Adabiyot insonlarni tarbiyalaydigan, ruhiyatini oziqlantiradigan, taʼbir joiz boʻlsa "koʻzlarini ochadigan" beqiyos kuch, inson aqliy va ruhiy omiling mahsulidir


Ijodkor shaxsiyati va ijodiy individuallik masalasi



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə5/10
tarix30.09.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#150597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
fiologiya

Ijodkor shaxsiyati va ijodiy individuallik masalasi
XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi oʻzbek adabiyoti ushbu davrda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotdagi oʻzgarishlarni aks ettiradi. Bugungi kun adabiyotshunos olimlari va tanqidchilari oʻzbek adabiyoti rivojida yuz berayotgan oʻzgarishlarni anglab yetishga va ularga munosib baho berishga urinmoqdalar. “Sharq Yulduzi”, “Yoshlik”, “Tafakkur”, “Guliston”, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kabi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy ruhdagi yetakchi jurnallar, “Kitob dunyosi” gazetasi sahifalarida eʼlon qilinayotgan zamonaviy adabiy jarayonga bagʻishlangan bahs va munozaralar, chop etilayotgan qator maqolalar shundan dalolat beradi.
Lekin shuni qayd etish kerakki, oʻzbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning oʻz-oʻzini shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yoʻq. Masalan, Hakimjon Karimov ilgari surgan paradigma inʼikosi nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning rivojlanishida ong kategoriyasining roliga asoslanadi. Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini nasrning janr prinsipiga asosan boʻlinishidan kelib chiqqan holda koʻrsatib oʻtadi:
Lekin shuni qayd etish kerakki, oʻzbek adabiy tanqidchiligida adabiyotning oʻz-oʻzini shakllantirishga urinishi borasida yakdil fikrlar yoʻq. Masalan, Hakimjon Karimov ilgari surgan paradigma inʼikosi nazariyasiga va ijtimoiy-madaniy hamda adabiy tafakkurning rivojlanishida ong kategoriyasining roliga asoslanadi. Tadqiqotchi yozish uslubi rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini nasrning janr prinsipiga asosan boʻlinishidan kelib chiqqan holda koʻrsatib oʻtadi:
1) adabiyotda gʻoya va mavzu maydonining kengayishi; 2) ijtimoiy, axloqiy, maʼnaviy, oilaviy masalalarga eʼtiborning kuchayishi; 3) insonparvarlik mazmuni va psixologizmning chuqurlashuvi; 4) oʻzbek xalqining oʻzligini tanishi va mentaliteti masalalariga murojaat etilishi; 5) hayot mazmunini falsafiy mushohada etish.
Aruz vazni barmoq vazni nazariy adabiyotlar
Aruz (arab.- arz qilmoq) — sheʼ-riy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan.. Barmoq tizimi, barmoq vazni — boʻgʻinlar sanogʻi, mutanosibligiga asoslangan sheʼr oʻlchovi turi. Barmoq tizimi oʻziga xos xususiyatlarga koʻra aruz tizimidan farq qiladi. Barmoq vazni anʼanaviy xalq atamasidir. Barmoq tizimi jahon sheʼriyatidagi toʻrtta: sillabik (boʻgʻin), sillabiktonik (boʻgʻin-urgʻu), tonik (urgʻu) va kvantitativ (yaʼni boʻgʻinlarning qisqa va choʻziqligiga asoslangan) sheʼr tizimlaridan biri. Tonik tizim soʻz urgʻusi erkin boʻlgan tillarga mansub (mas, rus tili va poeziyasida shunday, oʻzbek tilida soʻz urgʻusi oʻtroq, shu sababli erkin vazn yo sarbast janri mustaqil sheʼr tizimi emas, balki u Barmoq tizimi ga kiradi). Barmoq tizimi atamasi sodda vazn (4+4+3, yo 6+5), erkin vazn (vazn turi) maʼnolarida ham qoʻllanadi. Barmoq tizimi atamasi sheʼriy misralarning boʻgʻinlarini barmoq bilan sanashdan kelib chiqqan. Mac:443Bahor keldi tabiatning qoʻllari443Daraxtlarga ipak koʻylak kiygizdi443Yer ham soʻlgan koʻkatlarni tirgizdi443Yashillandi dalalarning yoʻllariI II IIIBu sheʼrning vazni 4+4+3 tartibida. Vaznlar izchil takrorlangan turoqlardan tashkil topadi. Turoq sakkiz boʻgʻinligacha boʻlib, misra va baytda tutgan oʻrniga koʻra ham farqlanadi. Mac:4 4 3Oʻlkamizga kulib keldi oltin yoz,4 4 3Choʻllarida chamanzorlar poyondozIIIIII — kichik turoq (u juda qisqa ritmik pauzali); II — bosh turoq (u bosh ritmik pauzaga ega, misralarni mazmun va intonatsiyaga koʻra ikkiga ajratadi); III — oxirgi turoq (u eng choʻziq ritmik pauzali, qofiyani ham oʻz ichiga oladi). Yuqoridagi toʻrtlikning "bahor keldi" soʻzlari oxiri bilan navbatdagi misraning shu oʻrinda kelgan "daraxtlarga" soʻzi oxiri bir-biriga mos. Bu moslik 4 boʻgʻinlidir. 1-boʻgʻin guruhi 4, 2-boʻgʻin guruhi 4, 3-boʻgʻin guruhi 3 boʻgʻinlidir.

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin