Adabiyotshunoslik



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/67
tarix20.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#79768
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat

dengizga g‘arq etishini bayon etadi.
Sharq va G‘arbda ishq konsepsiyasiga bo‘lgan munosabat­
lar yaqinligini va muhabbat muammosining badiiy yechimi­
dagi g‘oyaviy o‘xshashlikni V.M.Jirmunskiy ham e’tirof eta­
di: «Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa 
bo‘lgan muhabbatning majozi sifatida tasavvuf an’analari 
bilan bog‘liq»
1
. Tasavvufning mumtoz sharq she’riyatiga, xu-
su san «Layli va Majnun» asosidagi muhabbat konsepsiyasiga 
ta’siri qanchalik katta bo‘lgani fanga ma’lum.
Dostonda ham, tragediyada ham qahramonlar fojiasini 
tasvirlash orqali nohaqlik va adolatsizlik qoralanadi. «Ziddi­
yat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug‘ilmaydi... Fojia 
adovat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib 
tuyg‘usi to‘qnashuvidan yuzaga keladi»
2
. Ikkala asarda ham 
qahramonlar xatti-harakatlarini yo‘naltiruvchi 5 ta asosiy 
lavha mavjud:

Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л.: Наука, 1979. – С.182.

Аникст А. Творчество Шекспира. – М.: Наука, 1963. – С.228.


114
115
1. Ilk uchrashuv.
2. Dil izhori.
3. Ayriliq.
4. Istamagan kishi bilan nikohga majburlash.
5. Xotima.
Navoiy dostonida ham, Shekspir tragediyasida ham muhab­
bat an’anaviy munosabatlar me’yorini buzadi. Birinchi hola­
tda ijtimoiy tengsizlik, Laylining otasi «devona» Qaysga qizini 
be rishdan or qiladi
1
. Ikkinchi holatda azaliy oilaviy nizo to‘siq 
bo‘ladi. «Romeo va Julyetta»da qahramonlar yashirincha nikoh 
o‘qitishadi. Bu haqda ota-onalarini ogohlantirishmaydi. Ular-
ning roziligini olish ilojsizligini anglab, bu haqda og‘iz ochmay-
dilar. «Layli va Majnun»da faqat Majnun ota-onasining istagi­
ga qarshi chiqa oladi, Layli esa ota-onasiga bo‘ysunadi. Ikkala 
ijodkor ham qahramonlarining o‘ziga xosligiga urg‘u berishadi.
Ikkala asarda ham sevishganlar halok bo‘ladilar. Majoziy 
ishq vujudni yo‘q qilib yuboradi. Romeoning o‘limi Julyetta-
ning, Laylining o‘limi (jisman) Majnunning jisman o‘limiga 
olib keladi. Laylining onasiga qilgan vasiyatiga ko‘ra har ik­
kalasini bir kafanga o‘raydilar va bir qabrga qo‘yadilar. Har ikki 
sevishgan yor shu yo‘sinda bir-birlariga abadiy qovushdilar:
Kirdi ikki jism bir kafang‘a,
Yo‘q, yo‘q, ikki ruh bir badanga
Donadek o‘lub iki badan bir,
Dona qobug‘i kibi kafan bir
Yoshurdi chu oy-u kun yuzin abr,
Chun go‘r bir erdi, bo‘ldi bir qabr 
(292-bet).

Комилов Н. Тасаввуф. Биринчи китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1996. – Б.225.
Shunday qilib, yuqorida bayon qilingan fikrlar asosida qu-
yidagi xulosalarga kelish mumkin:
Navoiy va Shekspir ilgari surgan g‘oyalar mushtarakligi sa-
bab lari adabiy aloqa va uslublar ta’siriga emas, balki asarlar 
yara tilgan davr muammolari, kayfiyati va ularni badiiy aks 
ettirish dagi yozuvchi iste’dodi, tafakkuri imkoniyatlariga bo­
rib taqaladi. 
Navoiy va Shekspir gumanizmini harakatga keltiruvchi 
barcha tamoyillarini o‘z ijodiy, ilmiy, ijtimoiy faoliyatlarida 
bevosita ifoda ettirishga harakat qilganlar. Bu ularning davlat 
boshlig‘i, milliy til mavqeini ko‘tarish va taraqqiyotiga asos 
solish, shaxs erki va insoniy muhabbat xususidagi mushtarak 
qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Alisher Navoiy «Layli va Majnun» dostonini Shekspirning 
«Romeo va Julyetta» tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk 
ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining g‘oyaviy 
yaqinligini ko‘rsatdi. Ikki mutafakkir nuqtayi nazarida komil­
likning muhtasham poydevori ham, oliy cho‘qqisi va so‘nmas 
nur manbayi ham ishqdir.
G‘arb uyg‘onish davri mutafakkiri inson e’tiborini uning o‘z 
go‘zalligiga, jismoniy va botiniy barkamolligiga (yuksak fazi­
latlar egasi sifatida) qaratgan bo‘lib, ana shu barkamollikni 
badiiy adabiyotda ifoda etishga intilgan. Uning fikricha, go‘zal 
inson, albatta, go‘zal dunyoviy hayot sohibi bo‘lmog‘i lozim.
Sharq uyg‘onish davri mutafakkiri esa butun e’tiborini in­
sonning ruhiy kamoloti masalasiga qaratgan. Uning uchun 
go‘zal dunyoviy hayot pirovard maqsad emas, balki boqiy 
ruhiy yuksaklikka erishish uchun bir imtihon vositasi, xolos. 
Alisher Navoiy va Shekspirning biz tahlil etayotgan asarlari 
zamirida ana shu g‘oya va o‘zaro tafovut yotadi. Ammo shun­
ga qaramay, ikkala shoir ham real dunyo go‘zalliklari orasida 
ishqni go‘zallikning bosh manbayi deb qaraydilar. Qahramon­


116
117
lar dunyodagi eng qudratli ma’naviy kuch deb muhabbat­
ni bilishadi. Uning ilohiy qudratiga tayanib yashaydilar. Shu 
ishonch ularni inson sifatida tengsiz yuksakliklarga - hayot
davr, olam va odam mohiyatining tub ildizlarini belgilaydigan 
g‘oyaviy kengliklarga olib chiqadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin