Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 1137 June, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal tarafdorlari) va konstitutsiyaviy monarxiya tarafdorlari o`rtasida kurashlar
boshlanadi.
1906-yilda yashirin siyosiy tashkilot – “Mashruta” tuziladi. U tuzgan
tashkilotchilar o’zlarini “Yosh afg’onlar” deb atadilar. Ularning yetakchilaridan biri
“Habibiya” litseyining direktori Abdulg’ani Panjobiy edi. U Angliyaning Oksford
universitetini tamomlagan. O’sha vaqtlarda “Yosh afg’onlar” harakati rahbarlari
litseyda, maktab va madrasalarda, shuningdek shoh saroyida xizmat qilar edilar.
1905-yilda “Shohiy” madrasasi katta o’qituvchisi va saroy mullasi Abdurauf
Qandahoriy va “Habibiya” litseyi o’qituvchisi Muhammad Sarvar Qandahoriy “Siroj-
ul axbor” gazetasini tashkil etadi. Bu yosh afg’onlarning birinchi nashri edi. Bu
nashrda xizmat qilganlar asosan aholining ziyoli qatlami, vatanparvar yoshlari,
shuningdek taraqqiyparvar kayfiyatdagi zobit va ilg’ar askarlar, amaldorlar va
savdogarlardan iborat edilar.
Gazeta redaksiyasi tarkibida hind musulmonlaridan Najaf Alixon va Haydar
Alixonlar bor edi. Ular ham jamiyatni yangi g’oyalar bilan boyitish tarafdorlari
edilar. Shu sababli bu kishilar afg’on ma’rifatchilik harakatlarida muhim rol
o’ynadilar.
1906-yilda 11-yanvar kuni “Siroj-ul axbore afg’oniya” gazetasining 1-soni
nashrdan chiqdi. Bu kun afg’on xalqi uchun unutilmas kun bo’lib qoldi, chunki bu
gazeta tufayli afg’on xalqining ma’rifatlilik darajasi bir pog’ona yuqoriga ko’tarilgan
edi. Nashriyotning tinimsiz ravishda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
holatini talqin etishi xalq orasida katta o’zgarishlarga olib keldi.
Tez orada “Siroj-ul axbor” jamiyati qoshida siyosiy harakat vujudga keldi. Uni
taniqli adabiyotshunos Muhammad Sarvar Vosif boshqargan. U 1903-yilda
“Habibiya” litseyiga o’qituvchi sifatida kelgan edi. Uning afg’on ma’rifatchiligidagi
o’rni beqiyosdir. U o’zining taraqqiyparvar g’oyalari bilan siyosatga ham ta’sir
etishga harakat qilgan. Bu siyosiy harakat yetakchilarining sa’y-harakatlari bilan
mahalliy aholi tomonidan yoshlarni xorijda o’qib kelishiga ketadigan xarajatlar uchun
mablag’lar yig’ildi. Shu bilan birgalikda ular XX asrning boshlaridagi dunyoda ro’y
bergan siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib bordilar va xorijdagi siyosiy
partiyalar dasturlarini ham qiyosiy tahlil etdilar. Shu vaziyatda taraqqiyparvarlar
afg’on xalqining tinchlik sevarligidan kelib chiqib, barcha muammolarni tinch yo’l
bilan hal etishga harakat qildilar. Chunki afg’on ma’rifatparvarlari qonli
to’qnashuvlarga va urushlarga buyunlay qarshi edilar. Ularning mafkurasida islom
dini shaxsning ma’naviy kamolotiga va jamiyat rivojidagi
ahamiyati muhim o’rin tutgan.