1 0 8
O‘zbek milliy nasrining zabardast vakillaridan biri yozuvchi
Abdulla Qahhor 1907-yilning 17-sentabrida Qo‘qon shahridan
uncha uzoq bo‘lmagan Asht qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning
otasi usta Abduqahhor temirchilik bilan shug‘ullanardi. Ustaning
oilasida garchi juda ko‘p farzand tug‘ilgan bo‘lsa-da, ular
orasidan faqat Abdullajongina yashab qolib, boshqalari go‘-
daklik chog‘laridayoq turli sabablarga ko‘ra vafot etishadi.
Abdullajon tug‘ilgan davrini tasavvur qilar ekansiz, avvalgi
darslarda o‘tilgan G‘afur G‘ulom mavzusi, o‘sha ijodkor, ayniq-
sa, uning Shum bolasi taqdiri darrov yodingizga tushgan bo‘lsa,
ajab emas. To‘g‘ri sezdingiz – Abdulla Qahhorning bolalik
yillari ham boshqa tengdosh yozuvchi-shoirlarniki singari juda
og‘ir kechgandi. Yana bir o‘zbek shoiri Hamid Olimjon o‘sha
yillarni eslab:
Men bir qora kunda tug‘ildim,
Tug‘ildim-u, shu on bo‘g‘ildim, –
deyishi bejiz emas edi. Zero, o‘sha yillardagi Turkiston o‘lkasi
nihoyatda og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy tanglikni
boshdan kechirardi. Abdulla Qahhor endigina yetti yoshga
kirganida boshlangan Birinchi jahon urushi esa bu ahvolni
yanada og‘irlashtirgandi.
Dostları ilə paylaş: