Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 326,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix10.03.2023
ölçüsü326,77 Kb.
#87273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
afgonistonda-amir-habibullaxon-davrida-ma-rifatchilik-harakatlari-va-yosh-afgonlar-harakatining-paydo-bolishi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1137
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
tarafdorlari) va konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari o`rtasida kurashlar
boshlanadi. 
1906-yilda yashirin siyosiy tashkilot – “Mashruta” tuziladi. U tuzgan 
tashkilotchilar o’zlarini “Yosh afg’onlar” deb atadilar. Ularning yetakchilaridan biri 
“Habibiya” litseyining direktori Abdulg’ani Panjobiy edi. U Angliyaning Oksford 
universitetini tamomlagan. O’sha vaqtlarda “Yosh afg’onlar” harakati rahbarlari 
litseyda, maktab va madrasalarda, shuningdek shoh saroyida xizmat qilar edilar. 
1905-yilda “Shohiy” madrasasi katta o’qituvchisi va saroy mullasi Abdurauf 
Qandahoriy va “Habibiya” litseyi o’qituvchisi Muhammad Sarvar Qandahoriy “Siroj-
ul axbor” gazetasini tashkil etadi. Bu yosh afg’onlarning birinchi nashri edi. Bu 
nashrda xizmat qilganlar asosan aholining ziyoli qatlami, vatanparvar yoshlari, 
shuningdek taraqqiyparvar kayfiyatdagi zobit va ilg’ar askarlar, amaldorlar va 
savdogarlardan iborat edilar. 
Gazeta redaksiyasi tarkibida hind musulmonlaridan Najaf Alixon va Haydar 
Alixonlar bor edi. Ular ham jamiyatni yangi g’oyalar bilan boyitish tarafdorlari 
edilar. Shu sababli bu kishilar afg’on ma’rifatchilik harakatlarida muhim rol 
o’ynadilar. 
1906-yilda 11-yanvar kuni “Siroj-ul axbore afg’oniya” gazetasining 1-soni 
nashrdan chiqdi. Bu kun afg’on xalqi uchun unutilmas kun bo’lib qoldi, chunki bu 
gazeta tufayli afg’on xalqining ma’rifatlilik darajasi bir pog’ona yuqoriga ko’tarilgan 
edi. Nashriyotning tinimsiz ravishda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
holatini talqin etishi xalq orasida katta o’zgarishlarga olib keldi.
Tez orada “Siroj-ul axbor” jamiyati qoshida siyosiy harakat vujudga keldi. Uni 
taniqli adabiyotshunos Muhammad Sarvar Vosif boshqargan. U 1903-yilda 
“Habibiya” litseyiga o’qituvchi sifatida kelgan edi. Uning afg’on ma’rifatchiligidagi 
o’rni beqiyosdir. U o’zining taraqqiyparvar g’oyalari bilan siyosatga ham ta’sir 
etishga harakat qilgan. Bu siyosiy harakat yetakchilarining sa’y-harakatlari bilan 
mahalliy aholi tomonidan yoshlarni xorijda o’qib kelishiga ketadigan xarajatlar uchun 
mablag’lar yig’ildi. Shu bilan birgalikda ular XX asrning boshlaridagi dunyoda ro’y 
bergan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar va xorijdagi siyosiy 
partiyalar dasturlarini ham qiyosiy tahlil etdilar. Shu vaziyatda taraqqiyparvarlar 
afg’on xalqining tinchlik sevarligidan kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo’l 
bilan hal etishga harakat qildilar. Chunki afg’on ma’rifatparvarlari qonli 
to’qnashuvlarga va urushlarga buyunlay qarshi edilar. Ularning mafkurasida islom 
dini shaxsning ma’naviy kamolotiga va jamiyat rivojidagi 
ahamiyati muhim o’rin tutgan. 



Yüklə 326,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin