Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

«Boqchasaroy fontani» da:
Amaldorlar, boylar izma-iz
Orqasidan izlab yurardi.
Yigit-yalang «Oh...» deb o‘yida,
Azob chekar edi ko‘yida.
«Suv qizi»da:
Ko‘rgan ko‘zning quvonchi ekan,
Ko‘rgan yigit qolmas sevgisiz...
Bu bilan qizlarning nihoyatda go‘zalligi ifoda etilmoqda.
3. Syujetlararo o‘xshashlik. Maryam tatarlarning Polsha­
ga hujumi vaqtida podsho haramiga keltirilgan. Orzini esa 
qaroqchi Alibobo chashma bo‘yidan o‘g‘irlab saroyga olib 
kelgan. Ayni zamonda tutqun qizlarning haramdagi hayoti 
tasvirida mutanosibliklar bor. Ko‘rinadiki, har ikki shoir ham 
ayollar erksizligi mavzusini hayotiy lavhalarda yoritgan. Bu, 
o‘z navbatida, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kura-
shini ham o‘zida ifoda etadi. Garov va sulton yovuzlik timsoli, 
Maryam bilan Orzi erksizlik qurboni sifatida ko‘zga tashlana­
di. Har ikkala poema ham qayg‘uli yakun topadi. Ya’ni Maryam 
«tarki umr» etadi. Orzi esa haramda farzandli bo‘ladi va qizi 
bilan o‘zini daryoga tashlaydi.
4.Epik makon mushtarakligi. Har ikki asarda ham asosiy 
voqealar podsho harami, Dunay sohillari, Qora dengiz bo‘yla-
rida bo‘lib o‘tadi. 
Ko‘rinadiki, Mirtemir Pushkinning «Boqchasaroy fontani» 
poemasidan ijodiy ta’sirlangan. Uning o‘ziga xosligi mavzuni 
milliy ranglarda ifoda etganida ko‘rinadi. Bu adabiyotimizda 
jahon poemachiligi badiiy-estetik tajribalari turli shakllarda 
namoyon bo‘layotganini bildiradi.
She’riy talqinda ekvivalent va 
adekvat yondashuv
(«Na’matak» she’rining ruscha tarjimalari misolida)
1
She’riy tarjimada asliyatning poetik parametrlari hisoblan­
gan shakl (qofiya, vazn, turoq, hijolar soni, ohangdorlik, mu­
siqiylik) va mazmunga (timsoliylik, leksik resurslar va stilis­
tik figuralar) adekvat yoki ekvivalentlik darajasida yaqinlasha 
olish muallif fikr va tuyg‘usining, maqsad va g‘oyasining qayta 
in’ikos etishini ta’minlaydi. 
Asliyat matnida mujassamlangan poetik unsurlarning bar­
chasini birdek saqlab, tarjimaning muqobil – ekvivalentli yoki 
aynan – adekvatli tarjimasini yaratish, ayniqsa, she’riy tarjimada 
o‘ta murakkab jarayondir. Bunday murakkablik asliyat matnida­
gi she’riy san’atlar, ekspressiv unsurlar kabi funksional birliklar-
ning o‘zga til doirasida aynan muqobillik darajasida tenglasha 
olmasligida ko‘rinadi. Adabiyotshunos Sh.Sirojiddinov mono­
grafiyasida shunday ta’rif beradi: «Tarjima vazifalaridan biri – 
tarjima matni asliyatning to‘liq kommunikativ o‘rnini egallashi 
va asliyat o‘quvchisi imkoniyatiga teng darajadagi badiiy zavq 
mazmuniy va mundarijaviy (strukturaviy) uyg‘un muvozanatni 
(muvofiqlik) tarjima o‘quvchisiga taqdim etilishidir»
2
.
She’riyat tarjimasida bunday murakkabliklardan chiqish 
maqsadida asliyatning deformatsiyalanishiga (yo‘qotishlar, 
qo‘shishlar, o‘zgartirishlar va h.) hamda definitsiyalanish 
(funksional birliklarning nomutanosibligi)ga yo‘l qo‘yila­
di, ya’ni she’riy tarjima o‘zida yuqorida sanab o‘tilgan ka-

Салимова Д. Шеърий таржимада муаллиф бадиий нияти ва поэтик маҳоратининг 
қайта ифодаланиши (Ғафур Ғулом ва Ойбек шеърларининг таржималари мисолида). 
Филол. фан. номз... дисс. – Тошкент, 2018.

Сирожиддинов Ш., Одилова Г. Бадиий таржима асослари. – Тошкент: Мумтоз сўз, 
2011. – Б.16.


120
121
tegoriyalardan birortasining o‘zgartirilishiga ehtiyoj sezadi. 
Shularni inobatga olib, tarjimon poetik shakl va mazmunni 
qayta yaratish maqsadida erkin yondashuv yo‘lidan borishi 
mumkin. Bu holat tarjima nazariyasida erkin ijodga imkon 
beradi va o‘z o‘rnida bunday imkoniyat me’yorlariga amal 
qilish talab etiladi. Tarjima matnida mutarjim tomonidan 
poetik mazmun va shaklni qayta yaratish uchun erkin yon­
dashuv yo‘li tanlanar ekan, asliyatning ekvivalent va adekvat 
tarjimasining amalga oshirilishi tarjimonning ikkilanishi­
ga olib keladi, ya’ni tarjimon she’r tarjimasini qayta yaratib 
bo‘lmagan sharoitda o‘zgartirishlar va yo‘qotishlarsiz ek­
vivalentlik va adekvatlik o‘z samarasini bera oladimi, degan 
savollar tug‘ilishi tabiiy. Holbuki, adekvatlik, adekvat asliyat 
bilan tarjimaning bir-biriga teng bo‘lgan «aynan» natijasidir. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin