Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1138 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal “Yosh afg’onlar” harakati rahbarlaridan biri Mir Qosim Lag’moniy edi. U ham
harakatning keyingi siyosiy hayotida muhim rol o’ynagan. Bundan tashqari Toj
Muhammad Balujiy, Fayz Muhammad kotib, Muhammad Anvar, Ahmad Lodinlar
“Habibiya” litseyiga birlashib, mamlakatning siyosiy hayotiga o`z ta’sir
o’tkazardilar. Ularning talablari quyidagicha edi:
- despotizmni cheklash va konstitutsion tuzum o’rnatish;
- parlamentni saylov yo’li bilan tasdiqlash;
- hokimiyatni qayta tashkil etish;
- madaniyatni rivojlantirish, ilm-fanga ko’proq e’tibor berish va uni taraqqiy
ettirish;
- zamonaviy sivilizatsiyani kengaytirish;
- ijtimoiy tenglikni ta’minlash, xalq huquqlarini himoya qilish;
- xalq birligini mustahkamlash;
- xalq tuzumi bilan siyosiy mustaqillikka erishish; MUHOKAMA VA NATIJALAR Albatta bu partiyaviy dastur emas edi.O’sha vaqtda bunday partiya dasturi
bo’lgan emas. Xalq tezda ularni davlat to’ntarishi o’tkazishiga ishondilar. Bu islohot
tarafdorlari saroyda “yashirin saroy partiyasi” a’zolari sifatida tanilgan edilar. Chunki
ular mamlakatda katta o’zgarishlar qilishlari uchun davlat to’ntarishi zarur deb
hisoblar edilar. Ular xalqning xohish-irodasiga qarab ijtimoiy hayot asoslarini
yaratish yo’lidan borganlar. Afg’on jamiyatini isloh qilish ularga hukumatni ham
o’zgartirish sharti qo’yildi. Buning sababi hukumat ko’pchilik yangiliklarga e’tiborsiz
bo’lib, oldingi an’analar davom etishidan manfaatdor edilar.
Ma’rifatchilik harakatiga amirning o’g’li, Omonullaxon, ham qo’shiladi. U bu
harakatga keyinchalik, rahbarlik qiladi. U afg’on ma’rifatparvarlari ta’sirida voyaga
yetgan bo`lib, uning dunyoqarashi qolgan shahzodalardan butunlay farq qilar edi. U
jamiyatni ma’rifatli qilish uchun uni butunlay qayta isloh qilish zarur deb hisoblar
edi. “Yosh afg’onlar” harakati a’zolarining hammasi ilmli yoshlar bo’lgan. Ular
Kobuldagi siyosiy harakatga rahbarlik qilar edilar. Ularning ichidan keyinchalik
mashhur siyosiy arboblar yetishib chiqqan. Afg’onistonning ziyoli va ilmli yoshlari
tufayli bu harakat keng quloch yozadi. Bu harakatning amalga oshirgan ishlari,
xalqning ma’rifatli bo’lishiga qaratilgan edi. Ular faqat tashviqot-targ’ibot ishlarining
o’zi yetarli emasligini tushunib yetgach, o’z harakatlariga siyosiy tus beradi.
“Yashirin