Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1139
June, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
bir qatorda Said Qosim Lag’moniy, Mir Zamoniddinxon, Mir Yorbek Darvaziy,
Nizomiddinxon Arg’andivol, Javharshoh G’urmandiy va boshqalar ham bu guruhga
a’zo edilar. Ular birgalikda amir Habibullaxonni
taxtdan tushirib, o’rniga
Omonullaxonni taxtga ko’tarmoqchi edilar. Chunki shahzoda “yosh afg’onlar”
g’oyaviy ta’sirida ulg’aygan edi. Ular birgalashib otaliq-Nasrullaxonni qo’lga olishga
harakat qilar edilar. Chunki Nasrullaxon saroyda katta ta’sirga ega edi.
“Yosh afg’onlar” harakati orasida aristokrat va o’qituvchilardan tashqari
armiya ofitserlari,
yirik savdogarlar, yirik yer egalari ham bor edi. Ular o’rtaga
Qur’on, shashka va qalamni qo’yib ont ichadilar. Bu yerda Qur’on – islom dini
qonun-qoidalari bo’yicha eng muqaddas kitob, shashka –
mustaqillikka erishish
belgisi, qalam – harakat qilish timsoli deb bildilar.
Tez orada “yosh afg’onlar” harakati qatnashchilari orasida ham sotqinlar
borligi ma’lum bo’ldi. Ular saroy amaldori Muhammad Azimxon, o’qituvchi
Muhammad Kabirxon va Toj Muhammad Pag’moniy edilar. Ular 1909-yilda amirga
harakat yetakchilarini sotadi.Shundan so’ng ko’pchilik
harakat yetakchilari
qatag’onga
uchraydilar.Ko’pchilik
qamoqqa
olinadi.
Ulardan
7
tasi
o’limgamahkumqilinadi. Qatag`on ularning irodalarini sindira olmadi, aksincha,
ularga yanada kuchliroq harakat qilish zarurligini uqtirib qo’yildi.
Endilikda ular
katta kuch bilan harakat qila boshladilar. O’z oralaridagi sotqinlar tez orada fosh
qilingach, tarkib yana bir bor ko’zdan kechirilib chiqildi. Ular kurashning g’oyaviy
usulini qo’llashga harakat qildilar.Davlatda butunlay yangicha mafkura targ’ib etila
boshladi. Bu g’oyalar tizimi butun xalq ongiga singdirildi.
Afg’on ma’rifatparvarlari mamlakatning mustaqil
taraqqiyot talablariga mos
keluvchi qiziqishlarini jamiyatga tatbiq etishga harakat qildilar. Ular shuni
ta’kidlaydilarki, Afg’onistondagi milliy taraqqiyot va ijtimoiy jarayonlar afg’on
jamoatchiligi butkul mustaqillikni, suverenitet va ozodlikni qo’lga kiritguncha
ro’yobga chiqadi. Hukumatga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon tufayli afg’on
taraqqiyparvarlari qo’lga tushib qoldilar. Ko’pchilik qamoqqa olinadi. Ulardan 7 tasi
o’limga
mahkum qilinadi, 38 tasiuzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum
etildi.O’limga mahkum etilganlar orasida Muhammad Sarvarxon va Javxar shoh
G’urbandiylar bor edi. Ular ma’rifatparvarlarning ilg’or vakillari edilar.
Qamalganlarning ko’pchiligi Habibullaxon o’limidan so’ngina
ozodlikka
chiqadilar. Sotqinlar amir tomonidan mukofotlandi. Amir tarafdorlari Kobuldagi
barcha yangi usuldagi maktablarni yopishga qaror qiladilar. Shundan so’ng
Hirot,Qandaxor va Jalolobod shaharlarida ham yosh afg’onlarga
qarshi harakatlar keng quloch yozadi.