NAZORAT SAVOLLARI:
1. Adabiyotshunoslik - fan sifatida.
2. G`arb mutafakkirlari adabiyot haqida.
3. Sharq adabiyotshunosligi.
4. O`zbekistonda adabiyotshunoslik.
5. XX asr adabiyotshunosligi.
6. Arastu va uning «Poetika» asari.
7. Alisher Navoiyning adabiy-nazariy qarashlari.
8. Fitrat va o`zbek adabiyotshunosligi.
9. Tazkiralar va ularning adabiyotshunoslik rivojidagi o`rni va roli.
10. O`zbek adabiyotshunoslarimizdan kimlarni bilasiz? Ularning
faoliyatlari haqida ma’lumot bering.
TAYANCH IBORALAR:
1. Adabiyotshunoslik - fan. 2. G`arbiy Ovrupo adabiyotshunosligi.
3. Markaziy osiyo adabiyotshunosligi. 4. Tazkirachilik. 5. O`zbekistonda
adabiyotshunoslik. 6. Hozirgi adabiyotshunoslik.
A D A B I YO T L A R:
1. N.SHukurov va b. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkenti, 1979.
2. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. Toshkent, 1980.
3. Aristotelp. Poetika. Toshkent, 1980.
4. Oybek. Mukammal asarlar to`plami. 20 tomlik, 17-tom. Toshkent,1981.
ADABIYOT - SO`Z SAN’ATI.
R e j a:
1. Ijtimoiy ong va badiiy adabiyot.
2. San’atning ijtimoiy ong turlaridan farqi.
3. San’at va fan.
4. Adabiyot - so`z san’ati.
San’at turlaridan biri sifatida adabiyot ham ijtimoiy ong Shaklidir. Ijtimoiy ong
ijtimoiy turmushning in’ikosi, mahsuli sifatida maydonga keladi. Ijtimoiy turmush
jamiyatning moddiy hayoti, ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida vujudga
keladigan munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy ong jamiyatning siyosiy, etik, estetik,
huquqiy, diniy qarashlari, tasavvurlari, g`oyalari, nazariyalari va bular ifodalagan
falsafa, ahloq, din kabi tafakkur Shakllarini o`z ichiga oladi. Ijtimoiy ong, shu
jumladan, adabiyot va san’at ob’ektiv borliqni aks ettiradi. Ijtimoiy turmushdagi
o`zgarishlar ijtimoiy ongda ham o`zgarishlarni keltirib chiqaradi. Biroq ijtimoiy ong
nisbiy mustaqillikka ega bo`ladi. Bir tuzumning emirilishi bilan adabiyot ham
emirilib ketmaydi. CHunki adabiyot va san’at o`z qonuniyatlari asosida rivojlanadi.
Biroq adabiyot va san’at jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida davr taqozosi
bilan o`zgacha xususiyatlarga ega bo`ladi.
Ijtimoiy turmush ijtimoiy ongga ta’sir ko`rsatadi. Biroq bu ta’sir bevosita emas,
bilvositadir. Ijtimoiy ongni bevosita jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlaridan
keltirib chiqarish masalani vulpgarlashtiradi. Ijtimoiy ong bilan jamiyatning moddiy
asoslari orasida vositachi qismlar bo`ladi, ijtimoiy tuzum va uning huquqiy, siyosiy
qarashlari orqali ta’sir etadi.
Ijtimoiy ong Shakllari: siyosat, huquq, ahloq, din, falsafa, fan, ijtimoiy
psixologiya, san’at.
San’atga ijtimoiy ongning boshqa Shakllari katta ta’sir ko`rsatadi. Xususan,
adabiyotning taraqqiyotiga fan va texnika, mafkura, ijtimoiy psixologiya katta ta’sir
ko`rsatadi.
Adabiyotga fan va texnika ta’siri: optika va texnikaning taraqqiyoti natijasida
san’atning yangi turi bo`lgan kino bilan televidenie paydo bo`ldi.
Adabiyotga jamiyatning ahloqi ham katta ta’sir ko`rsatdi. Adabiyot jamiyat
ahloqi bilan bog`liq bo`ladi, o`zida zamonning ahloqiy me’yorlarini targ`ib qiladi,
ularning qaror topishi, rivojlanishiga ta’sir qiladi. Masalan, L.Tolstoy ijtimoiy
kurashni ko`rsatmadi, uni ahloqsizlik deb bildi. M.Gorpkiy esa aksincha, o`Sha davr
ishchilari axloqini o`z qahramonlariga mujassamladi. Lekin badiiy asar ahloq
me’yorlarini tashviq qilmaydi, u badiiy obrazlarning mohiyatiga aylanadi, ularning
xatti-harakatiga singib ketadi, o`Sha xatti-harakatlar mohiyatidan kelib chiqadi.
Ba’zilar san’at va fanning predmeti bir bo`lganligidan kelib chiqib, ularning
har ikkisi ham borliqni jonlantiradi, deydilar. Boshqalar esa san’atni fanga qarshi
qo`yganlar, uning bilishdagi rolini inkor etganlar. V.G.Belinskiy ta’kidlaganidek,
«san’at ham hayotning barcha tomonlarini ifodalashda fandan qolishmaydi».
Fan tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi bilimlar yig`indisi bo`lib, u tabiat va
jamiyat hodisalarining qonuniyatlarini o`rganadi. San’at ham xuddi fandek hayotni
aks ettiradi va hayot jumboqlariga javob beradi. SHuning uchun ham u ijtimoiy
ahamiyat kasb etadi.
Fan borliqda sodir bo`layotgan jarayonlarni birlikda o`rganadi. Biroq unda
o`rganuvchining Shaxsi aralashmaydi. Fan predmet va hodisalar mohiyatini ochib,
olamning bir butun manzarasini yaratadi, uning sirlaridan odamni voqif qiladi. Fan
odamni ham ana shunday borliqning tarkibiy qismi sifatida o`rganadi.
Fan yaShashning eng maqbul me’yorlarini ishlab chiqishga intiladi. San’at esa
insonga o`zligini tanitadi. Fan olamni o`rgatadi, san’at odamni o`rgatadi. Fan odamni
odamga moslashtiradi, san’at odamni olamga moslashtiradi. Fan odamni olam nuqtai
nazaridan o`rganadi, san’at esa olamni odam nuqtai nazaridan o`rganadi. Fan bilish
san’ati bo`lsa, san’at hayot ilmidir. Biroq fan yutuqlari yangi kashfiyotlar soyasida
eskirib qoladi, san’at yutuqlari esa o`z ahamiyatini yo`qotmaydi. A.Pushkin
ta’kidlaganidek, «Zamon oldinga qarab ketaveradi, fan, falsafa va fuqarolik
takomillashib o`zgaraveradi. SHe’riyat esa o`z o`rnida qolaveradi. Uning maqsadi
ham bitta, vositalari ham o`Shanday qolaveradi. SHunday bir holda, qadimgi
astronomiya, fizika, tibbiyot va falsafaning buyuk vakillari yaratgan tushunchalar,
tadqiqotlar, kashfiyotlar eskiradi va har kuni yangilari bilan almashtirib turiladi.
Haqiqiy shoirlarning asarlari esa yangiligicha qoladi va abadiy navqiron turadi».
Fan tashqi olamni aks ettirar ekan, xususiy alohidaliklardan uzoqlashib,
voqealar
mohiyatini
ifodalaydigan
umumlashmalarga
asoslanadi,
umumiy
qonuniyatlar beradi. San’at ham hayotni umumlashtirib, tipiklashtirib ifodalaydi.
Biroq san’at hayotni obrazlar vositasida aniq, hissiy va jonli Shakllarda aks ettiradi.
San’at hayotni obrazli aks ettirish Shaklidir. Obrazda esa hayotning muhim
tomonlari, xarakterlar, kishilarning kechinmalari, tabiat va hayot manzaralari tarzida
ifodalashdir. San’at hayotdagi eng xarakterli voqealarni oladi, xarakterlar va ular
harakat qiladigan Sharoitni quyuqlashtirib, tipiklashtirib aks ettiradi. San’at masalan,
tarix fani singari tarixiy voqealar haqida ma’lumot beradi, hayotni o`rgatadi. Biroq
san’at fandan farqli ravishda hayotni quruq dalillar vositasida emas, jonli manzaralar
tarzida tasvirlab bilim beradi.
Fan tushunchalar bilan ish ko`radi, san’at obrazlar bilan ish ko`radi. San’at
asari turli sohalar haqida ma’lumot beribgina qolmasdan, insonda oliyjanob tuyg`ular
va fikrlar uyg`otadi. N.CHernishevskiy ta’kidlaganidek, «Ilmiy asarlarning asosiy
maqsadi u yoki bu fan bo`yicha aniq ma’lumotlarni bayon qilishdan iborat. Badiiy
asarlarning mohiyati shundaki, ular kitobxonning ongiga, hayoliga ta’sir qilish va
unda oliyjanob hislar va fikrlar uyg`otishi kerak. Yana boshqa bir farq shundaki,
ilmiy asarlarda haqiqatda bo`lib o`tShan voqealar aynan bayon etiladi. Hayotda
mavjud bo`lgan predmetlar tavsif qilinadi. Badiiy adabiyot asarlari kishilar u yoki bu
holatda qanday harakat qilishlari va his qilishlarini jonli misollarda tasvirlab va
ko`rsatib beradi».
V.G.Belinskiy ham ushbu fikrni davom ettirib, aytadiki: «Faylasuf sillogizmlar
orqali fikr yuritsa, shoir - obrazlar va kartinalar vositasida gapirada va ularning har
ikkisi ham ayni bir narsani aytadi. Siyosiy iqtisodchi statistika raqamlari bilan
qurollanib, o`z o`quvchi yoxud tinglovchilarining zehniga ta’sir etib, jamiyatdagi
ahvolning yaxshi yoki yomonligini isbotlaydi. SHoir voqelikning jonli va yorqin
tasviri bilan qurollanib, o`z o`quvchisining hayoliga ta’sir etib, jamiyatda kishining
ahvoli haqiqatan ham yaxshi yoki yomonligini haqiqiy suratlarda ko`rsatadi. Demak,
«biri isbotlaydi, ikkinchisi ko`rsatadi - ikkalasi ham ishontiradi. Bunga ularning bir
mantiqiy asoslash, boshqasi ko`rsatish orqali eriShadi».
Tarixga murojaat qilar ekan, tarixchi ham san’atkor ham voqealarning ijtimoiy
mohiyatini ochadi. Biroq biri ta’kidlash, aytib berish va mulohaza yuritish bilan,
ikkinchisi esa obrazlar vositasida o`Sha voqealarni jonlantirib, unga hissiy
munosabat bildirish bilan ochadi. Masalan, Bertelps «Navoiy», Oybek «Navoiy».
San’at fan turlaridan predmeti bilan ham farqlanadi: tibbiyot inson organizmi
va undagi kasalliklarni, astronomiya koinotning tuzilishi va qonuniyatlarini, botanika
o`simliklar hayotini, zoologiya hayvonlarni o`rganadi. Har bir fan tabiat va
jamiyatning biror tomonini o`rganadi. San’at esa dunyoning barcha tomonlarini
o`rganadi. Biroq san’atning predmeti butun olam emas, hayotning hamma tomoni
emas. San’atning predmeti, ob’ekti insondir, uning ma’naviy dunyosidir, intilishlari
va kurashidir.
Olim materiyaning tuzilishi va tabiatning taraqqiyot jarayonini o`rgansa,
san’atkor esa insonning tuyg`ulari bilan qiziqadi. Masalan, sistematikada na’matakka
- ra’nodoshlar (atirgullilar) oilasiga mansub, butalar turkumi. Bargi toq, patsimon
murakkab, poyada ketme-ket joylaShadi. Guli xushbo`y, yakka yoki 2-3 tadan
o`rnashgan. O`rmonlarda, ariq yoqalarida, butalar orasida, tog` yon bag`irlarida
o`sadi. Guli chiroyli»,- deb ta’rif berilgan. Bu ta’rif bilan Oybekning «Na’ma-tak»
she’ridagi tuyg`ulari albattaki bir-biridan farq qiladi.
Demak, san’at predmet va voqealarni tushuntiribgina qolmay, insonda
muhabbat va g`azab uyg`otadi. Fan ham, san’at ham bilim bera-di. Biroq san’atning
predmeti
inson
hayotidir.
SHuning
uchun
ham
M.Gorpkiy
adabiyotni
«insonshunoslik», «xalqshunoslik» deb atagan. Ko`rinib turibdiki, san’atning
predmeti, adabiyotning predmeti - in-son, uning ichki va tashqi hayoti, inson bilan
bog`langan barcha narsadir.
Mehnat taqsimoti natijasida san’at inson ma’naviy faoliyatining alohida
ko`rinishi sifatida ajralib chiqdi. O`Sha ilk davrlardayoq san’at turlari paydo bo`ldi.
San’atning bu turlari bir- biri bilan bog`liqdir. Biroq ular borliqni quyidagi o`ziga xos
vositalar bilan aks ettiradilar:
•
bo`yoqlar,
•
tovush va ohanglar,
•
harakat,
•
tabiat va qurilish materiallari,
•
gips, bronza, marmar va h.k.
Ammo voqelikni obrazli aks ettirish, inson faoliyatiga, uning ichki dunyosiga
ta’sir qilish ularning barchasi uchun umumiy bo`lgan xususiyat hisoblanadi.
Inson ongida hayotning badiiy - obrazli ifodalanishi san’at turlari vositasida
amalga oshiriladi. Obraz san’atning konkret turida namoyon bo`ladi. Badiiy niyatning
o`zi ham ma’lum san’at turiga xos takrorlanmas Shaklda tug`iladi.
San’atning har bir turi borliqning ma’lum jihatlarini jonlantiradi. San’atning
har bir turida obraz yaratishning turli vositalari va materialidan foydalaniladi.
Tasviriy san’atda - rang va bo`yoqlar orqali, adabiyotda - so`z orqali. O`zining estetik
mohiyati va voqelikni aks ettirish xususiyati, g`oyaviy mazmuni bilan san’atning
barcha turlari birdir. Ular badiiy tasvir imkoniyatlarining o`ziga xosligi bilan bir-
birini to`ldiradi.
Inson estetik faoliyati ikki turlidir:
Dostları ilə paylaş: |