Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1136 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Shu bilan birgalikda ma`rifatparvarlar o’z faoliyatlarida islomni to’g’ri
izohlashga uringanlar, shuningdek islomga putur yetkazadigan urf-odatlarga,
jamiyat rivojiga va taraqqiyotiga xalal beradigan salbiy ko’rinishdagi holatlarga
qarshi chiqdilar. Ma’rifatparvarlar johillikni tugatishga, jamiyatda hurfikrlar,
taraqqiyparvar g’oyalar uyg’otishga intildilar. Ularning an’anaviy ta’lim tizimlari
islom dini qoidalari asosida tashkil qilingan bo’lib, maktab va madrasalarda diniy
ta’lim bilan birga dunyoviy fanlar ham yuqori darajada o’qitildi. Boshlang’ich ta’lim
maktablarda olib borilib, 5-7 yil davom etgan. O’quvchilar maktablarda o’qish va
yozish bilan birgalikda arab tili, fors tili va Yevropaning biron bir tilini boshlang’ich
darajada o’rganar edilar. O’quvchilarga oliy ta’lim dastlab madarsalarda berilar edi.
Madrasalarni bitiruvchilari islom qoidalari, shariyat ahkomlari, Qur’oni karim
oyatlari va suralarining sharhlarini to’liq o’zlashtirar edilar. Ular dunyoviy bilimlarni
ham yetarli darajada o’zlashtirishga harakat qilar edilar. Madrasa bitiruvchilari
hukumatning joylardagi vakolatli organlarida, maktablarda va boshqa davlat
idoralarida ishlash huquqiga ega edilar.
1914-yilda Kobulda ilk bor o’qituvchilar tayyorlaydigan markaz ochiladi
(“Dor-ul muallemin”). Ular har yili o’rtacha 30 ta o’qituvchi tayyorlanar edi. Bu o’qituvchilar boshlang’ich maktablarda dars berar edilar. Biroq konservativ
mullalar ta’sirida zamonaviy ta’lim sustlashib borar edi. Ular ko’pgina
o’qituvchilarni islomdan yiroqlashib ketganligi va shariyat ahkomlarini
bilmasliklarini bahona qilib, darslarni mullalar olib borishlari zarurligini uqtirar
edilar. Ularning fikricha jamiyatda islom to’liq hukmron bo’lsagina, insonlar o’z
maqsadlariga yetishadilar.
Ta’limni zamonaviylashtirish evaziga yangicha fikrlaydigan afg’on kadrlari
yetishib chiqarish masalasi ma’rifatparvarlar tomonidan oldingi o’rinlarga qo’yildi.
Bu ishni amalga oshirishda hind musulmonlari katta rol o’ynadilar. Ular Hindistonda
ham ozodlik harakatlariga boshchilik qilar edilar va u yerlarda ham xalqni jaholat
botqog’idan olib chiqishga intilar edilar.
Bundan tashqari Kobulda bir qancha inqilobga xizmat qiluvchi hind
emmigrantlari ham yashar edi. Ular Afg’onistonda milliy burjuaziya yaratishga intilar
edilar. Shundan so’ng Afg’onistonga Turkiya va Erondan ham emmigrantlar kela
boshladilar. Ular inqilobga xizmat qilar edilar va tashqi kuchlar vositasida
rag’batlantirib turilar edi. Ular Afg’onistonda ma’rifatparvarlarning harakatlariga
to’sqinlik qilar va eskicha tartibni saqlab qolish uchun kurashar edilar.
XX asr boshlarida mamlakatda qator ijtimoiy muammolar
kelib chiqqan edi. Mamlakatda liberallar (Habibiya litseyi