik, pedagogik-psixologik adabiyotlardan foydalana 
bilish, empatiya va pedagogik ziyraklik doirasidagi malakalarni mujassam etadi. 
Konstruktivlik (loyihalash qobiliyatiga egalik) – bu tarbiyachining pedagogik 
jarayonni metodik jihatdan to„g„ri loyihalashtirishi va tashkil etishi ko„zda tutiladi. 
Bunda ta‟lim jarayoni natijalarini prognoz qilish, o„quv-tarbiya jarayonini maqsadli 
loyihalash, o„quvchilarning yosh va individual xususiyatlaridan kelib chiqib ta‟limiy, 
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni to„g„ri belgilash va darsning texnologik 
tuzilmasini aniq belgilash, amalga oshirish bilan bog„liq malakalar nazarda tutiladi. 
Kommunikativlik – bu tarbiyachi-pedagogning alohida xususiyati bo„lib, unda 
o„quvchilar va hamkasblari bilan o„zaro hamkorlik muloqoti nazarda tutiladi. Bunda 
tarbiyachining bolalarni o„ziga jalb etishni bilishi, o„quvchilar va ota-onalar bilan 
muloqotni tashkil etishi, boshqarishi va nazorat qilishi, ular bilan pedagogik-
psixologik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o„zaro aloqa bog„lashga, shaxslararo 
munosabatlarni faollashtirishga qaratilgan malakalardir. O„quvchilar bilan muloqotda 
pedagogik tayyorgarlikning muvaffaqiyatli bo„lishi ko„p jihadan o„qituvchining 
kommunikativ ko„nikma va malakalarni uzluksiz ravishda egallab borishi, uni qo„llay 
olish layoqatiga bog„liq. 
Tashkilotchilik – tarbiyachining o„quvchilar jamoasini uyushtira bilishi
jamoani jipslashtira olishi, o„quvchilarning bilish faolligini faollashtira olishi, shaxsiy 
tajribasi va ilg„or pedagogik g„oyalarni dars jarayoniga tatbiq eta olishi bilan 
tavsiflanadi[6]. 
Pedagogik amaliyot ishlarini tizimli yo„lga qo„yish va uning uslubiy 
ta‟minotini yaratish kasbiy moslashtirish jarayonidagi muhim tashkiliy-metodik 
shart-sharoitlardan biri bo„lib hisoblanadi. 

Yüklə 498,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin