Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

E s t e t i k d i d. San’at va adabiyotni idrok etishda estetik tuyg`u muhim 
ahamiyatga egadir. Estetik tuyg`u faqat insongagina xosdir. Estetik tuyg`u insonga 
borliqni butun boyligi, rang va ohanglari, Shakl va tarovati bilan ko`rish, his qilish 
imkonini 
beradi. 
Ijtimoiy 
mehnat 
insonni 
jismoniy 
va 
aqliy 
jihatdan 
takomillashtiribgina qolmasdan, uning estetik tuyg`usini ham rivojlantiradi. SHu 
narsa insonning go`zallik yaratishiga imkon beradi. Odamlarning didi turlicha 


bo`ladi. Lekin go`zallikni yomon deb, badbinlikni yoqtirish didning turlichaligi 
natijasi bo`lolmaydi. Didda kishining umumiy saviyasi, qobiliyati va qarashlari aks 
etadi. Yaxshi did chinakam go`zallikdan zavqlana bilishdir. YOmon did esa 
ko`pincha ma’lumotning etishmasligi oqibatidir. Lekin sizga yoqmagan hamma narsa 
didsizlik, badbinlik namunasi bo`lavermaydi. Yurish-turishda, kiyim-kechakda, 
odob-ahloqda ba’zi narsalar garchi biz ko`nikkanday bo`lavermasa-da, ularda kelajak 
tendentsiyalari aks etishi mumkin. 
San’atdan lazzatlanish uchun maxsus tayyorgarlik kerakmi? Axir san’at 
hammaga tushunarli, ommabop bo`lishi kerakku? Biroq har qanday san’at ham 
barchaga tushunarli bo`laverishi Shart emas, bu mumkin ham emas. San’at ommaga 
tushunarli bo`lishi kerak, deb uni juda ham jo`nlashtirib yuborish yaramaydi. Har 
qanday san’at asarini tushuna oladigan bo`lish uchun kishi o`zida san’atni tushunish 
qobiliyatini tarbiyalab borishi kerak. Buning uchun esa san’at bilan muttasil 
shug`ullanish zarur. Sana’atdan ma’naviy ozuqa olish, undan lazzatlanish uchun kishi 
o`zining umumiy madaniyatini doimo oshirib borishi, qobiliyati va iste’dodini 
o`stirishi lozim. Badiiy asarni chuqur tushunish uchun kitobxon asar mazmuni va 
Shakli, unda ko`tarilgan muammolar ustida ham bosh qotiriib ko`rishi kerak. SHu 
jihatdan, P.Qodirovning «Erk», O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» asarlarini o`qir 
ekanmiz, bu asarlarni tushunish, ulardan ta’sirlanishning o`zi hali etarli emas. Buning 
uchun ularning naqadar hayotiyligini his qilish, ularda qo`yilgan muammolarni 
chuqur idrok etish ham zarurdir. SHusiz bu asarlardn olgan taassurotlarimiz to`la 
bo`lmaydi. Kitobxon qanchalik sezgir va ta’sirchan bo`lsa, obrazning unga ta’siri 
ham shuncha kuchli bo`ladi. Kitobxon obraz mohiyatiga qanchalik chuqur kirib 
borsa, badiiy adabiyotning ta’siri va tarbiyaviy ahamiyati shunchalik kuchli bo`ladi. 
Badiiy asar kishining didini o`stiribgina qolmasdan, uning saviyasini ham 
ko`rsatadi. Asarga baho berar ekanmiz, o`zimizga ham baho beramiz, o`zimizning 
madaniy darajamizni ham ko`rsatib qo`yamiz, Odamning did qanchalik o`tmas 
bo`lsa, unga san’at asarining ta’cir kuchi ham shunchalik oz bo`ladi. CHunki 
musiqani tushunish qobiliyati rivojlanmagan odam uchun musiqa ham yo`q hisobdir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin