Adabiy tanqid nazariyasi



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə4/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

Tayanch tushunchalar: tanqid, naqd, estetika, strukturalizm, mantiq,
psixologiya, adabiyot nazariyasi, antropologiya, g‘arb tanqidchiligi,
qiyosiy tahlil, sotsiologik tahlil, struktural tahlil, adabiy tanqid usullari,'
qiyosiy adabiyotshunoslik, psixoanauz, ritual-mifologik maktab, germenevtika,
san’at sotsiologiyasi, ekzistensializm, harakatdagi estetika.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
G‘. Tanqid demanda nimani tushunasiz? Uning ogzaki va yozma shakilari
haqida so'zlang.Uning «naqd» va «naqada» so ‘zlariga munosabati
qanday?
2. Tanqid so'zining kelib chiqishi haqida nimalar bilasiz? Uning estetik
hodisa sifatidagi mohiyati nimada?
3. Adabiy tanqid - adabiyotshunoslikning boshqa tarkibiy qismlaridan
qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
4. Adabiy tanqidning boshqa fantar bilan aloqasi nimalarda zuhur
topgan ?
5. Adabiy tanqid va estetik tanqidning o'zaro munosabatini izohlang.
6. Adabiy tanqidning g‘oyaviy-estetik va ijtimoiy-axloqiy vazifalari
nimalardan iborat?


YANGI ILMIY-NAZARIY QARASHLAR




REJA:
1. O‘zbek adabiy tanqidi tarixini davrlashtirish masalasi.
2. Adabiy tanqidning shakllanishida matbuotning o‘rni.
3. Yangi o‘zbek tanqidchiligining ilk mustaqil odimlari.
4. Tanqidchilikda janriy izlanishlar,
O‘zbeka adabiy tanqidchiligi tarixini davrlashtirish masalasi.
Boshlanayotgan yangi davr adabiy-badiiy talablari va estetik ehtiyojlarini ifoda etib, zamonning yangi tipdagi badiiy adabiyoti, yangi inson va kitobxonni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘ygan adabiy tanqid O‘zbekistonda XX asr boshlarida matbuot bilan birga tug‘ildi. Uning yuzaga kelishida, awalambor mumtoz adabiyot va adabiy-tanqidiy tafakkur an’analari, qolaversa, yangi matbuot sahifalarida bosilgan maqolalar hamda an’anaviy tarzda sharq qo`lyozmalari orqali kirib kelgan jahon ilmiy estetik qarashlaridagi namunalar muhim rol o ‘ynadi.
Yangi o ‘zbek adabiy tanqidchiligining maxsus hodisa sifatida tug‘ilib, shakllanib, kaniolot bosqichiga ko‘tarilish yo‘lida kechgan qiyir.chilik va ziddiyatlar mohiyatini artglash uchun tarixning adabiymadaniy sahifalarini birma-bir varaqlab, ko‘zdan kechirish, erishilgan ilmiy-esietik yutuqlarni, mavjud nuqsonlarni tahlildan o ‘tkazish, adabiy-badiiy, ilmiy-estetik tafakkur taraqqiyoti qonuniyatiarini haqqoniy o'rganish va yoritish zamr bo'ladi. O‘zbek tanqidchiligi iidizlari uzoq o'tmishga borib taqaladi. Biz uning XX asr tongidan boshlangan tarixini yoritishni maqsad qilib qo‘ydik. Shu o'tgan vaqt mobaynidagi adabiy tanqidning fazilatlarini o'zlashtirish, nuqsonlarim haqqoniy tahlildan o ‘tkazib, sabab va oqibatlarini aniqlash, adabiy tanqidning yozuvchilar va o ‘quvchilar ommasiga ta’siri doirasini yanada kengaytirish va mustahkamlash uchun zarurdir.
«Biz bugun yangi asrga qadam qo‘ydik. Xo‘sh, yangi asrga o'zbek adabiyotshunosligi qanday yoilanma bilan kiradi? U o ‘zining qaysi jihatlaridan voz kechadi va hatto qaysi gunoblaridan tavba qllib, qaysi faG‘iiatlari bilan yangi davrga yuz tuiadi? Kamchiliklar oz emas. ...Lekin shunga qaramay, bugun umidsizlikni yig‘ishtirmoq kerak va ahiliik bilan ishga kirishib, yangi adabiyotning rivojiga faol ko‘maklashmoq kerak». Bu fikmi adabiy tanqidga nisbatan ham qo`llash mumkin, chunki badiiy adabiyot bilan adabiy tanqid doimo birga harakat qiladi. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar muayyan davrlarga ajratib o ‘rganiimasa, maqsadga o!ib boradigaii to'g‘ri yo‘lni topish qiyin kechadi. Shunga ko‘ra, adabiyot tarixi badiiy ijod va ijtimoiy hayotda ro'y bergan katta voqealar, tub burilishlarga asoslanib davriashtiriladi, ba’zan soddagina qilib: «20-yillar adabiyoti», «60-yillar adabiyot;» tarzida qismlarga ajratiladi. Bundan anglashiladiki, davrlashtirish taraoyillari hali qat’iy belgilangan emas. Yoki bu davrlashtirishning ko‘p ham oson emasligidan mujda bolsa, ajab emas.
Anime shunisi ayonki, ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong taraqqiyoti qonuniyatlari, xususiyatlari hamma vaqt muayyan sohaning o‘ziga xos mazmuni, mundarijasi, muammolari markazida turadi. Tanqid rivoji adabiyot livoji bilan cham'oarchas bog‘iiqdir. Adabiyot ham, tanqid ham hayotdagi go‘zallikni yoritadi va iztaydi, ularni turlicha shaklda ifoda etadi. V.G. Belinskiy bu haqda shunday yozadi: «San’atkor va adabiyotchi o ‘zining san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini bevosita yaratgan asarlarining o ‘zi bilan ifoda etadi; tanqidchi esa san’at va adabiyot haqidagi tushunchasini mantiqli fikr vositasi bilan mushohada tarzida ifoda etadi.
Bu holda san’at va adabiyot tanqid bilan qo‘lga-qo‘l berishib boradilar va bir-birlariga o‘zaro ta’sir etadilar». Buyuk munaqqid qayta-qayta ta’kidlagan bu hodisa adabiy tanqid tarixi o‘rganilmaguncha badiiy adabiyot tarixining haqqoniy va to`liq manzarasini yaratish mumkin emasiigidan guvohlik beradi. Bu hol adabiy tanqid tarixini adabiyot tarixining ajralmas bir qismi qilib qo‘yadi Shu mantiqdan kelib chiqib « O‘zbek sovet adabiy taniqidi tarixi» (1987) ikki jildligi mualliflari o ‘zbek adabiy tanqidi bosib o ‘tgan yo‘lni zamon mafkurasiga tayangan ravishda quyidagicha
o‘rganadilar: Sharafiddinov O. Adabiyot mangu yashaydi G‘ G‘ Jahon adabiyoti. 1998,
№ l. 4-bet.

Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin