5-mavzu. Badiiy asar tarkibi
Reja:
Shakl va mazmun birligi.
Mazmunni ifodalovchi jihatlar: badiiy niyat, mavzu, muammo, g‘oya, konsepsiya.
3. Shakl va uning komponentlari: syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy detal va badiiy nutq.
Tayanch tusunchalar: shakl va mazmun, mavzu, muammo, g‘oya, konsepsiya, shakl, syujet, kompozitsiya, konflikt, badiiy detal, badiiy nutq.
Badiiy asar ichki yaxlitligini mazmun va shaklning o‘zaro munosabati tashkil qiladi. Badiiy mazmun shakl vositasida ifoda qilinayotgan mohiyat bo‘lsa, badiiy shakl esa o‘sha mazmun-mohiyatni o‘quvchiga etkazish vositasidir. Ularning o‘zaro mavjudligigina emas, balki biri ikkinchisini taqozo qilishi badiiy asar yaxlitligini tashkil qiladi.
Badiiy mazmun o‘z tarkibiga mavzu, g‘oya, muammo kabi tushunchalarni oladi.
Mavzu – badiiy asarning asosiga qo‘yilayotgan hayot materiali. Asar bag‘ishlanadigan shaxs, voqea, jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Asarning mavzusi ko‘proq uning syujeti va obrazlar tizimida aks etgan bo‘ladi.
Sarlavha mavzuga ishora qiladi, uni ko‘rsatadi lekin to‘liq ifoda qilib bermaydi. Badiiy asar fikr bermasligi mumkin, lekin unda g‘oya boladi. Asarning goyasi asar orqali ifodalanayotgan fikr bo‘lsada, u yalang‘och holida kitobxonga aytilgan yozuvchining o‘giti yoki tushunchasi emas. Asar g‘oyasi obrazlar orqali ifoda qilinar ekan, u nafaqat fikr balki kitobxonga tuyg‘ular etkazishi ham mumkin. Qisqa qilib aytganda, mavzu “gapiradi”, g‘oya “chaqiradi”.
Muammo – badiiy asarga tortilgan uning bayoni davomida echilishi mumkin bo‘lgan yoki echilmasada echimi ko‘rsatiladigan masalalardan iborat. Muammolarning qo‘yilishi va echimi ko‘proq, epik va voqeaband asarlarga tegishli.
Tendensiya – adabiyot tarixida yoki adabiy jarayonda amal qilinayotgan taomil, an’anaviylikning zamonaviy ko‘rinishi. Asarning muayyan bir pafos shakliga bog‘liqligi, adabiy yo‘nalishga mansubligidir.
Dostları ilə paylaş: |