Adabiy tanqid nazariyasi



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə7/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

MIYON BUZRUK SOLIHOV(1891—1 9 3 8 ) . Yangi tipdagi XX asr o ‘zbekadabiyotshunosligi shakllanishiga katta hissaqo‘shgan, bu yo‘nalishlarda jiddiy izlanishlar olib borgan olimlardan biri Miyon Buzruk Solihovdir. U o‘tgan asming 20-yillari oxiri va 30-yillar birinchi yarmida san’atshunoslik,folklorshunoslik yo‘nalishlarida sermahsul ijodi bilan o ‘zbek ziyolilari safida mustahkam o ‘rin egallaydi. U 1891-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. Miyon Buzruk, awal, eski maktabda, 1910— 1915-yillarda esa Degrez ko'chasida joylashgan madrasada tahsil ko‘rdi.Ko'pchilik o ‘zbek jadid ziyolilarida kuzatilgani kabi 1917-yil voqealari Miyon Buzruk ongida ham o‘zgarish yasadi. Shu davrdan e ’tiboran u Turkiston milliy ozodlik harakatining faol a’zolaridan biriga aylanadi. Matbuotda ilk bor 1918-yildanko‘rinaboshladi. «lzhorul-haq» jurnalining bir necha sonlarida ijtimoiy-siyosiy ruhdagi turkum maqolalari bilan ishtirok etadi. 1920-yil kuzidan boshlab Afg‘oniston, Hindiston, bir qator Arab mamlakatlarida safarda bo'ldi. Qardosh yurtlarning hayoti bilan tanishdi. Istanbul dorulfununida tahsil olib, 1927-yildatugaldi. Xorijda ta’lim olgan yangi zamon o ‘zbek farzandlarining dastlabkilaridan biri Miyon Buzruk 0 ‘rta Osiyo Davlat universitetida dars beradi. Madaniy qurilish ilmiy tekshirish institut! (NllKS)da katta ilmiy xodim bo‘lib ishladi. Toshkent Davlat pedagogika institutida o ‘qituvchilik ham qiladi. 1936—1937-yillarda Samarqand universiteti, Buxoro Davlat pedagogika institutida mehnat qildi.
Miyon Buzruk pedagogik ishni ilmiy-ijodiy ish bilan qo'shib olibbordi. 20-30-yillardan uning adabiyot, tarix, teatr san’ati, folklor va o ‘zbek tili muammolariga bag‘ishlangan « 0 ‘zbek tarixiga oid muhim kitob» (1927), «Bedil» (1928), « 0 ‘zbek» (1928), «Adabiy til va istiioh» (1929), «Mehrobdan chayon» (1929), « 0 ‘rta Osiyo va o ‘zbek adabiyotiga umumiy qarash» (1930), «SoTizoda va uning ijodi haqida» (1934), «Ijcdiy y olimiz haqida» (1934), « 0 ‘zbek teatri tarixi uchun materialiar» (1935) kabi qator maqola va kiioblari e ’lon qilinadi.
Uning bu asarlari keyingi bosqichlarda bu masalalar xususida ilmiy tadqiqot olib boruvchilar uchun muhim manba vazifasini o ‘taydi.M.B.Solihov ijodida davr siyosati va mafkurasi ta’sirining chuqur izlari mavjud ckanini ham unutmaslik lozim. Uning o ‘zbek adabiyotida millatchilik ko‘rInish!ari «fosh» etilgan (1933), dinningjamiyatdagi o ‘rni xato va biryoqlama talqin qilingan (1934) ishlari ana shunday xarakterda edi.
Buxoro pedagogika institutidan Miyon Bu?ruk mehnat ta’tiligachiqib, oilasi yashayotgan Toshkentga qaytgan choqda 1937-yil 5- gustda hibsga olinadi. Nohaq millatchilikda ayblanib, otishga hukm qilinadi. Hukm 1938-yil 10-oktabrda ijro etiladi. Qatag‘on qurboni bolgan aksar o ‘zbek ziyolilari qatorida Miyon Buzruk ham 1957- yilda oqlanadi.Miyon Buzruk - dramaturiya va teatr tadqiqotchisi. Miyon Buzruk ilmiy merosi uning adabiyotshunoslik, san'atshunoslik,folklorshunoslik kabi y o ‘naIishlarda tadqiqotlar olib borganini ko'rsatadi. Ular ichida o ‘zbek mumtoz adabiyotga doir tadqiqotlari muhim o ‘rinni egallaydi.
Olimning «O‘na Osiyo va o ‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash» nomli kitobini ma’lum ma’noda bu bordagi dastlabki muxtasar qo'llanma, deyish mumkin. Unda o ‘zbek yozma adabiyotining XII asrdan XX asrgacha kechgan davri muhim muammolar asosida o ‘rganiIganki, bu masalada u Fitrat maslakdoshi darajasiga ko‘tariladi.Masalan, deyarli ming yillik o ‘zbek mumtoz adabiyoti tarixini «xavos» («elita») va «avom» («ommaviy») qismlarga ajratadi va shu nuqtayi nazardan o ‘ziga xos tahlil qiladi.Miyon Buzruk Solihov o ‘zbek jadid adabiyotini o ‘igangan dastlabki olimlarimizdan biridir. U « 0 ‘zbek teatri tarixi uchun materialla kitobida jadid dramaturgiyasi va teatri bilan bogMiq masalalarni tadqiq etdi. To‘g‘ri, unda davr bilan izohlanuvchi xato va kamchiliklar yo‘q emas. Lekin kitobdagi i!g‘or qarashlar jadidchilik, uning adabiyoti, teatri kabilarga qiziqish tobora ortayotgan hozirgi kunlarda ilmiynazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Miyon Buzruk « 0 ‘zbck teatri tarixi uchun materiallar» asarida zamonaviy o ‘zbek dramatur giyasi va teatrining maydonga kelishida ichki omillarni birmuncha nazardan chetda qoldirsa-da, tashqi ta’siming roli masalasiga alohidae ’tibor beradi. Miyon Buzruk tatar, ozarboyjon teatrlarining o ‘zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ta’siri xususida yozar ekan, uning avvalo, ikki mamlakat o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy loqalar biian bog‘liqligiga alohida urg‘u beradi. Shuningdek, Miyon Buzruk mazkur asarda «Padarkush» pyesasining sahnaga qo‘yilishi masalasiga ham atroflicha to‘xtalgan. 0 ‘zbekistonda birinchi marta mahalliy kuchlartarafidan sahnalashtirilgan «Padarkush» pyesasiga Aliasqar Asqarov rejissorlik qilganini aytadi.
«Padarkush»ni ilk bor ozarboyjon rejissyori sahnalashtirgani tasodifiy bo‘lmagan. 0 ‘zbek teatri asoschilarining tatar teatridan ko‘ra, ozarboyjon teatriga ko‘proq intilgani bejiz emas. Miyon o ‘ta borganligini aytadi.Miyon Buzruk « 0 ‘zbek adabiyotida millatchilik ko‘rinishlari» deb nomlangan asarini zamonaviy o ‘zbek adabiyolini o ‘rganishga bag‘ishladi. Turkiston muxtoriyati yo‘q qilingan o'lkadagi ijtimoiy-siyosiy ahvol yana ham murakkablashdi. Bu esa turli mushkulliklar ichida yashayotgan jadid ziyolilari dunyoqarashini yanada chigallashtirib yubordi. Kelajak haqida o ‘ylagan orzu-umidlari kun sayin sarobga aylandi. Bu tushkun kayfiyat 20-yillardagi ko'plab asarlarda o ‘z aksini topdi. Miyon Buzruk Solihov kitobida o'sha yillarda yaratilgan asarlami ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qildi. Biroq tahlil, davr talabiga ko'ra, vulgar-sotsiologik yo‘sinda bo‘lib, mafkuraviy yo‘nalish oldi. Fitrat va Cho‘!pon singan adiblar ijodi xato baholandi, sho‘roviy nuqtayi nazaridan tanqid osliga olindi. Bunday yondoshuvga munaqqid ayrim boshqa ishlarida ham yo ‘l qo‘ydi. Lekin bugungi adabiyot ilmiy uchun uning xatolari emas, yuqorida e ’tirof etilgan o ‘zbek adabiyoti ravnaqi yoiidagi xizmatlari muhimdir. Xatolar esa, keyingi avlodlami gohiikka, hushyorlikka chorlaydi, albatta.Miyon Buzruk ma’lum darajada taijimonlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadt.
Jumladan, u Sadriddin Ayniyning «Doxunda» romanini tojikchadan o'zbek tiliga o‘girib, 1932-yiIda 0 ‘zdavnashrda chop ettiradi. Miyon Buzruk Solihov ijodi M.Rahmonov, M.Qodirov, Sh.Rizayev kabi olimiar tomonidan ma’lum darajada o ‘rganilgan. «Mehrobdan chayon» romani haqidagi maqolasi joriy imloga tadbil qilinib, « 0 ‘zAS» gazetasida, so‘ngra « 0 ‘zbek adabiy tanqidi» antologiyasida bosildi. B.Abdulxayrovning nomzodlik dissertatsiyasi M.B. Solihov hayoti va ijodini ilk bor maxsus o ‘rganishga bag‘ishlandi. Uning»Miyon Buzruk — jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi* nomli monografiyasi bu ulkan olim haqidagi dastlabki jiddiy ishlardan biridir. Ushbu darslikdagi Miyon Buzruk haqidagi ma’lumotlarda yosh olim isldaridan foydalanudi. Miyon Buzruk hayoti va ijodini vanada chuqur va atroflicha o ‘rganish kelgusi vazifalar sirasiga kiradi.
XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmiga kelib qator o ‘zbek yosh shoirlarining kitoblari nashr etildi. Ularga adabiy tanqid o ‘z munosabatini bildirdi. Oltoy «Nafis adabiyotda sog‘lom mafkura va sog‘-lom tanqid kerak» (1928), Sotti Husayn « 0 ‘zbek adabiyotining hozirgi muhim masalalari» maqolalarini proletar adabiyoti muammolariga bag‘ishladilar. «Ko‘rmana» (1929) to‘plamiga yozgan so‘z boshisida S.Husayn undan o ‘rin oigan yigirmaga yaqin ijodkorning hammasini proletar yozuvchiiari tarzida baholab, subyektivlikka yo ‘l qo‘ydi. Shu tariqa adabiy tanqidni mafkuralashtirish jarayoni tezlasha bordi.She’riyat, nasr va dramaturgiyada aksini topib kelayotgan yangi inson obrazini tahlii qilishga adabiy tanqid sustroq kirishdi. Bu masalada ham taqriz oldinda bordi. Taqrizchilar M.Shermuhammedov, Ayniy, Elbek, Oybek, H.Olimjon, Ziyo Said singan ijodkorlar va O. Sharafiddinov, O.Hoshim, S. Husayn, A.Sa’diy, Anqaboylar bu davr adabiy jarayonida faollik ko‘rsatdilar. Bular orasida ismi sharifi aniqlanmagan, faqat shartli taxallusi bilan maqolalar e ’ion qilgan mualliflar ham talaygina.
Chunonchi, «Mudbir» taxallusli tanqidchi Hamzaning «Istibdod qurbonlari» dramasi haqida fikr yuritdi, undagi yangi obrazlami o ‘sha davrga moslab tahlii qildi. Adabiy tanqid badiiy adabiyotda zamondosh obrazi qanday yaratilayotganiga, xususan, ularning nuqsoniga alohida e ’tibor bera boshladi. 20-yillarning ikkinchi yarmidan obrazlarto'Iaqonligi qanday,yozuvchilaro‘zqahramonlari ichki dunyosi, ruhiyatini tasvirlayotirmi degan savollar qo‘yila boshladi. Yuqorida tilga olib o ‘tilgan «Ko‘rmana» to'plamiga kirgan she’r va hikoyalarga yozgan taqrizida S.Husayn «mhiy-fikriy o'zgarishlami ham tasvirlashni, san’atkorlikdaso'z ustaligi ham kerakligini» uqtiradiki, masalaning bu jihatlari bugungi kun uchun o ‘z ahamiyatini yo‘qotmagan, deyish mumkin. Bunday dalillar adabiy tanqidning o ‘z sifati ustida ham, asar badiiyati ustida ham jiddiy izlana boshlaganini ko'rsatadi.
Ya’ni Yer ham o ‘z o ‘qi atrofida, ham quyosh atrofida avlanganidek, adabiy tanqid ham - o kz mohiyati, ham badiiy asar mohiyati ustida uyg‘un qayg‘ura boshladi. Shunday intilishlar tufayli 20-yillar oxiriga kelib,30-yillar boshlarida ko‘pdan-ko‘p ilmiy-estetik xatolarga yo‘l qo‘ygani kuzatilsa-da, adabiy tanqid hayot va adabiyotdan mutlaqo uzilib qolgani y o ‘q, muayyan yo‘nalishlarda u hayot va adabiyotga yaqinlashuvyo'llarini izladi. Birin-kctin «Dilbar-davr qizi*, «Baxtlar vodiysi «, «Temirchi Jo‘ra», «Ko‘kan», «Jontemir» kabi zamonaviy asarlar yaratildi. T o ‘g ‘ri, bu asarlarning o ‘z davri uchun ijobiy fazilatlariyo‘q emas, biroq ulardagi muhim va asosiy kamchiliklar, biryoqlamauklami tanqid ko‘rsatish va ochib berish darajasiga ko‘tarila olmadi.Bu davrda ularga qarshi tanqidiy maqolaiar emas, balki, bu asarlarga javob xarakterida asarlar yozishni tavsiya etish an’anasi yuzaga keldi.

Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin