Academic Research in Educational Sciences Volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 326,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix10.03.2023
ölçüsü326,77 Kb.
#87273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
afgonistonda-amir-habibullaxon-davrida-ma-rifatchilik-harakatlari-va-yosh-afgonlar-harakatining-paydo-bolishi

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA  
Bu davrda ma’rifatchilik harakati rivojlanib, “Yosh 
afg’onlar” harakatining rivojlanishi afg’on jamiyatida ma’lum 
o’zgarishlarga olib keldi. Bu ayniqsa ta’lim sohasida ham ancha 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 6 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
1134
 
June, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
ko’zga tashlandi. 1903-yilda Afg’onistonda ilk bor litsey ochiladi. Bu mashhur 
“Habibiya” litseyi edi. Bu vaqtgacha mamlakatda faqat 12 yillik hind-ingiliz
tizimida asoslangan ta’lim bor edi. Bu ta’lim hind-ingliz sistemasi bo’yicha 
o’qitilar edi. Bu litseyida o’ziga to’q oilalarning farzandlari ta’lim olar,12 yoshdan 
40 yoshgacha bo’lganlar qabul qilinar edi. Litsey ochilganida ta’lim oluvchilar soni 
250-270 kishini tashkil qilar edi. Litseyni 1895-yilda amir xizmatiga o’tgan hind 
musulmoni Abdulg’ani boshqarar edi. Litseyda tajribali afg’on o’qituvchilari va hind 
musulmonlari, shuningdek turk o’qituvchilari dars berargan. Litseyda ta’lim turi 
hind-yevropacha usulda olib borilib, o’quvchilar diniy va dunyoviy ta’lim olar edilar. 
Litseyda dars 3 bosqichda: boshlang’ich, o’rta va yuqori bosqichda o’tilar edi. 
Boshlang’ich ta’lim 4 yil davomida o’qitilgan. Unda islom dini qonunlari, fors tili, 
arifmetika, geografiya va kalligrafiya o’qitilar edi. 2-bosqich 3 yil davom etib, unda 
islom dini qonunlari, geografiya, fors va pushtun tillari va ingliz yoki nemis tillari 
o’qitilar edш. 3-bosqich ham 3 yil davom etgan. Unda islom dini qonuniyatlari 
chuqurlashtirilib o’tilgan. Bundan tashqari fors tili va adabiyoti, tarix, algebra, 
geometriya, mexanika, ximiya, ingliz tili o’qitilgan. Litseyda mamlakatdagi birinchi 
katta kutubxona ochilgan. Kobulning bir necha tumanlarida 6 ta yordamchi bo`limi 
ochilgan. Litseyga Hindistondan Najaf Ali va Muhammad Charog’ dars berish uchun 
taklif qilingan. Tezda litseyning talabalari soni 269 taga yetdi.Bu litsey faoliyati 
tufayli afg’on jamiyatida ilg’or fikrlovchi kishilar soni ancha ko’paydi. To’gri, bu 
litseyda faqat zodagonlar farzandlari ta’lim olishlari mumkin edi, lekin ular kelajakda 
xalqni ma’rifatli bo’lishida katta hissa qo’shdilar. Ular o’qishlarini chet davlatlarda 
davom ettirib, yuqori malakali mutaxassislar bo’lib yetishdilar. Yurtlariga qaytib
mamlakatning qanchalik taraqqiyotdan ortda qolib ketayotganligini xalqqa 
tushintirishga harakat qildilar. Ularning sayi-harakatlari tufayli Afg’onistonda ilm-fan 
rivojlana boshladi. Ular milliy uyg’onish nima ekanligini izohlab, barcha afg’on xalqi 
savodli bo’lishi zarur ekanligini uqtirdilar. Xalq hayotida ilm-ma’rifat yuqori o’rinni 
egallashi lozim ekanligini bod-bod takrorladilar. Ijtimoiy turmushning taraqqiy 
etishida aholi ma’rifatliligi va ma’naviyatliligi birinchi o’rinda turishini isbotlab
berdilar.
Bu vaqtda mamlakatda “Harbiya” litseyi ham o`zfaoliyatini olib borga edi. 
Unda asosan harbiy masalalar o’rgatilgan. Shu bilan bir qatorda XX asr boshlarida ilk 
maktablarham ochilgan. Ularda Qur’on, fiqh va hadisdan saboq berilgan, arab va 
fors tillari grafikasi puxta o’rgatilgan. “Habibiya” litseyiga kirish uchun avval 
maktablarni o’qib tugatish majburiy qilib qo’yilgan. Birinchi 
jahon urushi davrida ta`lim tizimida biroz o’zgarish bo’lgan. Bu 
davrda turk ta’lim tizimi birinchi o’ringa chiqadi. Ta’lim 



Yüklə 326,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin