Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 6 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
1133
June, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
AFG'ONISTONDA AMIR HABIBULLAXON DAVRIDA MA’RIFATCHILIK
HARAKATLARI VA “YOSH AFG'ONLAR” HARAKATINING PAYDO
BO'LISHI
Abdimo'min Shaxanovich Tursunov
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada 1901-1919 yillarda Afg’onistonni boshqargan
Amir Habibulloxon
davrida amalga oshirilgan o’zgarishlar haqida so’z yuritilgan bo’lib, xususan
ijtimoiy-ma’naviy sohadagi o’zgarishlarga keng urg’u berilgan.
Xususan yangi
maktab va litseylarning ochilishi, ma’rifatparvarlik g’oyalarining
rivojlanishi va
ularning jamiyat hayotidagi ta’siri. “Yosh afg’onlar” harakatining vujudga kelishi va
uning afg’on jamiyati va davlatchiligida tutgan o’rni haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar: Afg’oniston, Amir Abdurahmonxon, Habibulloxon,
ma’rifatchilik, ta’lim tizimi, “Habibiya” litseyi, ta’lim
bosqichlari, “Shohiy”
madrasasi, “Siroj-ul axbor” gazetasi, ma’rifatparvarlik g’oyalari.
KIRISH
XIX asr oxirida Afg’onistonda Amir Abdurahmonxon (hukmronlik davri:
1880-1901 yy.) tomonidan butun mamlakatni yagona hukumatga birlashtirib, tizimli
ichki boshqaruv tartibini o’rnatishi mamlakatning inglizlardan mustaqil bo’lishi va
barcha sohalarda rivojlanish sari tashlagan katta qadamlaridan biri bo’ldi. Amir
Abdurahmonxon vafotidan so’ng taxtga o’gli Habibulloxon (hukmronlik davri: 1901-
1919 yy.) o’tirdi. Uning hukmronlik davri juda ko’plab
yangilanishlarga boy
davrlardan biri bo’ldi. Bunda ta’lim tizimidagi ijobiy o’zgarishlar: yangi ta’lim
tizimi, yangi litsey va maktablar ochilishi va natijada yangi bir ma’rifatparvar
qatlamning yetishib chiqishiga olib keldi. Afg’on jamiyatida yangi gazetalar nashri
paydo bo’ldi, xalq bu orqali jamiyat hayotida bo’layotgan o’zgarishlardan bahramand
bo’la boshladi. Bu o’zgarishlar natijasi o’laroq ma’rifatparvarlarning
yangi jamiyat
va partiyalari vujudga kelaboshladi. Bularning eng mashhuri “Yosh afg’onlar”
jamiyati edi. Ushbu jamiyat yetishtirgan vakillar orqali keyinchalik butun mamlakat
boshqaruvida demokratik o’zgarishlar sari qadamlar tashlandi.