berish bilan inson ma’naviy hayotining muhim tomonlarini bera oladi. Tinglovchi shu
tovushlarni eshitib, ular tug`dirgan ijtimoiy hayot hodisa va qonuniyatlarini his etadi.
Teatr sintetik san’at turi bo`lib,
unda badiiy adabiyot, tasviriy san’at
elementlari bo`ladi. Teatrning g`oyaviy-tematik asosini dramaturgiya tashkil etadi.
Dramatik asar faqat teatrdagina o`z imkoniyatlarini to`liq namoyon qiladi. Aktyor o`z
o`yini bilan xarakter yaratib, muallif niyatini ifodalaydi
hamda matnga hayot baxsh
etadi. Teatr voqea-hodisalarni, xarakterlarni jonli qilib ko`rsatadi. Unda Shaxslarning
munosabati, to`qnashuvi, kurashi hamda fikrlar, tuyg`ular to`qnashuvi ifodalanadi.
Spektakl bir o`ynalganda san’at asari sifatida namoyon bo`ladi. Keyingi o`yinda u
o`zgarishga uchrashi mumkin. Biroq teatrning imkoniyati tor.
U hodisalarni epik
asarlardagiday ko`rsata olmaydi. Voqealar qahramon tilidan bayon etiladi.
Qahramonlar san’atdan tashqaridagi voqealardan xabar beradilar. Biroq bu usul
asosiy emas, yordamchi vositadir. Teatrda kishilarning fikr-tuyg`ulari, sahna harakati,
mimika va nutqi bilan beriladi.
Teatr ikki turga bo`linadi:
1.
Dramatik (tragediya, komediya, drama, tragikomediya).
2.
Musiqali ( opera, operetta, musiqali drama).
Kino eng yosh va eng ommaviy tur bo`lib, moddiy-texnik vositalar
taraqqiyoti natijasida paydo bo`lib, tarix sahnasiga
chiqqan ommaning ijtimoiy-
estetik ehtiyojlarini qondiradi. Kino o`zida teatr, balet va boshqa tomoSha turlarini
birlashtirib, ularning imkoniyatini kengaytiradi. Kinoda obraz tugal bo`ladi. Unda
teatrdagiday har safar yangicha bo`lmaydi. Kinoda tasviriylik va ko`lamlilik birlashib
ketadi. Kino badiiy fotografiya bilan ham bog`liqdir.
Dostları ilə paylaş: