Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1141 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal ma’rifiy ishlar faqatgina islom qonunlari bilan hamohanglikda olib borilishini
qo’llab-quvvatlar edilar. Ular ko’pgina yangiliklarga qarshi chiqib, ularsiz ham xalqni
ziyoli qilish mumkinligiga ishonar edilar. Bundan tashqari, xalq farovonligini
ta’minlash uchun jamiyatni butunlay isloh qilish shart emas deya hisoblardilar.
Yosh afg’onlarning bir guruhini Nasrulloxon boshqarar edi. Uning tarafdorlari
feodal an’analaga sodiq kishilar edi. Ular o’rta asr an’analaridan voz kechmaydigan
radikal guruhga aylandilar. Ularning mamlakatdagi faol siyosiy harakatlari oqibatida
bir qancha siyosiy ziddiyatlar kelib chiqdi. Nasrullaxon ham “Habibiya” litseyi
o’quvchisi edi. Keyinchalik uning g’oyalari o’zgarishiga islom radikal ruhoniylari
ta’sir qildi. Shu sababli u jamiyatda oldingi an’analarni saqlab qolib, ilm-fanni
islomiy tarzda o’rganish zarur deb o’ylay boshladi. Uning ortida esa mamlakatning
yirik feodallari turar va uni munosib himoya qilar edilar. Shu sababli u faol siyosiy
kurash ham olib borgan edi. Yosh afg’onlar guruhi yetakchilari asosan islohotlar yo’li
bilan jamiyatni ma’rifatli qilish mumkin deb o’ylardi va buning uchun kurashar
edilar. Yangi afg’on jamiyatida aholining ziyoli qatlami muhim ro’l o’ynashiga katta
e’tibor berdilar. Shu sababli ziyolilarga katta imkoniyatlar berishga harakat qildilar.
Ularni muhim lavozimlarga tayinlash va mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok
etishlari tarafdorlari edi. Chunki ular aholi orasida ma’rifat urug’larini sochishga
qodir edilar. Afg’on taraqqiyparvarlarining eng muhim vazifalaridan biri xalqni
ongida ma’rifat tushunchasini aks ettirishdan iborat edi.