Adabiyot tarixi badiiy adabiyotni retrospektiv ravishda, ya’ni «ortga nazar tashlab», o'tmishda kechgan hodisalaming sabab, oqibatlarini tekshiradi. Boshqacha aytganda, adabiyot tarixi badiiy adabiyotning uzoq yoki yaqin tarixga mansub qismini o ‘rganadi. Adabiyot tarixi so‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixini ham tadqiq etadi, umumlashtiradi, bir xalqning va umuman, kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi.
Adabiyot nazariyasiso‘z san’atining mohiyatini, u yoki bu asar janri, poetikasini, shuningdek, tarkibiy qismlari qonuniyati, ulaming so‘z san’ati takomilidagi rolini tadqiq etadi, badiiy asarlami tahlil qilish tamoyillari va ularga baho berish me’yorlarini belgilaydi. Adabiyot nazariyasi o ‘tmish va bugungi kun adabiy-tarixiy jaiayonidan nazariy xulosalar chiqaradi, mavjud tajribalar asosida kelajak adabiyotining nazariy xossalari haqida bashorat qiladi.
Adabiy tanqidasosan harakatdagi adabiy jarayonni tekshiradi, yangi paydo bo‘layotgan asariar talqin vositasida taraqqiyot tamoyillari haqida xulosa chiqaradi, adabiy jarayonga, yangi mezonlar shaklanishiga ta ’sir etadi. Adabiy tanqid zamonaviy badiiy asarlami xalq hayoti, uning estetik ehtiyoj va talablari jihatidan o‘rganadi, baholaydi, fazilat, nuqsonlarini amqlaydi, yozuvchilaming ijodiy o‘sishlariga va adabiyotning ravnaqiga ko‘maklashadi. Kezi kelganda ta'kidlash joizki, adabiy tanqidda tarixiy-funksional yondashuv tamoyili bo'lib, u vaqti-vaqti bilan o‘tmishda yaratilgan badiiy qadriyatlarga murojaat etib turadi. Har bir davr, insonlardagi badiiy-estetik ehtiyoj insoniyat yaratgan buyuk asarlani o ‘qib, uqib, talqin qilib, baholab borishni taqozo etadi. Badiiy adabiyotni adabiy tanqid o ‘rganadi. San’atning rassomlik, musiqa, haykaltaroshlik, amaliy san’at kabi yo‘nalishlarini adabiy badiiy tanqid o‘rganadi. Jumalistlar, san’atshunoslar, kino-teatrshunoslar adabiy-badiiy tanqid sohasini o'zlashtiradilar.
Adabiy va adabiybadiiy tanqidning betakror xususiyatlari mavjud. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlarining o‘zaro mushtarak jihati shundaki, ulaming har uchovi ham estetik idrokning o ‘ziga xos jihatlarini o ‘rganadi; ular xalq tarixi, xalq tili, xalq adaniyati, folklor va xalq estetik tasawurlarining jonli taraqqiyot tarixi negizida rivoj topadi. Ko‘p hollarda bir olim shaxsida, aytaylik, I.Sulton yoki
M. Qo‘shjonovlarda, ayni vaqtda ham adabiyotshunos, ham munaqqid fazilatlari mujassam topadi. Adabiyotshunoslikning uch tarkibiy qismi aro tafovutlarga kelganda shuni aytish zarurki, ayirmalar ko‘proq zamon kategoriyasi hamda obyektga munosabatdagi farqdan kelib chiqadi. Binobarin, adabiy tanqidni adabiyotshunoslikdan farqlashga imkon beradigan estetik xususiyatlar quyidagilar: Adabiyot tarixi, asosan, o ‘tmish adabiyotini, adabiy tanqid esa ko‘proq shu kunda yaratilayotgan asarlami, adabiyot nazariyasi esa ham o'tmish, ham bugunda asarlaming yaratilish qonuniyatlarini, asarni yuzaga keltiruvchi tarkib va qismJamlng sababiyatini o ‘rganadi.
Adabiyotshunos va tanqidchi orasida ham muayyan farqlar bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: 1) adabiyotshunos, asosan, ilmiy tafakkur maydonida, tanqidchi esa ilmiy-publitsistik va badiiy tafakkuming mushtarak maydonida harakat qiladi; 2) adabiyotshunos fundamental muammo va xulosalar ustida, adabiy tanqidchi esa jonli adabiy jarayon ustida so ‘z yuritadi; 3) adabiyotshunos o ‘tmish va zamonaning muayyan xulosalangan adabiy jarayoniga, adabiy tanqidchi esa, aniq asarga va kechagi asarlaming bugungi adabiy jarayonga ta’sir ko‘rsata oluvchi jihatlariga ko'proq urg‘u beradi; 4) adabiyotshunos yaxshi ma’nodagi «akademizm»ga, bilvosita faollikka tayanadi, tanqidchi esa zamonaviy, tezkor ruhdagi bevosita faollikka asoslanadi; 5) adabiyotshunos mutaxassislar va soha talablarini nazarda tutadi, adabiy tanqidchi esa ommaga qarab so‘zlaydi; shu kunning estetik talablariga alohida e ’tibor beradi; 6) adabiyotshunos estetikani, adabiy tanqidchi estetika bilan bir qatorda adabiyotshunoslikning o ‘zini ham boyitadi; 7) tanqid xulosalarini tasdiqlab yoki inkor etib, adib, asar, muammolar haqida yangi ilmiy qarashlami ilgari suradi va h.k. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari o ‘zaro uzviy bog‘langan bo‘Iib, biri ikkinchisini to‘ldiradi, boyitadi. Shunday qilib, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidning maqsadi umumiy, ammo predmeti bir-birinikidan farq qiladi. Adabiy tanqid metodologiyasi. Jahon adabiyotshunosligida har bir xalqning tanqid tarixiga taalluqli talay tadqiqotlar yaratilganiga qaramay, bu sohada hamma adabiyotlar uchun ma’qul va manzur
tushadigan mushtarak metodika va metodologiya hali maydonga kelganicha yo‘q.
Hozircha ko‘pchilikka manzur tushuvchi asosiy yo‘nalishlardan biri tanqid tarixini adabiyot tarixining bosqichlari bilan aloqadorlikda o'rganishdir. Bu y o ‘nalishning ilmiyligi shundaki, u adabiy-tarixiy jarayonda adabiyot va san’atning tanqid bilan uzluksiz rivojlanishini nazarda tutadi. Lekin ayni vaqtda adabiy tanqid tarixini faqat adabiyot tarixigagina bog‘lab emas, uning o ‘z spesifik xususiyatlari asosidagi takomiliga tayanib o ‘rganish mumkin va hatto zarur ekanligini ta’kidlash o‘rinlidir. Shuni unutmaslik kerakki, tanqid tarixi adabiyot tarixini e ’tirof etishning o‘zidangina iborat bo‘lib qolmasligi lozim. Adabiyot va san’at tarixida tanqidga oid material yordamchi manba vazifasini bajargani kabi, tanqid tarixida ham adabiyot tarixiga oid material murojaat etiluvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu tanqid tarixining badiiy adabiyot tarixi bilan chambarchas aloqasini hamda tanqid tarixining, nisbatan, mustaqilligini adabiy tanqidchilikning rivojini tayin etuvchi shart-sharoitning o ‘ziga xos xususiyatlarini. albatta, e ’tiborga olmoq demakdir. Adabiyot hayotni, jamiyatni, voqelikni, inson hayotini badiiy aks ettirib, barkamol yetuk obrazlar yaratishi lozim bo'lsa, tanqidning vazifasi voqelik, kishilar hayoti, ruhiyati yozuvchi tomonidan nechog‘li go‘zal, haqqoniy, yangi tarzda aks ettirgani, yutuq va kamchiliklarining tub sabablarini ko‘rsatishdan iborat.
Adabiy tanqidning vazifasi va tabiatidan kelib chiquvchi bu talab tanqidchini badiiy adabiyotdan tashqari hayotni ham teran kuzatish va chuqur bilishga da’vat etadi. Bunda tanqidchi tanlagan tahlil usullari va uslubiarining rang-barangligi muhim ahamiyatga molik. Zero, tanqidga oid asarning ta’sirchanlik darajasi va o ‘qimishliligi aslida xuddi shu usul va uslub jozibasiga bog‘liq.
Adabiy tanqid tajribasida badiiy tahlilning sotsiologik, struktnral. qiyosan (qiyosiytarixiy, qiyosiy-tipologik) tahlil qilish va boshqa tahlil shakllari uchraydi. Tanqidchi U.Normatov «Jahon adabiyoti» jurnalida ( 2000 yil, mart) yosh olim R. Rahmat bilan, shuningdek, «Jahon adabiyoti» jurnalining 2008-yil mart sonida H. Boltaboyev bilan «Yangi nazariy tamoyillar» haqidagi suhbatlarida XX asrda G ‘arb, jahon adabiyotshunosligida o`nlab ilmiy: qiyosiy va psixoanalitik, psixologik va intuitiv, ritual-mifologik, formalistik, ontologik, ekzistensialistik: germenevtik va estetik kommunikativ, ncomarksistik va falsafiy-struktural. poststruktural maktab va yo‘nalishlar bo‘lganini aytib, Abdulla Qodiriy XX asr boshlaridayoq «Yozuvchi bo‘ladurg‘on har bir kishi adabiyotdagi oqim va maktablarni yaxshi bilib olishi kerak»ligini ta’kidlaganiga e ’tibomi qaratadi. Ammo, afsuski, o ‘zbek adabiy tanqidchiligida XX asr boshlaridagina emas, undan kcyin ham uzoq yular sotsiologik tahlil usuli yetakchilik qilib keldi. Mustaqillikdan so‘ng o'zbek tanqidchiligi jahon miqyosidagi ilg‘or mezonlami, uslubiy yo‘na!ishlami o'zlashtira boshladi. Iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar jamiyat hayotidagi o ‘zgarishlarni belgilovchi yetakchi kuch sifatida namoyon bo'ldi. Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan yangilanish va o ‘zgarishlar yangicha tafakkur tarzining mevalaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, hozirgi sharoitda yangicha tafakkuy tarzining vujudga kelishida SHAXSning roli juda katta.
Davlatimiz rahbari, siyosatchi, faylasuf, ijodkor va olirnlar jamiyatda vujudga kelayotgan yangi tipdagi konsepsiyaning bevosita ijodkorlaridir. Ijtimoiy hayotdagi islohotlar ilm-fan va san’atda yangicha konsepsiyaning yuzaga kelishiga omil bo‘layotir. Zamonaviy tafakkur tarziga turtki beradigan ilmiy va badiiy izlanishlar shakllanayotgan yangi tipdagi metodologik tamoyillaming asosiy prinsiplarini ham ko‘rsatib bermoqda. Mana shu jarayonda adabiy tanqid konsepsiyasining yangilanishi, eng avvalo, yangicha ilmiy tafakkurining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq tarzda kechayotir. Yangicha ilmiy tafakkur tushunchasi keng qamrovli bo‘lib, mazkur soha, bir tomondan, falsafiy, ijtimoiy, mafkuraviy, bad iiy-estetik qonuniyatlar bilan aloqador bo‘lsa, boshqa tarafdan, adabiyotshunoslik ilmi konsepsiyalari, talab va mezonlari asosida o ‘z faoliyatini yangilash yo‘lidan boradi.
Albatta, «qayta qurish va oshkoralik», deb atalgan nisbatan erkinroq pallaga kclib, ya’ni 80-yillarda adabiy tanqidiy tafakkurda yangilanish ro‘y bera boshladi, biroq, bu jarayon ham silliq kechgani yo‘q, murakkablik va ziddiyatlar o ‘sha yillari e ’lon etilgan tadqiqotlarda u yoki bu tarzda o ‘z aksini topdi. Bu hol,albatta, turlicha shakl va mazmunda namoyon bo‘ldi. 80-yilIar so'nggida yuzaga kela boshlagan yangicha tafakkur tarsi adabiy tanqidning asosiy tadqiq obyektlarini, mavzu yo‘nalishlari, tadqiq va tahlil mezonlari, tamoyillarini belgilab berdi. O‘zbekiston o'z mustaqilligiga erishgandan so‘ng bu harakat izchil tus ola boshladi. Adabiy tanqidning ilmiy-metodologik asoslari yangilanishi deganda, eng avvalo, falsafiy, ilmiy-nazariy, badiiy-estetik, moddiy-ma’naviy, psixologik, ijtimoiy-tarixiy va mafkuraviy asoslar nazarda tutiladi.
Mazkur asoslaming sho‘ro davridagidan mohiyat jihatdan yangilanishiadabiy tanqid metodologiyasining yangilanish prinsiplaridan biri sifatida xarakterlidir. Istiqlol davri adabiy tanqidchiligini yangilanish tamoyillari asosida tushunish, bilish va anglashga intilish ustuvor konsepsiyaga aylana bordi. Demak, tanqidchilik ham tub mohiyat e ’tibori bilan dunyoni, hayotni, insonni anglash vositasidir. Mana shu juftlik - odam va olam, zamon va makon, hayot va o ‘lim, shakl va mazmun tushunchalarini falsafiy, ilmiy, adabiy-estetik jihatdan anglash hamda tahlil va talqin ctish, baholash tanqid taraqqiyotining asosiy garovidir.
Ma’lumki, adabiy tanqidning falsafiy asosini bilishning dunyoqarash va konsepsiya bilan bog‘liq bo`lgan umumiy qonun va kategoriyalari, tamoyil va yondashuvlar, umumiy ilmiy metodlardan foydalanish jarayonlari tashkil etadi. Ayonki, falsafa fani tabiat va jamiyat, inson, uning mohiyati, tafakkuri va dunyoqarashi taraqqiyoti bilan bogliq eng umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi. Shunga binoan, ontologiya, sotsiologiya, gnoseologiya, mantiq, estetika va etika kabi fanlar falsafiy bilimlar doirasini tashkil etadi.
Faylasuflar e'tiroficha, yaqin o‘tmishda falsafaning barcha muammolariga partiyaviylik va sinfiylik mezonlaridan turib yondashish bu fanni o ‘ta siyosatlashtirishga, umuminsoniy qadriyat va g‘oyalar, xulosa va metodologik tamoyillarning hayot voqeligidan uzoqlashishiga sabab bo‘ldi. Sho‘ro nazariyotchilari markscha-lcnincha ta’limotni falsafa, estetika, etika, psixologiya, adabiyot va san’at qatorida adabiy tanqidning ham nazariy asosi sifatida oigan edi. Bu ta’limotga ko‘ra, adabiy tanqid garchi ilmiy-estetik hodisa, deb e ’tirof etilsa-da, lekin kommunistik g‘oyaviylik uning mohiyatini belgilovchi yetakchi unsur sifatida talqin etilardi. Oqibatda kommunistik g‘oyaviylik sinfiy va partiyaviy adabiy tafakkumi boshqarib tumvchi vositaga aylantirilgandi. Sinfiylik va partiyaviylik nazariyachilari adabiyot va san’at ravnaqigagina emas, tanqid rivojiga ham juda katta zarar yetkazdi. tanqidning maqsad va vazifalari tamoman o ‘zgartirib yuborildi, bu soha g‘oyaviy kurashning quroliga aylantirildi. Hatto estetik hodisalar sanaluvchi umuminsoniy tushunchalar: ijobiylik yoxud salbiylik, go‘zaliik va fojiaviylik, ma’naviy barkamollik kabi ko‘plab kategoriyalar ham sinfiylik mczonlariga bo‘ysundirildi.
«Adabiy-badiiy tanqidning sinfiyligi, xususiy - badiiy ijodning ko‘plab (garchi hammasidan bo‘lmasa-da) turlaridan farqli o'laroq, bevosita namoyon bo'ldi. Va qoidaga ko'ra - faoliyatining tabiatidan kelib chiqib -mafkuraviy anglashiladi. Sinfiy kurashlar avjiga chiqqan davrlarda tanqidning partiyaviyligi yorqin namoyon boladi. Qolaversa, kuchli, aniq maqsadni ko‘zlagan tanqid adabiy-badiiy hayotdagib partiyaviylikning bayroqdoridir. Ilg‘or tanqid hayotda ijtimoiy, ma’naviy, estetik yangiliklarning paydo bollishiga ko‘maklashadi, ular uchun kurashadi.
U, odatda, o'zining sinfiyligini, partiyaviyligini yashirmaydi « 1. Mana shunday qarashlar asosida faoliyat yuritish sho‘ro davri o zbek tanqidchiligi uchun ham xos edi. «Hamma ijtimoiy fanlardek, adabiy tanqid tarixi ham (agar u haqiqiy fan bo‘lishni istasa), marksizm-leninizmning insoniyat jamiyati, uning rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi, shu jumladan, jamiyat hayotida inson ongi va uning badiiy ijodi mahsulotlari roli haqidagi ta’limotga asoslanishi kerak»2, — deb hisobladi. Shunga qaramay, ko'plab iste’dodli tanqidchilar o ‘sha davrda yozilgan asarlami badiiy-estetik mezonlar asosida baholashga urinishdi, badiiy jihatdan bo‘sh, sayoz kitoblarga qarshi kurashishdi. Biroq hokim mafkura adabiy tanqidning erkin faoliyat yuritishiga, taraqqiy etishiga to‘sqinlik qildi. Ba’zan iste’dodli tanqidchilar o ‘z qobiliyatlarini badiiy asarlar tahliliga emas, balki mafkuraviy kurash maydonidagi olishuvlarga sarflashga majbur boMdilar. Natijada yillar davomida nafaqat g oyaviy, ayni chog‘da, hukmron mafkura prinsiplariga bo‘ysungan, uni o`zida ifodalagan va targ‘ib qilgan adabiy tanqidchilik zamonga mos shakllandi. Tabiiyki, bu tanqid o ‘zIning metodologik asoslarini ishlab chiqdi va adabiy jarayonga tatbiq etdi.
Istiqlol davri o ‘zbek tanqidchiligiga xos yangilanish, dunyo adabiyotshunosligiga murojaat etish — bu hol muhim tamoyillardan biriga aylanib bormoqda. Xo‘sh, bu jarayon qanday amalga oshmoqda? Adabiy tanqiddagi yangilanish nimalarda va qanday namoyon bo lmoqda? Badiiy asar talqinida va yondashuvlarda qanday sifat o`zgarishlari yuz ko‘rsatmoqda? Masalaga shu nuqtayi nazardan qaralsa, ko‘plab yangilanishlar ko‘zga tashlanadi.
Chunonchi, bu davr tanqidchiligida, xuddi falsafadagi kabi, badiiy asar talqinida hayot birlamchi, adabiyot ikkilamchi, degan materialistik qarashdan voz kechilib, eng awalo, odamni poetik kashf qilish, odam orqali olamni anglashga intilish tamoyili ustuvor mavqega ko‘tarildi.
Talqinda dialektik hurilkrlilik, ya’ni turlicha falsafiy bilimlar asosida yondashish kuchayib bormoqda. Jumladan, ontologik, g n o seo h g ik , ekzistensiaiistik, biografik qarashlar asosida yondashish a sa r ta lq in id a ra n g -b a ra n g likni ta` minlashga x izm a t qilmoqda. Bu k a b i yangilanishlar o lim la r Barinov V.I., Bocharov A.G., Surovsev Yu.I. tomonidan adabiyot ilmi yutuqlari sifatida talqin etilmoqda. Falsafada «ontologiya» borliq, odam va olam tushunchalarini anglatadi va faqat mo d d iy borliqni emas, b a lk i ma 'naviy dunyoning ham mangu barhayotligini ifodalaydi. M a lum k i, borliq moddiy va m a ’naviy olamdan tashkil topgan boHib, uning «mangu barhayot»ligi, boqiyligi «yo‘qlik»ning muqobili, zidi sifatida namoyon boUadi. Ular o ‘rtasidagi azaliy va mangu zidlik hamda bog‘liqlik munosabatlari bu tushunchaning abadiyligi garovidir. Adabiy tanqid e ’tibor qaratgan yana bir dolzarb muammo – bu X X asr o ‘zbek adabiyotini qayta baholash masalasidir. Bu borada qisqa, lekin shiddatli kechgan bahs-munozaralardan keyin adabiy tanqid madaniy merosimizga uni bir butun milliy qadriyat sifatida baholash tamoyili asosida yondashmoqda. X X asr o ‘zbek adabiyoti salaflari, jumladan, Fitrat, Qodiriy, ChoHpon, G‘.G ‘ulom, Oybek, A.Qahhor, Mirtemir, M. Shayxzodadek atoqli ijodkorlar hayoti va ijodini, umuman, ular mansub brogan davr adabiyotini qayta xolis baholash hamda ular qoldirgan boy adabiy merosga q a d riyatlar silsila s i sifatida yo n d a sh u v adabiy tanqid metodologiyasining muhim tamoyillaridan biriga aylanib bormoqda. Umuman olganda esa, keyingi yillar adabiyotshunosligi va tanqidchiligida, ayniqsa, XX asr o ‘zbek adabiyotini bugungi yangilanayotgan tafakkur, yangicha ilmiy konsepsiya va metodologik tamoyillar asosida qayta baholash, undan bugungi kun uchun zarur xulosalar chiqarish asosiy tamoyillardan biri bo ‘lib qolmoqda. Adabiy tanqiddagi yana bir muhim muammo adabiy jarayon bilan uzviy bog‘liq bo'lib, bu yaratilayotgan badiiy adabiyot namunalariga munosabat masalasidir. Badiiy asami yangicha tamoyillar asosida tahlil va talqin qilish, birinchi galda, unga badiiy-estetik hodisa sifatida yondashuv kun tartibidagi asosiy asalalardan biri sanaladi. Bu adabiy tanqidning ham nazariy, ham amaliy faoliyatiga aloqador masalalardan biridir. Ayni shu masalada ham bahs-munozaralar, jiddiy izlanishlar kechmoqda. Badiiy asarda inson konsepsiyasi, adabiyotning estetik va ijtimoiylik tamoyillari xususidagi bahslar shularjumlasidandir. Badiiy asarga sof estetik hodisa sifatida yondashib, undagi ijtimoiylikni inkor qiluvchilar ham, aksincha, ijtimoiylikni butunlay inkor qilib bo‘lmasligini yoqlovchilar ham o ‘z qarashlarini asoslashga urinishmoqda. Bu boradagi munozaralaming yechimi bevosita adabiy tanqidning amaliy faoliyati bilan bog‘liqdir. Shu bois, adabiy tanqid faoliyatidagi ikkinchi muhim yo‘nalishni amaliyot tashkil etadi. Chop etilayotgan adabiy-tanqidiy materiallar amaliyot natijasi bo‘lib, ular asosida tahlil yo`nalishlari, usullari xususida kuzatishlar olib borish, muayyan xulosalar chiqarish mumkin. Adabiy tanqidning so‘nggi davrida badiiy asarga germenevtik yondashuv ham kuchayib bormoqda. Poetik matnni talqin va tahlil etish Sharq tanqidchiligi, xususan, o'zbek tanqidchiligi uchun ham begona emas.
XIX asrga keiib, talqin muammosiga alohida e ’tibor bergan Yevropa uni «germenevtika» atamasi ostida rivojlantirdi. U qadimiy adabiy yodgorliklami tushunib, ma’nosiga etib talqin etishning maxsus usuli sifatida namoyon bo‘ldi. «Garchi juda ko`p o‘zbek adabiyotshunoslari germenevtikaning qaysidir prinsiplarini o ‘z ilmiy faoliyatlarida qo‘llasalar ham, o ‘sha fikrlash tarzi, gipotezalari, taqqoslari, hukm va xulosa chiqarish usullarining qaysidir jihati germenevtik tafakkurga daxldorligini xayollariga ham keltirmaydilar. Chunki biz yaqingacha dialektik materializm falsafasidagi gnoseologiya — bilish nazariyasini chuqur o`ganganimiz holda germenevtika-matn talqim ta’limotining jahon ilm-fanidagi atamasidan ham aksar holatlarda bexabar qoldik» Germenevtika atamasi «tushuntirish», «talqin qilish» degan ma’nolarni bildiradi. Uning ayrim yo ‘nalishlari qadimgi Gretsiyada yuzaga kelgan. Sharq adabiy-tanqidiy tafakkurida bu atama qo‘llanmagan bo‘lsa-da, uning mohiyatiga munosib yo‘sinda fikrlash tarzi Mahmud Qoshg‘ariy davrlaridayoq mavjud bo‘lgan. «Germenevtika» yunoncha so‘zdan paydo bo‘lib, «tushuntiraman, «talqin qilaman» degan ma’noni anglatgan. Qadimgi yunon mifologiyasida Germes ahli tijorat pin sifatida ko‘rsatiIgan.
Qadimgi Yunonistonda ellinizm davrida savdo karvonlari o ‘tadigan yo‘llarga Germes haykali tiklanganligi bejiz emas. Sharq-musulmon adabiyotida Surush obrazi bot-bot uchraydi. U hojatbaror, mushkullarni hal qiluvchi kuch sifatida ko‘rsati!adi2. Germes tilni, yozuvni kashf etgan kuch ham hisoblanib, tushuntirish, talqin masalalari uning nomi bilan bog‘lanadi. Germes ilohlar mujdalarini odamlaiga olib kelgan, ulami tushuntirib, talqin qilib bergan. crmenevtika-talqin nazariyasi, ma’noni anglatish ta’limoti b o ‘lib, aksariyat hollarda qadimgi matnlarni sharhlashda qo‘llanilgan. Ilk bor germenevtikadan «Diada» va «Odisseya» asarlari talqinida foydalanilgan. Keyinchalik Arastu va Aflotunlar germenevtika haqida asar yozdilar.
G ‘arbda germenevtika tarixi, maktablari, namoyondalari haqida. M. Baxtin, D.S. Lixachyov, M.B. Kagan, M.B Xrapchenko singari rus olimlari tadqiqotlar olib bordi. Yu. Borev, P. Gaydenko, D. Urnov, V. Xalizev singari ms adabiyotshunoslari aksiologiya, germenevtika tarixi, nazariyasi, amaliy qo'llanishini o‘igandilar. Germenevtikaning hozirgacha yaratilgan tarixi qiziqarlidir. XVII asrda «germenevtika» termini Fridrix Shleyermaxer tomomdan germenevtika nazariy muammo sifatida ilm olamiga olib kirildi. F. Shleyermaxer germenevtika tarixiy talqin metodi sifatida, xususan, taijima san’ati prinsipi holatida qo'llaydi. Talqinchi bilan talqin qilinayotgan asar muallifi aro individual yaqinlik, moslik bo lsagina, haqiqiy talqin paydo b o ‘ladi, degan prinsip F. Shleyermaxer tomonidan olg‘a surildi. Olim asarni bolak, qismlaiga ajratib, ularni alohida-alohida talqin qilish y o ‘lidan bordi. 0 ‘rganish, asarni butun holda qamrash jarayonida qismlardan olingan taassurotlar inkor etilib borilaveradi. XIX asrda yashagan V. Diltey (1 8 3 3 -1 9 1 1 ) F. Shleyermaxer nazariyasini davom ettirdi.Talqinchi bilan talqin qilinuvchi aro moslik bo‘lishi haqidagi nazariya V. Diltey tomonidan rivojlantirildi.
Tushunish-gumanitar fanlar metodi, uning asosi-tushunish psixologiyasi, degan formula V. Diltey tomonidan yaratilgan. Maks Sheler, Martin Xaydegger (1889-1976) singari olimlar germenevtika nazariyasini murakkablashtirib bordilar. Martin Xaydegger - XX asr germenevtika fanining ulkan namoyandasi. U ontologiya ilmining asoschilaridan. F. Shleyermaxer fikricha, germenevtika tushunish nazariyasi; V. Diltey qarashicha, germenevtika gumanitar fanlaming umumiy metodi bo‘lsa, M.Xaydegger ta’rificha, germenevtika dunyoni anglashning o ‘ziga xos tizimi. Uningcha, til bilishning tarixiy ufqi, «yashash uyi». Til bizning mazmun- mohiyatimizni yuzaga olib chiqadi. Xaydegger fikricha, «germenevtika — borliqning sodir» b o ‘lishi. U shoir she’ri, serma no matnlar orqali o ‘zini namoyon etadi. Agar inson anglashdan mosuvo, tushunishdan yiroq bollsa, uning tirikligidan ma’no yo(q, deb hisoblaydi. Gans Georg Gadamer germenevtikani gumanitar fanlar metodi deyish bilan cheklanmadi. U germenevtika asosida ontologik ta’limotm yaratdi. Endi til germenevtik ontologiyaning asosi sifatida qabul qilindi. Ontologik metod adabiyotshunoslikda asar tili, strukturasining yashovchanligi to‘g krisida qarashdir.
Yu. Borev «Talqin va baholash san’ati» kitobida badiiy asami ontologik metod asosida yoritish usuli haqida yozib, badiiy asar yashovchanligini belgilovchi, ichki ziddiyatlar kurashiga asoslangan xususiyatlarning yetti qatlamini sanaydi1. Bizning davrimizda adabiy asami tushunishning bu tarzi filologik tadqiqotlar va tanqidchilik sohasiga ham kirib, uning mohiyatini adabiy asaming asl matnini tiklash va uning adabiyot larixidagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullaridan birini tashkil etadi. Germcnevtikaning asosini tashki! etuvchi nazariy prinsiplar sifatida: 1) umumiy, kontekstual prinsipni: 2) shu soha doirasiga kiruvchi talqin usullarini: 3) muallif maqsadi va mulohazalarini hisobga oigan holda matnning tarixiy va turli ijtimoiy sharoitdagi o ‘mi, vazifasi, unda yuz berishi kutilgan o‘zgarishlar va ulaming talqinini qayd etish mumkin.
Ko‘riladiki, germenevtika ham adabiy tanqidga, ham umuman, adabiyotshunoslikka daxldor talqin usullaridan biridir. G‘arb adabiyotshunosligidagi germenevtika adabiy-badiiy hodisaga tafsilli (unsurmaunsur, uzvma-uzv, bo‘lakma-bo‘lak) yondashuv xususiyati bilan ajralib turadi. Badiiy talqin yoki sharh usuli qadimdan Sharq adabiyotshunosligida ham mavjud esa-da, bu usul talqinda germenevtika qayd etgan imkoniyatlarga umumiyroq ilkr bildirish, umumiyroq xulosalar bayon etishi bilan farqlanadi. «Germenevtika — interpretasiya nazariyasi, mohiyatni tushunish haqidagi ta’limot, — deb yozadi Yu. Borev. — gnoseologiya (bilish nazariyasi) va aksiologiya (qadriyatlar nazariyasi) singari, germenevtika kolamli falsafiy sistemaning ajralmas qismini tashkil etadi.
Germenevtika — bu ma’naviy-ruhiy faoliyatning shunday sohasiki, tanqid faqat u orqali o‘tib o ‘zining vazifalarini anglashi mumkin». Olim germenevtik metod orqali badiiy asar matnini interpretasiya qilishning muhim usullarini quyidagicha sharhlaydi: 1) Tanqidchining («men») matnni («boshqa») «uchinchi» taraf orqali (masalan, madaniy an’analar, voqelik bilan qiyoslash orqali) tushunishi. 2) «Ko'nikish» —
matnning badiiy mantiqiga uni teran his etish, o ‘zidan o ‘tkazish orqali yetib borish. 3) Badiiy matnni identifikatsiya shaklida (kitobxon badiiy obrazlami o ‘zining shaxsi va o ‘zining estetik tajribalari bilan qiyoslaydi) anglab yetish» Bugungi adabiy-tanqidiy maqolalarda, tadqiqotlarda matn bilan ishlashda k o ‘proq so‘zga e ’tibor berish, talqin qilish, sharhlash yetakchilik qila boshladiki, bu hoi germenevtika o ‘zbek tanqidchiligi metodologiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy asarlari.da «Al- ibora» (germenevtika) so‘zlar ma’nosi, matn mohiyati haqidagi fan sifatida talqin qilinadi. Germenevtikaning nazariy-metodologik imkoniyatlarini, ilmiy xulosalar chiqarishdagi asosiy tamoyillarini o ‘zbek dabiyotshunosligi `va tanqidchiligi XX asr oxirlaridan o ‘zlashtira boshladi. Bu usulning nazariy muammolari yoritilgan A.Rasulovning, qodiriyshunoslikka tadbiq etilgan B.Karimovning dastlabki tadqiqotlari XXI asr avvalida paydo bo‘ldi.
Adabiy tanqid taraqqiyotining o ‘tish davridagi izlanishlarida sinergetika ham muhim rol o‘ynamoqda. Sinergetika nazariyasining asosini tashkil etuvchi barqarorlik bilan beqarorlik (xaos), muvozanat bilan muvozanatsizlik, tartib bilan tartibsizlik, tizim’ilik bilan tizimsizlik o ‘rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari adabiy tanqidda ham o ‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lmoqda. Chunonchi, so‘nggi o ‘n -o ‘n besh yil ichida, sirtdan qaraganda, tanazzulga ishora etilayotgandek fikr uyg‘otadigan turli bahs-munozaralar (jumladan, «Adabiyot o ‘ladimi?»degan masalaning qo‘yilishi, sho‘ro davrida yaratilgan asarlar haqida biri-birini inkor etuvchi chiqishlar, realizmga shubha bilan qarash holatlari, modernizm haqidagi qarama-qarshi fikrlar, sho‘ro davri adabiyot nazariyasiga oid qarashlarning inkor etilishi va h.k.) zamirida adabiy tanqid taraqqiyotida yangicha konsepsiya etilib keiayotganligi, yangicha metodologik tamoyillar shakllanayotganligi, binobarin, mazkur soha yangicha adabiy-nazariy qonuniyatlar asosida rivojlana boshlaganini iig‘ash qiyin emas. Bundan tashqari, adabiy tanqidda badiiy asarga ko'plab falsafiy, adabiy-estetik mezonlar asosida yondashishning kuchayishi, tahlilning turli usullaridan unumli foydalanishga intilish ilmiy bilishda metodologik plyuralizmga o'tilayotganligidan nishonadir.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yuqorida tilga olingan yondashuv va metodlarning barchasi falsafiy mazmunga egadir. Binobarin, adabiy tanqid metodologiyasining muhim jihatlaridan biri uning amaliyotda falsafaning umumiy qonun va kategoriyalarga, ilmiy bilish usullariga asoslanishida namoyon bo‘ladi. Bu imkoniyat adabiy tanqid uslubining me’yoriy ilmiy qoidalariga bo‘ysungan tadqiqdan tashqari erkin mushohada tarzidagi tahlil va talqin shaklida ham namoyon bo'lishiga olib keladi. Ayni holat adabiy tanqid tilining o ‘ziga xosligini ta'minlaydi va ifoda yo‘sinida ilmiy til bilan birga badiiy til ham birdek ishtirok etadi.
Bu esa, adabiy tanqidda badiiy ijoddagi kabi janrlar turkumining paydo bo‘lishiga va yozuvchi yoki shoir uslubi singari munaqqidning individual uslubi shakllanishiga xizmat qiladi. Adabiy tanqidning yangilanish tamoyillaridan yana biri asaming badiiy-estetik mohiyatini yangicha ilmiy tafakkur asosida talqin etishida ko'rinadi. Bu borada so‘nggi davr adabiyotshunosligi va tanqidchiligida ancha-muncha izlanishlarolibborilmoqda. Mustaqillik davrida yaratilgan adabiyot nazariyasiga oid darslik va qollanmalarda, alohida nashrlarda' bu masalaga oid yangicha qarashlar o ‘z ifodasini topmoqda. Xullas, o ‘zbek tanqidchiligi mustaqillik davrlaridan boshlab, adabiyotshunosligidagi ilg‘or tamoyillarni, nazariy qarash, usul va metodlami o ‘zlashtirishga alohida e ’tibor bermoqda.
Adabiy tanqidning boshqa fanlar bilan munosabati. Adabiy tanqid tarixini badiiy ijod, so‘z san’ati tarixidan ajratib o‘rganish mumkin emas. Negaki, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ulaming har biri takrorlanmas o ‘ziga xos qonuniyatlarga ega bo‘lsa-da, birbiriga faol ta’sir ko‘rsatib turadi. Ularning hayotga, shaxsga ko‘rsatadigan ta’siridagi o ‘z o ‘mi( mustaqil vazifalari, bir-birinikiga o`shamaganvositalari bor.Binobarin, adabiy tanqid ilmiy muhokama va mushohada yo‘sinidagi so‘z san’ati hisoblanadi. N. Xudoyberganov to‘g‘ri ta’kidlaganidek,»so‘z san’atining o ‘ziga xos yaratuvchi, kashf etuvchi ijod sahifasi ekaniigini hech kim inkor etmaydi, ammo adabiy tanqidchilikning mustaqil ijod turi ekanligi hamon shubha uyg‘otadiki, masalaga aniqlik kiritish maqsadida uning tuzilishi, shakllanishi, rivojianish jarayonini chuqur o'rganish, tadqiq etish talab qilinadi.
Ammo tarixga murojaat etish zarurati faqat shu bilan belgilanmaydi. Birinchidan, qaysi sohaning yoki shaxsning tarixi bo‘lmasin, uni buzib talqin etish, y o ‘q narsani bor, aksincha, borini yo‘q deb ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ikkinchidan, tarixni hozirgi kun nuqtayi nazaridan o'zgartirib, bugunning talabiga muvofiq baholash butunlay zararlidir. Uchinchidan, uni baholash, tadqiq etishda o ‘sha davr taraqqiyotining asosiy xususiyatlari, tendensiyalaridan kelib chiqib, hozirgi zamonga mushtarak ijobiy hamda salbiy hodisalarni aniqlash, yaxshilarini qo‘llab-quwatlab, ularni yanada ustahkamlash, rivojlantirish, yomonlami fosh etib, ulaming ravnaq topishiga chek qo'yishga alohida e ’tibor beriladi. Yana shunisi borki, har uchala holat bir-biriga tabiiy ravishda birlashib, qo‘shilib ketadi, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish yoxud ajratib tashlash mumkin emas. Adabiy tanqidning o ‘ziga xos ijod turi, fan sohasi ekanligini ulkan adib va tanqidchilarning yaratgan qator asarlari isbotlab turibdi. Bunga Alisher Navoiy, Fitrat, A.Qodiriy, Oybek, P.Qodirov, O. Sharafiddinov, M.Qo'shjonov ijodlari yetarli darajada misol bo'la oladi.
Adabiyot hayotni, voqelikni badiiy o ‘zlashtirishda o ‘ziga xos obrazlilik vositalari bilan inson qalbi va aqliga ta’sir qilib, jamiyat rivojiga yordam bcradi. Adabiy tanqid ham badiiy adabiyot vositasida shu vazifani bajaradi, kishilik taraqqiyoti va tafakkuri rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu xususiyatning o ‘ziyoq adabiy tanqidiy asarlarda san’atga, badiiyatga xos ayrim fazilatiar bolishi mumkingina emas, zaruriigini taqozo etadi. Buning uchun san'at asari haqida Fikr yurituvchi tanqidchining o ‘zi muayyan darajada san’atkor bo‘lmog‘i darkor. Har qanday fanga xos asosiy xususiyat, ya’ni «o‘ziga tegishli» bo‘lgan hodi.sani tadqiq qilish asnosida unga baho bermoq, fikmi asoslamoq va isbotlamoq adabiy tanqidga ham xosdir. Unga ko‘ra adabiy tanqid muayyan adabiy hodisani tahlil qilar ekan, uning tahlilida izchil mantiq. asos va isbot birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Biroq adabiy tanqid tahlilda o ‘ziga xos va mos vositalardan foydalanmasa. o'zining ijtimoiy vazifasini bajara olmaydi. Adabiy tanqid o ‘z mohiyatiga ko‘ra falsafa bilan chambarchas bogliq. Tanqid shu ma’noda falsafiyki. uning ma’riFiy va g‘oyaviy, ijtimoiy va estetik vazifalari ma’lum darajada falsafa fanining vazifalari bilan mos tushadi.
Lekin adabiy tanqid aniq ijtimoiy fan bo‘lgani tufayli o‘zining maxsus tadqiqot predmetiga va o ‘ziga xos vazifalarga egadir. Shu bois tanqid falsafadan ham, boshqa ijtimoiy fanlardan ham, adabiyotshunoslik fanining o ‘zga sohalaridan ham farqlanib turadi. Adabiy tanqid jamiyat badiiy taraqqiyotini ilmiy bilishning aniq ko‘rinishidir. Shu tufayli falsafa va tanqid orasidagi o ‘zaro munosabat ilmiy metodologiya va adabiyotshunoslik fanlari orasidagi o`zaro munosabat sifatida namoyon boiadi. Shunday ekan, adabiy tanqidchilikning barcha tur, shakl va janrlari: 1) mantiqiy izchiUik; 2) ilmiy yaxlitlik; 3) tanqidiy dalillanganlik; 4) tuzilish jihatdan tugallik va mukammallik; 5) dialektik (jadaliy) taraqqiyotga asoslanganligi, hamda 6) muayyan darajadagi badiiy tafakkur unsurlariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Agar bulaming birortasi yetishmasa, tanqidiy asar yoxud maqolada saktalik paydo bo‘ladi. Tanqid estetika bilan chambarchas bog‘liq. Tanqid bilan estetikaning uzviy bog‘liqligi — bu ikkt fan vazifalarining o ‘zaro mushtarak tomonlarida ko‘zga tashlanadi.
Modomiki, tanqidning predmeti badiiy jarayon tamoyillari, uning xususiyatlari va aniq asarlarini tahlil etishdan iborat ekan, uning vazifasi ham voqelik va inson tabiatini estetik talqin etish hamda uni takomillashtirishdan iborat boMadi. Bu jihatdan estetika va tanqid — birjonu bir tan. Shu umumiy vazifasini bajanshda tanqid: birinchidan, badiiy asar bilan voqelik; ikkinchidan, fan bilan san’atkor; uchinchdan, san’at bilan kitobxon; to‘rtinchidan, san’atkor bilan kitobxon o'rtasida munosabat o ‘rnatadi. Bunda tanqid adabiy jarayon va badiiy asaming ichki estetik tamoyillari, yo‘nalishlari va fazilatlarini tadqiq qilish asnosida o ‘z maqsadiga erishadi. Hozirgi tanqidchilik, ayniqsa, analitik fazilati bilan ajralib turadi. U jiddiy adabiy-tarixiy, retrospektiv va nazariy umumlashmalar chiqarishdan tashqari, tarix, falsafa, sotsiologiya kabi bir-biriga yaqin fanlar bilan aloqani kuchaytirdi.
Ma’lumki, estetika fani ham uch tarkibiy qismdan tarkib topadi: 1) estetika tarixi; 2) estetika nazariyasi; 3) estetik tanqid. Estetik tanqid misolida estetika va adabiy tanqid bir-biriga juda yaqinlashib, ba’zi jihatlardan hatto o ‘zaro uyg‘unlashib ketadi. Zero, estetik tanqid quyidagi masalalami o ‘z ichiga oladi: a) estetikaga oid ilmiy adabiyotlar tanqidi; b) adabiyot va san’at asarlarini estetikaning mushtarak qonun-qoidalariga asoslangan tanqidi; v)tanqidni tanqid, ya’ni adabiy tanqidga doir ilmiy ishlami estetika muammolari nuqtayi nazaridan tanqidi. Tanqidni tanqidda estetika va adabiy tanqid o ‘zaro singib, bir-biriga bevosita ta’sir etib, ajib bir hamjihatlik kasb etadi.
Chunonchi, estetika va adabiy tanqid estetik tarbiyani amalga oshirish ma’nosida deyarli bir xil maqsad uchun kurashadi. U ham bolsa, kitobxonni estetik tarbiyalashni ko'zlaydi. Estetik bilishning umumiy estetik va xususiy adabiy-badiiy muammolarini, ya’ni estetika, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidning mushtarak nazariy va aniq badiiy muammolarini o ‘zaro taqozodorlikda va jamuljam dialektik birlikda tadqiq etish yangi-yangi ilmiy samaralarga yo‘l ochadi. G‘arb tanqidchiligidagi hozirgi strukturalizm ilmiy usul (metod) larini ishlab chiqishda tilshunoslik, ruhshunoslik, antropologiya, kibernetika, matematika, axborotlar nazariyasi, statistika va hatto biokimyo, biofizika, gen muhandisligi, nanotexnologiya fanlari yutuq, imkoniyatiga tayanmoqda. Bunda olimlar, aksariyat hollarda, bilishning statistika, tilshunoslik, kimyo va biologiyaga xos ilmiy shakllari va usullarini e ’tirof etgan holda badiiy tadqiqotda anatomiyalashtirish va alohida atomlaming mikrodunyosini tahlil etish tamoyilini yoqlab chiqmoqchi bo‘ladilar. Strukturalizmning bu y o li badiiy ijodning ichki dialektik butunligi va ijtimoiy estetik o ‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan, umumiyiikning xususiylikdan mohiyat e ’tibori bilan farqlanishi va adabiy jarayonningjonliligi nuqtayi nazaridan ehtimol ma’lum darajada kerakli tamoyildir.
Lekin fan va texnika taraqqiyotidagi barcha yangiliklar badiiy adabiyotni o krganish ishiga tadbiq etiiaverilishi shart emas. Badiiy adabiyot o ‘z ichki qonuniyatlariga ega alohida bir dunyodir. Robot hech qachon haqiqiy badiiy asar yarata olmagauidek, texnik unsur badiiy adabiyotni hech qachon insondek, tanqidchidek tom ma’noda tahlil qilib berolmaydi.
Tanqid kitobxonlar qarshisida shu jihatdan, ayniqsa, mas’ulki u san’at va adabiyot muhibii, ya’ni resipiyentining estetik talablari va estetik ehtiyoji darajasini chuqur va atroflicha o ‘rganib, ana shu o ‘rganish samaralarini hayotga tadbiq etish ustida qayg‘uradi. V.G. Belinskiy tanqidiy ishlarini yaratganda falsafa, tarix, estetika, adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, psixologiya, pedagogika, logika kabi qator fanlardan izchil o lrganib borgan; tanqidda faqat ijtimoiy fanlargina emas, tabiiy fanlar ham qatnashishi mumkinligini aytgan. U «og‘machi va hayiquvchi tanqidga hech qanday mubolag‘a va sukunatni bilmovchi, haqiqatga nisbatan cheksiz bo'lgan muhabbat»ni qarshi qo‘yadi. Haqiqatan ham Belinskiyning ijodiy dahosi o ‘zida
ijtimoiy pafos va falsafiy tafakkurni, estetik his va adabiy talantni, ilmiy umumlashtirish va poetik fantaziyani birlashtira olganligini ko‘ramiz.
Adabiy tanqid tarixi fanining maqsad va vazifalari. Harakatdagi estetika sifatida e'tirof etilgan tanqid estetika xazinasini boyitishga, badiiy adabiyot rivojiga, yozuvchi mahorati takomillashuviga, jamiyat estetik didining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, predmet nazariyasisiz uning tarixi bo‘lmagani kabi tarixsiz nazariyaning ham bo‘lishi mumkin emas. Shu ma’noda tanqid tarixini o ‘rganish, napfaqat adabiy jarayon h aqida, balki badiiy adabiyot ta'sirida o ‘zgarishlar ro‘y bergan jamiyat tarixini, undagi ma’naviy-axloqiy iqlimiarni, adabiy-estetik dunyosidagi zamon mohiyatini ham o ‘rganish demakdir.
Adabiy tanqid tarixining vazifasi uning tarixiy sharoitda o ‘ynagan roli, tutgan o ‘mi, izlanishlari va topilmalarini, jamiyat, shaxs va adibga ko‘rsatgan ta’sirini aniq baholab berishdan iborat. Shundagina adabiy jarayon, uning asosiy tamoyillari, yo'nalish va qonuniyatlari, aniq adibning aniq asari va badiiy mahorati adabiy tanqidning tahlil va tadqiq predmetiga aylangan boladi. Adabiy tanqidning vazifasi yozuvchi ijodini, badiiy asarlami tahlil etish, shu asosda adabiyot rivojiga turtki boMadigan mummolarni ko‘tarib chiqish, tekshirish, ulaming estetik mohiyatini ochish, baholash, umumlashtirishdan iborat.
Adabiy tanqidning ijtimoiy-axloqiy vazifasi yuksak san’at uchun kurash olib borish va shuning vositasida komil insonni tarbiyalashga xizmat etish zaruratidan kelib chiqadi. Adabiy tanqidning maqsadi harakatdagi badiiy ijodning rangbarang muammolarini jamiyatning hayoti, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish y o ‘lidagi kurash bilan bog‘lab o ‘rganish va tushuntirishdan iborat. Zero, Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganidek: «Bizning maqsadimiz bir necha avlod mehnati bilan yaratilgan narsalami yo‘qotmaslik, ulaming eng yaxshilarini saqlab qolish, demokratik me’yorlarga, milliy manfaatlarimizga, mustaqilligimizga mos kelmaydiganlarini qayta tashkil etishdan, mazkur tuzilmalami yangi mazmun bilan boyitishdan iboratdir».