M a ‘ r i f i y ahamiyati. Badiiy adabiyot katta ma’rifiy qimmatga egadir. U
kishilarga bilim beradi. San’at vositasida olamni bilib bo`ladi. San’at ham
narsalarning mohiyatini ochadi. Badiiy adabiyot ob’ektiv haqiqatini qanchalik chuqur
aks ettirsa, uning qimmati shuncha yuqori bo`ladi. San’atning xayotni bilishdagi
ahamiyati juda katta. N.CHernishevskiy adabiyotni «xayot darsligi» deb atagan edi.
Badiiy adabiyot - tuganmas bilim manbaidir. Ayniqsa, qadimgi davrlar
adabiyoti tarix fani boy material manbaidir. Masalan, «Rigveda»da (e.a. X asr xind
eposi) oila va nikoh masalalari. Gomer va Gesiod dostonlari. «Alpomish»da
urug`chilik munosabatlarining emirilishi ifodasi. «Qutlug` qon» romanida kapitalistik
munosabatlarning aks etishi.
Boshqa xalqlar adabiyoti namunalarini o`qish kishilarni ularning hayoti, turmush tarzi, madaniyati va tarixi bilan tanishtiradi, baynalmilal tarbiyada muhim rol o`ynaydi. M.Avezovning «Abay» romanini o`qigan kitobxon qardosh qozoq xalqining og`ir qismati, fojiali o`tmishi bilan taniShadi. T a r b i ya v i y ahamiyati. Adabiyot odamlarni tarbiyalaydi, ularga taqlid
namunalari beradi. Ba’zi qahramonlar kishilarni qanday yaShash va kurashishga
o`rgatsa, boshqalari qanday yaShamaslik, kimlarga o`xShamaslikka o`rgatadi.
Adabiy qahramonlari - kishilarning doimiy yo`ldoshi bo`lib qoladi. Saida va
Luqmonchalar kundalik hayotimizda bizga o`rnak, hamdard va hamnafas bo`lib
qolgan qahramonlardir. Ayrim adabiy qahramonlar butun bir davr, butun bir avlod
kishilarini o`z ortidan ergashtiradi. San’ati takrorlanmas, o`ziga xos Shakllarda
jamiyat keltirib chiqargan olijanob axloqiy va psixologik fazilatlarni tasdiqlaydi.
Ayniqsa, yosh bolalarni tarbiyalashda badiiy adabiyot qudratli vositadir. U bolani
obrazning poetik olamiga olib kiradi. Bola o`sgan sari adabiyot uni insoniy
munosabatlar va kechinmalar dunyosiga tobora ko`proq olib kiradi, uni hayotiy
kurashga tayyorlaydi. Masalan, D.Defoning «Robinzon Kruzo» romanida insonning
qudrati va matonati, mehnat jarayonlari ulug`lanadi. M.Tvenning «Gekkelpberri
Finning boshidan kechirganlari» romanida turli irq kishilarining tengligi va do`stligi,
ezgulikka intilishi ko`rsatiladi. Maktablarda bolalarga adabiyot tarixini, alohida
asarlarni o`rgatish, ularga badiiy asarlarni o`qitish, ijro ettirish yo`li bilan, avvalo,
bolalarga bilim berilsa, ikkinchidan, ular ma’naviy-axloqiy va estetik tarbiya qilinadi.
Biroq o`quvchilarning sistemali kitob o`qishlariga erishish bilangina badiiy
adabiyotning izchil tarbiyaviy rolini ta’minlash mumkin.