Adabiyot insonlarni tarbiyalaydigan, ruhiyatini oziqlantiradigan, taʼbir joiz boʻlsa "koʻzlarini ochadigan" beqiyos kuch, inson aqliy va ruhiy omiling mahsulidir


Adabiy jarayonda ijod va ijodkor muammosi



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə6/10
tarix30.09.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#150597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fiologiya

Adabiy jarayonda ijod va ijodkor muammosi
Ma`lumki, o`tmishda adabiyotshunoslik va adabiyot tanqid tushunchalari o`zaro chambarchas bog`liq bo`lib, adabiyotshunoslik atamasi hozir ishlatayotganimiz shaklda uchramaydi. Adabiy tanqidchilikdagi janr va shakllar xususida adabiyotshunos olimlar Boturxon Valixo`jayev va Abdug`afur Rasulovlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Shuning uchun ham biz mazkur mavzuni yoritishda ularning darslik va ilmiy maqolalari, maruza matnlari manbalariga asoslanib ish kurdik. “Tanqid” arabcha-naqada so`zidan tashkil topgan bo`lib, muhokama qilmoq, topshiriq, o`rganmoq, nimaningdir haqqoniyligi va to`g`riligini isbotlamoq, yutuq va kamchiliklarni belgilamoq va nihoyat, badiiy asarni tahlil qilish, izohlash kabi ma`nolarni ifodalaydi. Demak, bu hol tanqid tushunchasi doirasining kengligi, uning hayotdagi barcha hodisa-voqealarga tegishli ekanini ko`rsatadi. Shu jihatdan tanqid hayotning qaysi bir sohasiga tegishli bo`lsa, u shu nom bilan ataladi. Jumladan, ijtimoiy tanqid, iqtisodiy tanqid va hokazo.
San`atning turli-tuman sohalari va uning o`ziga xos xususiyatlari nazarga olinib, hozirgi kunda har bir sohaga tegishli tanqid bir-biridan farq qiladi. Bunga teatr tanqidi, kino tanqidi va boshqalarni misol tarzida keltirish mumkin. San`atning sohalaridan biri bo`lmish adabiyot bilan bog`liq bo`lgan tanqid-adabiy tanqid deb nomlanadi. Chunki adabiy tanqidning qiziqish doirasini so`z orqali o`ymakorlarcha tasvirlash san`ati hisoblangan adabiyot tashkil etadi.
Adabiy tanqid, bir tomondan, badiiy tanqidning shakllaridan hisoblansa, o`ziga xos xususiyati - adabiyot uning qiziqish doirasi bo`ladi. O`tmish adabiy tanqidchiligini 2 guruhga bo`lish mumkin: Birinchi guruh: 1) Faxriya, 2) SHe`riy parchalar-g`azalning ayrim baytlari, qit`a, soqiynoma, kichik masnaviy; 3) Ilmi adabga bag`ishlangan asarlar; 4) Dostonlarning ayrim boblari; 5) Tarixiy va tarixiy-esdalik asarlar; 6) Nasihatnomalarni kiritish mumkin.2- guruh. Bevosita “janr”lar, ya`ni adabiyotshunoslik va adabiy tanqid masalalaridan bahs yurituvchi asarlar guruhi.

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin