Academic Research in Educational Sciences Volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 326,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix10.03.2023
ölçüsü326,77 Kb.
#87273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
afgonistonda-amir-habibullaxon-davrida-ma-rifatchilik-harakatlari-va-yosh-afgonlar-harakatining-paydo-bolishi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1135
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
dasturlari turk usulida tayyorlashgan va o’qituvchilar ham Turkiyadan kelib dars 
bergan. 
Habibulloxon hokimiyatining oxirgi yillarida o’quvchilar soni biroz 
kamaygan. 1916-yilda Kobul okrugida boshlang’ich maktablarni atigi 130-kishi 
tamomladi. Mamlakatda ko’plab madrasalar ham tashkil etilgan edi. Ularda Qur’on 
o’rgatilar edi. Bularni tugatib o’quvchilar zamonaviy maktablarda ham ta’lim olish
imkoniyatiga ega bo’lar edi. 
Birinchi jahon urushi davrida 1913-yilda hukumat an’anaviy ta’lim berish 
usulini zamonaviylashtirish to’g’risida qaror chiqaradi. Ammo maktablarda 
ko’pincha mullalar dars berar edi . Ularning ko’pchilligi faqat diniy ta’limdan dars 
bera olar edi. Shuning uchun 1913-yilda bir qancha yangi usulda dars beriladigan
maktablar ochiladi. 
1911-yilda 
“Arjuman-e maoref” jamiyati tashkil etiladi. Jamiyatni 
Inoyatullaxon boshqarar edi. Bu jamiyat yangi o’quv dasturlarini ishlab chiqadi. 
Imtihon tartiblarini ham biroz o’zgartiriladi. Ular ta’lim tizimini butunlay isloh qilish 
zarurligini targ’ib qildilar. Bu jamiyat yetakchlari asosan ma’rifatparvar kishilar 
ekanligi bilan ajralib turar edi. Ular jaholat, bilimsizlik, madaniyatsizlik, 
mutaassiblik, ilm-fandan yiroq bo’lish inson azob-uqubatlarining asl sababi deya 
talqin etdilar. Ular mavjud tuzum, uning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy sohalaridagi 
barcha salbiy ko’rinishlariga va kamchiliklariga qarshi kurashish; maorif, erkinlik, 
hayotning insoniy-madaniy jihatlarini shakllantirish, ularni qo’llab-quvvatlash va 
himoya qilish, ma’naviy va axloqiy me’yorlarni takomillashtirish; xalq ommasi 
manfaatlarini himoya qilish, xalq farovonligini oshirishga sidqidildan intilish
yo’lidan bordilar. 
Bu jamiyat ma’rifatparvarlari tomonidan birinchi navbatda amalga oshirilgan 
chora tadbirlar qatorida islom dini meyorlarini, Qur’on oyatlari va hadislarni, shariyat 
hukmlarini to’gri talqin etish, ta’lim tizimini isloh etish, uni zamon talablariga 
moslashtirish kabilar bor edi. Afg’on milliy taraqqiyparvarlari va ziyolilari musulmon 
ruhoniylarining fanga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan vakillarini qoraladilar. 
Ma’rifatparvarlar islom dini har bir musulmon erkak va ayolining bilimga ega 
bo’lishlarini, ularning zimmasiga burch qilib qo’yilganligini keng targ’ib qildilar. 
Ma’rifatparvarlar ilm-fanni taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo’naltiruvchi 
kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan bir vositasi deb hisobladilar. 
Ularning fikriga ko’ra chin musulmon bo’lish uchun diniy bilimlar bilan bir qatorda 
dunyoviy bilimlarni, ayniqsa, matematika, tarix, fizika, tibbiyot va 
boshqa fanlarni bilishlari zarur deb hisoblaganlar. Buni muqaddas 
Qur’on va hadislar orqali tasdiqladilar. 



Yüklə 326,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin