Adabiyot insonlarni tarbiyalaydigan, ruhiyatini oziqlantiradigan, taʼbir joiz boʻlsa "koʻzlarini ochadigan" beqiyos kuch, inson aqliy va ruhiy omiling mahsulidir


Garb adabiy nazariy tafrakkur tarixiga oid manbalarini o'qish



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə2/10
tarix30.09.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#150597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fiologiya

Garb adabiy nazariy tafrakkur tarixiga oid manbalarini o'qish
«Nur Sharqdan» deyiladi Yunon naqllaridan birida. Darhaqiqat, quyosh Sharqdan chiqadi. Aql quyoshi ma`rifat ham Mashriqda tug`ilib Mag`ribga yo`l olgandir. San`at va madaniyat dastlab Xitoy, Xindiston, Markaziy Osiyo, Arabiston, Misr kabi o`lkalarda maydonga kelgandir. Lekin Sharq olamiga ziyo berib, uni mumtoz aylagan tafakkur tug`ilgan joyida qolib ketmadi, balki umuminsoniyat aqli-shuuri, mushtarak mulki sifatida zamonlar osha Farbga ham yetib bordi. Farbning mo`tadil, osoyishta tuprog`ida yangidan-yangi samaralar berdi. Farb-Sharqning bu «oldi-berdi»si to hanuzgacha davom etmoqda. Bugungi Yevropaning xolis fikrlovchi eng mashhur olimlari qadim antik madaniyatning maydonga kelishida Xorazm sarhadlarida ko`z ochgan zardushtiylik ta`limotining hal qiluvchi ta`sirini ko`radi. O`z navbatida Farb antik madaniyati insoniyat tafakkurining ajralmas bir sahifasi bo`lib tarixga kirdi. O`rta asrlar islom fani unga yangi hayot baxsh etdi. Aristotel, Platon, Ptolomey, Galen kabi o`nlab daholarni Arastu, Aflotun, Batlimus, Jolinus nomlari bilan Yevropaga qayta tanitdi. Ayni paytda Al-Xorazimiy, Ahmad Farg`oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi tafakkur mash`allarini dunyoga berdi. Farb Yana Sharqqa ergashdi. Va bu uzluksizlik qonuniga amal qiluvchi hodisa 15-asrlargacha davom etdi.
Ko`pincha olimlarni eng qadimiy madaniyat qayerda paydo bo`lgan: sharqdami yoki g`arbdami degan savol o`ylantiradi. XIX asr o`rtalariga kelib, Yevropada qiyosiy adabiyotshunoslik alohida fan sifatida taraqqiy topdi. Farbda maxsus komparavistika (qiyosiy adabiyotshunoslik) maktablari yuzaga kela boshladi. Ayniqsa fransuz olimlari Pol Azar, Georg Brandes, Paul Van Tigem adabiyotshunoslikni yangi kashfiyotlar bilan boyitdilar.
Ammo jahon adabiyoti tarixini yaratishga bel bog`lagan bu olimlar dunyoning faqat bir qit`asi, ya`ni Yevropa (shunda ham Farbiy Yevropa) madaniyatini tan oldilar, xolos.

Badiylik mezonlari
Badiiy adabiyotning yana bir muhim xususiyati – uning individual ijod namunasi ekanligi. Badiiy adabiyotda eng muhim hodisa – individualizm – ijodkorning o’z g’oyasi, uning o’z asari orqali insoniyatga aytmoqchi bo’lgan so’zi, gapidir. Gap, so’z - til badiiy asar namunasining borlig’i, uning mavjudlik holatidir. Bu tamoyil ijodning, asarning barcha mavjudlik kategoriyalarini qamrab oladi. Olamning mavjudligi g’oya ekan, g’oya so’z bilan ifodalanar, so’z esa, tilning namoyon bo’lish shakli ekan, ong, g’oya - til, so’z esa nutqdir. Badiiy asar esa, badiiy nutqning reallik kasb etgan varianti.
Til, umumxalq tili ongning mavjudlik holati. Har bir inson o’z ongini til orqali reallashtiradi. Til - bu o’rinda ongning reallik kaliti. Nutq esa, tilning yozma, og’zaki, ichki tuyg’uda reallashgan shakli. So’z esa, nutqning, amaldagi tilning tovushda libosga ega bo’lgan ko’rinishi. Bularning hammasi umumxalq tilida umumiy, ayrim ijodkorda xususiy, individual ko’rinishga ega. Individual ijod individual tilni, aniqrog’i tilning yangi vositalarini talab qiladi. Individual til – ijodkorlik.
Badiiy asarda ijodkor ikki shaklda namoyon bo’ladi: yangi g’oya ijodkori yoki mavjud g’oyaning yangi shakli ijodkori sifatida. Birinchisida u daholikka da’vogar, ikkinchisida mavjud daholikning davomchisi. Badiiy ijod daholari yoki uning davomchilari o’z g’oyalari bilan hali bashariyat tasavvuri ufqlari ilg’amagan qirralarni kashf etishga intiladilar.
Borliqni bilish – anglanish me’yori hozirgi mutafakkirlarning tadqiqotlariga ko’ra 36 darajani tashkil etadi. Erdagi mavjudot shundan bor – yo’g’i 3 darajasini istifoda eta oladi. 0 dan 1 gacha o’simlik, 1 dan 2 gacha hayvonot, 2 dan 3 gacha insoniyat. Albatta, bularning o’zi ham cheksiz ichki bo’linishlarga ega. Shu bois bu shakldagi klassifikatsiya juda nisbiy xarakterga ega bo’lib, faqat materialistik ta’limot nuqtai nazardan talabga javob bera oladi. Vaholanki, ufologiya ilmida borliqning mavjudlik holatini o’zaro tortishuv, muvozanat natijasi bilan belgilaydilar. Butun olam muvozanati ilmda gravitatsiya deb nomlangan.


Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin