Adabiyotlar sharxi



Yüklə 68,09 Kb.
səhifə2/5
tarix09.06.2023
ölçüsü68,09 Kb.
#127736
1   2   3   4   5
BMI (автовосстановление)

3. Mavzuni dolzarbligi

4 Asosiy qisim
4.1 Firiktsion materiallar xaqida ma’lumotlar
Firiktsion materiallarga quyiladigan asosiy talabla:
Firiktsion kukn materiallarni ishlatilish joyiga ko’ra ikkita asosiy guruhga bo’lish mumkin, bunda: mutlaqo moylanmaydigan joylarda ishlovchi firiktsion materiallar va moyli sharoitda ishlovchi firiktsion materiallar.
Moylanmaydigan quriq ishqalanib ishlaydigan joylardagi firiktsion materiallar uchun tormozlashdagi boshlang’ich tezlik 50 m/s gacha, bosim qiymati esa 2,45 GPa gacha bo’ladi. Bunday sharoitda ishqalanishdan xosil bo’lgan issiqlik xarorati 1000-1200 C gacha ko’tarilsa materialning xajmi boyicha qizish 500-700 C gacha ko’tariladi. Moy muxitida ishlovchi firiktsion materiallar uchun boshlang;ich tormozlovci tezlik 100m/s bosim esa, 6,86 GPa bunday xollard ishchi yuzalaridagi va material xajmidgi xarorat 150-200S tashkil etadi.
Quruq ishqalanish sharoitida ishlovchi firiktsion materiallar.
Aksariyt xollarda bunday ishlash sharoiti turli avtomobil va shunga o’xshash mexanizmlarning diskli tormozlash sistemasida bo’ladi . Bunday sharoitlarda temir yoki mis kukuni asosli firiktsion materiallar ishlay olish imkoniytiga. SNG va bazi chet ellarda ishlab chiqariladigan firiktsion materiallarning kimyoviy tarkibi 1- jadvalda, 2- jadvalda esa ularning asosiy xossalari keltirilgan.
Jadval.
SNG va bazi chet el mamalakatlarida ishlab chiqariladigan firiktsion materiallarning kimyoviy tarkibi

FKM -8 markaga ega bo’lgan firiktsion materiallar o’z tarkibida temirdan tashqari juda ko’p metallar – xrom, nikel, volfram va nometallardan oltingugurt xamda grafitga ega. Bunday legirlovchi elementlarga boy bo’lgan material juda og’ir quruq ishqalanish sharoitida ishlashga mo’jallangan. Ular yuqori ichki firiktsion energiyaga ega bo’lsada ularning juda jiddiy kamchiligi bor. Ularning ishqalanish koeffitsienti ishlash jarayonida o’zgarishi va materialning o’zi tormozlovchi diskaga yopishib qolishi xavfi bo’lib tormozlash jarayonining oxirida juda kuchli tormozlash momentini xosil qiladilar.
FKM -11 yuqoridagi kamchiliklarda qisman xoli bo’lgan firiktsion material xisoblanadi. Bu materialda metal va nometall komponentlarning juda bir- biri bilan optimal nisbatlarga ega bo’lishiga erishilgan bo’lib 20% gacha nometall komponentlar qo’shilga. Shuning uchun materialni tormozlovchi diskga yopishi qolishi umuman bartaraf etishga erishilgan. Bu friktsion material bir nechta ketma – ket tormozlashda qizib xosslarini o’zgartirmaydi. Ammo unga ko’p nometall komponentlarni qo’shilishi bois uninh FKM – 8 ga nisbatan mexanik xossalari va yeyilishga bardoshliligi nisbatan pastroq.
MKV -50A friktsion materiali o’zining tarkibida juda ko’p miqdorda friktsion SiC, B4C kabi kimyoviy birikmalardan tashkil topgan qo’shilmalarga va qattiq moylovchi sifatida garfit vat emir sulfide FeSO4 qo’shilgan. Shuning uchun uning ishqalanish koeffitsienti juda yuqori – 0.30 – 0.37 va turg’un. Bunda n tashqari bu materialning mustaxkamligi juda yuqori bo’lib u shu xosslarini 600 C ga qizganda xam saqlab qoladi. Bu firiktsion materiallardan aksariyat xollarda aynan tormozlovchi disklar ishlab chiqariladi.
Nisbatan friktsion materiallarga qo’yilgan talablarga javob beruvchi o’zining tarkibida grafit, asbet va shunga o’xshagan zaxarli moddalar qo’shilmagan. Friktsion materiallarga SMK, SMK-80 va SMK-83 friktsion materiallari kiradi.Bunday materiallarning tarkibiga friktsion komponrntlardan SiC, B4C qattiq moylovchi sifatida MoS2, BN – moddalr kiritilgan. Bu materiallarning ishqalanish koeffitsienti 0.36- 0.39 atrofida bo’lib ular juda turg’un ko’rsatgichga ega. Bundan tashqari boshqa turdagi firiktsion materiallarga nisbatan uning yeyilishiga bardoshligi ancha ustun. Masalan SMK -80 ning cho’yan diskga tormazlashishida bor yo’g’I 1.25 mkm qatlam yeyilishi sodir bo’ladi. Bu ko’rsatgich boshqa materiallarga nisbatan 10 barobar kam ko’rsatgich xisoblanadi.
Chet ellarda ishlab chiqarilgan firiktsion materiallar (1-jadval) N 11, 12 yuqori ishqalanish koefitsientiga 0,45 – 0.50 ega bo’lib ular nisbatan turg’un ko’rsatgichlarga ega. Bu materiallarning o’zgacha xossasi shundan iboratki tormozlanish jarayonida yuqorimiy xaroratdan uning tarkibida suyuq – unga qoshilgan vismut, qo’rg’oshin, kadmiy va surmaning erishishidan xosil bo’ladigan fazlar paydo bo’ladi. Bu esa materialni ishlash jarayonid ishqalanish koeffitsientini yana oshirib tormozlovchi diskga yopishib qolishini oldini oladi.
Umuman aytganda N 11, 12 materiallarning tarkibida mis albatta bo’lishligi talab etiladi, ishqalanish koeffitsientini ta’minlovchi komponentlariga esa turli oksidlar, karbidlar va siltsidlar kiritilgan bo’ladi.
Temir kukuni asosli firiktsion materiallaridan tashqari mis kukuni asosli firiktsion materiallar xa qo’llaniladi. Mis asosli firiktsion materiallarning kimyoviy tarkibi 8.1- jadvalda keltirilgan. SNG davlatlari ichida keng tarqalgan Firiktsion material qalayli bronza MK -5, bo’lib uning quruq ishqalanishdagi ishqalanish koeffitsienti 0.16- 0.32 tashkil etilgan. Bunday materiallarga qalayni kiritsihdan ko’zlangan maqsad uning mustax kamligini ta’minlashdan iborat edi, chunki qalay mis bilan qattiq qotishma fazasini tashkil etadi. Kiritilgan temir materialfagi firiktsion xossalarini ta’minlovchi qo’shimcha o’rnini bajarsa, qo’rg’oshin va grafit materiallarining firiktsion qo’shimchalari sifatida kiritilgan. Boshqa materiallarda materialning firiktsion qo’shimchalari sifatida alyuminiy oksidi, kremniy, abset kiritilgan. Ko’p xollarda materiallarning donalar aro sodir bo’ladigan korroziya jarayoniga qarshi unga titan, vanadiy, mishyak yoki kremniy kiritilgan.

Yüklə 68,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin