Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1134
June, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
ko’zga tashlandi. 1903-yilda Afg’onistonda ilk bor litsey ochiladi.
Bu mashhur
“Habibiya” litseyi edi. Bu vaqtgacha mamlakatda faqat 12 yillik hind-ingiliz
tizimida asoslangan ta’lim bor edi. Bu ta’lim hind-ingliz sistemasi bo’yicha
o’qitilar edi. Bu litseyida o’ziga to’q oilalarning farzandlari ta’lim olar,12 yoshdan
40 yoshgacha bo’lganlar qabul qilinar edi. Litsey ochilganida ta’lim oluvchilar soni
250-270 kishini tashkil qilar edi. Litseyni 1895-yilda amir xizmatiga o’tgan hind
musulmoni Abdulg’ani boshqarar edi. Litseyda tajribali afg’on o’qituvchilari va hind
musulmonlari, shuningdek turk o’qituvchilari dars berargan. Litseyda ta’lim turi
hind-yevropacha usulda olib borilib, o’quvchilar diniy va dunyoviy ta’lim olar edilar.
Litseyda dars 3 bosqichda: boshlang’ich, o’rta va yuqori bosqichda o’tilar edi.
Boshlang’ich ta’lim 4 yil davomida o’qitilgan.
Unda islom dini qonunlari, fors tili,
arifmetika, geografiya va kalligrafiya o’qitilar edi. 2-bosqich 3 yil davom etib, unda
islom dini qonunlari,
geografiya, fors va pushtun tillari va ingliz yoki nemis tillari
o’qitilar edш. 3-bosqich ham 3 yil davom etgan. Unda islom dini qonuniyatlari
chuqurlashtirilib o’tilgan. Bundan tashqari
fors tili va adabiyoti, tarix, algebra,
geometriya, mexanika, ximiya, ingliz tili o’qitilgan. Litseyda mamlakatdagi birinchi
katta kutubxona ochilgan. Kobulning bir necha tumanlarida 6 ta yordamchi bo`limi
ochilgan. Litseyga Hindistondan Najaf Ali va Muhammad Charog’ dars berish uchun
taklif qilingan. Tezda litseyning talabalari soni 269 taga yetdi.Bu litsey faoliyati
tufayli afg’on jamiyatida ilg’or fikrlovchi kishilar soni ancha ko’paydi. To’gri, bu
litseyda faqat zodagonlar farzandlari ta’lim olishlari mumkin edi, lekin ular kelajakda
xalqni ma’rifatli bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Ular o’qishlarini chet davlatlarda
davom ettirib, yuqori malakali mutaxassislar bo’lib yetishdilar.
Yurtlariga qaytib,
mamlakatning qanchalik taraqqiyotdan ortda qolib ketayotganligini xalqqa
tushintirishga harakat qildilar. Ularning sayi-harakatlari tufayli Afg’onistonda ilm-fan
rivojlana boshladi. Ular milliy uyg’onish nima ekanligini izohlab, barcha afg’on xalqi
savodli bo’lishi zarur ekanligini uqtirdilar. Xalq hayotida ilm-ma’rifat yuqori o’rinni
egallashi lozim ekanligini bod-bod takrorladilar. Ijtimoiy
turmushning taraqqiy
etishida aholi ma’rifatliligi va ma’naviyatliligi birinchi o’rinda turishini isbotlab
berdilar.
Bu vaqtda mamlakatda “Harbiya” litseyi ham o`zfaoliyatini olib borga edi.
Unda asosan harbiy masalalar o’rgatilgan. Shu bilan bir qatorda XX asr boshlarida ilk
maktablarham ochilgan. Ularda Qur’on, fiqh
va hadisdan saboq berilgan, arab va
fors tillari grafikasi puxta o’rgatilgan. “Habibiya” litseyiga kirish uchun avval
maktablarni o’qib tugatish majburiy qilib qo’yilgan.
Birinchi
jahon urushi davrida ta`lim tizimida biroz o’zgarish bo’lgan. Bu
davrda turk ta’lim tizimi birinchi o’ringa chiqadi. Ta’lim