Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Syujet ta’rifi. 
2. Syujet elementlarini ko`rsating. 
3. Syujet tiplari. 
4. Lirikada syujet. 
5. Xronikali syujet. 
6. Retrospektiv syujet. 
7. Kontsentrik syujet. 
8. Assotsiativ syujet. 
9. Syujet va kompozitsiya. 
10. Kompozitsiya elementlari haqida ma’lumot bering. 
TAYANCH IBORALAR: 
1.Syujet. 2. Syujet tiplari. 3.Syujet elementlari. 4. Kompozitsiya.
5. Kompozitsiya elementlari. 
ADABIYOTLAR: 
1. Rahimov A. Badiiy syujet tiplari va romanbop rivoyaning takomil-
lashuvi. FDU. Ilmiy xabarlar. 1996 yil, № 4. -B. 40-45. 
2. Ibrohimov A. 80-90-yillar o`zbek romanida kontsentrik syujet quri- 
lishi. FDU. Ilmiy xabarlar. 1996 yil, № 4. -B. 46-48. 
3. Rahimov A. Roman san’ati. Qo`llanma. Farg`ona, 2001. - B.38-56. 
BADIIY ASAR KONFLIKTI 
ReJA: 
1.Konflikt tushunchasi. 
2.Konflikt turlari.
 
 
 
 
«Konflikt» so`zi lotincha bo`lib, «to`qnashuv» degan ma’noni beradi. Badiiy 
asarlarda ifodalangan qarama-qarshiliklar va ularning kurashi konflikt deyiladi. 
Badiiy konflikt asardagi voqealar rivojiga quvvat berib turuvchi muhim komponent 
bo`lib, har bir davr, har bir san’at turi va janr imkoniyatiga qarab turli darajada 
namoyon bo`ladi. Kofnlikt garmonik holatning buzilishi natijasida paydo bo`ladi va 
ana shu buzilishni bartaraf etish talab qilinadi. Konflikt hal etilishi natijasida yana 
avvalgi muvozanatning tiklanishiga yo`l ochiladi yoki taqdirlar bir holatdan ikkinchi 
holatga o`tadi. Konflikt vositasida siljishlar tug`dirgan inson dramasining ildizlari 
ochiladi, hayotiy jarayonlar ichiga kirib boriladi. Jamiyat va inson hayotidagi barcha 
ziddiyatlar ortida turmushning ijtimoiy muammolari yotadi. Demak, har qanday 
konflikt u yoki bu darajada ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Asar boshida konfliktni 
yuzaga keltirib chiqargan va namoyish etgan motivning mazmuni voqealar 
dinamikasida, uning echilishida to`la ayon bo`ladi.
Syujet konflikt bilan bog`liq bo`ladi. Konfliktning mavjudli-gi, uning 
rivojlanib hal bo`lishi qaxramonlar taqdiri va voqealarga tugallik beradi. Konflikt 
syujetni xarakatga keltiruvchi vositadir. YOzuvchi oldindan voqealarni belgilab 
qo`ymay, xarakterlarni ochishi kerak. Xarakterlar syujet davomida o`zgarib boradi. 


Xarakterlardagi o`zgarishlar syujetga ham ta’sir qiladi. Syujetning faolligi 
mazmunning to`laroq ochilishiga yordam beradi. 
Konflikt - personajlar o`rtasidagi to`qnashuvdir. Xarakterlar qanchalik aniq, 
yorqin individuallashtirilgan bo`lsa, konflikt shun-chalik shiddatli va keskin bo`ladi.
Intriga ham asli konflikt bo`lib, chalkash voqealarga quriladi va asosan 
komediyada bo`ladi. 
Bir vaqitlar konfliktsizlik nazariyasi hukm surgan bo`lib, o`Sha davrda 
yaratilgan romanlargina emas, dramalarda ham konflikt yo`qolib ketdi yoki juda 
kuchsizlandi. Konfliktsizlik nazariyasining tuga-tilishi adabiyot va san’at 
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi.
Badiiy konfliktni borliqdagi real konfliktlar bilan tenglashtirib bo`lmaydi. 
Konfliktni antogonistik va noantogonistik turlarga bo`lib kelinardi. Biroq bunday 
qarama-qarshiliklar san’atda o`z ifodasini topsa ham, ular aslida ijtimoiy hayot 
hodisasi bo`lgan sotsial kategoriyalardir. Barcha janr va davrda yaratilgan asarlar 
konfliktini bunday turlarga bo`lib tasnif qilib bo`lmaydi. 
Aslida konflikt estetik kategoriya bo`lib, u badiiy asarlarda hayotdagi qarama-
qarshiliklarni ifoda etish vositasidir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin