Adabiyotshunoslikka kirish



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə13/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
Маъруза матни

Savol va topshiriqlar

  1. Badiiy adabiyot spetsifikasi deganda nimani tushunasiz?

  2. Badiiylik belgilari qdysilar?

  3. Adabiyot – so‘z san’ati ekanini asoslang.

  4. So‘z san’atining vazifalari, xususiyatlari haqida ma’lumot bering.

  5. Badiiylik mezonlari xususida B/Sarimsoqov asari asosida ma’lumot bering.

Adabiyotlar
Авербах Э. Мимесис. М.: Прогресс, 1976. С.26-28; Султон И. Бадиийлик критерийлари / Адабиёт назарияси. Т.: Ўқитувчи, 1980. Б.220–228; Кормилов С.И. О критериях художественности / Принципы анализа литературного произведения. М., 1984; Волков И.В. Литература как вид художественного творчества. М., 1985; Тюпа В.И. Художественность лит-ного произведения. Вопросы типологии. Красноярск, 1987; Художественность / Введение в литературоведение. Литературное произведение: основные понятия и термины. М.: Academia, 1999. C. 463-482; Лотман Ю.М. О содержании и структуре понятия «художественная литература» / Избранные статьи. В 3-х т. т.1. Таллин, 1992. С.203-205; Борев Ю.Б. Эстетика. т.1. Смоленск: Русич, 1997. С.256-272; Ильин И.П. Художественность / Современное зарубежное литературоведение. Энциклопедический словарь. М., 1999; Гиршман М.М. Литературное произведение: теория художественной целостности. М., 2002; Ладыгин М.Б. Основы поэтики литиратурного произведения. М., 2002; Саримсоқов Б. Бадиийлик асослари ва мезонлари. Т.: Янги аср авлоди, 2004; Фитрат. Танланган асарлар. 2-жилд. Т.: Маънавият, 2000.
4-mavzu. Badiiy asar haqida ta’limot


1. Badiiy asar haqida tushuncha
2. Ijodiy niyat va uning matnda aks etishi
3. Adabiy asar yaxlitligi va uni yuzaga chiqaruvchi omillar


Tayanch tusunchalar: Badiiy asar, ijodiy niyat, badiiy matn, adabiy asar, yaxlitlik.


Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan, badiiy butunlikdagi timsollarning mazmunan bog‘langan qismi; ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy asar – adabiyot va san’atning yuzaga chiqish shakli, muayyan maqsadga qaratilgan badiiy butunlikdagi timsollar mazmunan bog‘langan tizimi, shuningdek, ijodkor va kitobxon o‘rtasidagi badiiy muloqot vositasi. Badiiy Adabiyot ko‘plab Badiiy asarlarning majmuasi bo‘lib, ularning har biri tugallangan badiiy mohiyat kasb etadi va ijodkor adabiy faoliyatining natijasi hisoblanadi. Badiiy asar tushunchasi nafis san’atning hamma turlariga mansub ijod namunalariga nisbatan qo‘llaniladi. Adabiyotda esa so‘z vositasida ifodalangan, adabiy talablar asosida shakllantirilgan, o‘ziga xos shakl va mazmunga ega badiiy butunlikdagi ijod namunasi.
Badiiy lik tushunchasi adabiy asarning san’at turiga tegishli ekaniga ishora qiladi. Badiiy asar, birinchi navbatda, mazmunan va shakl jihatidan tugallangan matn bo‘lib, u muallif ijodiy mehnati natijasida yuzaga chiqadi va muayyan milliy-adabiy tilda ifodalangan bo‘ladi. Badiiy asar o‘z tarkibiga ko‘ra, sarlavha (ayrim she’riy asarlar sarlavhasi bo‘lishi, ayrimlari birinchi misra bilan sarlavhalanishi ham mumkin), matn va muallif ismi-sharifi yoki taxallusidan iborat. Ayrim asarlarda tagsarlavha (mazmun yo‘nalishiga ishora yoki janriy belgi) bo‘lishi ham mumkin. Asar sarlavhasini o‘qish b-n uning mazmuniga kiriladi. Asar mazmuni matn bilan tanishish natijasida o‘zlashtiriladi. Matnning esa o‘z chegarasi, shakllantirish vositasi, janriy va shakliy ko‘rinishlari bo‘ladi. Bularning hammasi badiiy asarda yaxlitlikda, jonli butunlikda tasvirlanadi. Badiiy asar janr belgilari uning ichki birliklarini tutashtirish barobarida shu tipdagi boshqa mualliflar asarlari bilan ham bog‘lanadi. Bundan tashqari, asarni badiiy butunlikda tutib turuvchi muallif niyati, mavzu, g‘oya, muammo, muallif konsepsiyasi; timsollar olami, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq va uning vositalari kabi bir qator komponentlar borki, ularning har biri badiiy asar muayyan estetik vazifani bajaradi. Ulardan birining ifodasi sust yoki oqsoq bo‘lsa, tabiiyki, butun jonli organizm hisoblangan asar (matn)ning badiiyligiga putur etkazishi mumkin. SHunday ekan, badiiy asar ijodiy mehnat mahsuli sifatida tushunilganda ham, badiiy muloqot vositasi sifatida idrok etilganda ham uning yaxlit jonli organizm ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Badiiy asar ijodiy muloqot vositasi sifatida muallif bilan kitobxonni yaqinlashtiradi, muayyan bir maqsad yo‘lida harakatga soladi. CHunki muallifda ijodiy niyat paydo bo‘lishi bilan birga u o‘z o‘quvchisini ko‘z oldiga keltiradi, uning bilan xayoliy suhbatga kirishadi, nimanidir uqtirmoqchi bo‘ladi, xayoldagi kitobxon savollariga javob beradi v.h. Kitobxon badiiy asarni o‘qish bilan ijodiy muloqotni davom ettirishga kirishadi. O‘sha asardan ta’sirlanadi, uning qahramonlari bilan birga “yashaydi”, ayrimlarini yoqtiradi, ayrimlariga bo‘lgan munosabatini yashirmaydi. Qisqasi, mana shu asar vositasida muallifning ijod dunyosiga yo‘l topadi. Bu muloqot jarayonida badiiy asar o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘taydi. Bu muloqotning davomiyligi yoki kitobxonlarga asqаtishi mana shu “ko‘prik”ning qay darajada badiiy jihatdan mustahkam qurilganligiga bog‘liq.
Demak, badiiy asar ilmiy, diniy, axloqiy, publitsistik v.b. asarlardan farqli ravishda, asosan, go‘zallik qonunlariga bo‘ysungan holda badiiy timsollar orqali ifodalanadi. Badiiy asar ta’sir kuchi, kitobxonlar va adabiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etilishi, milliy adabiyotdagi va badiiy tafakkur tarixidagi o‘rni mana shu badiiy timsollarning naqadar hayotiyligi, badiiy mushakkalligi va jonliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Badiiy ijod – ijodiy jarayon mahsuli bo‘lib, dastlabki ma’noda yangi badiiy voqelikni vujudga keltirishdan iborat. San’at asari hayotdan nusxa ko‘chirish, takrorlash yoki unga taqlid qilish bilangina o‘zining mavjudlik shaklini belgilamaydi, balki yangi, avval bilinmagan badiiy voqelik yaratadi. U muayyan ijodkor tomonidan istalgan vaqtda yozilgani uchun rejalashtirilgan, hayotning dasturiy ifodasi emas, balki tasodifiy yaratilgan voqelik hisoblanadi. Badiiy ijod jarayonida (Sinergetika nazariyasi, Prigojin) tarixda amal qiladigan tasodifiylik va kutilmaganlik yanada murakkabroq va sirliroq tarzda namoyon bo‘ladi. “San’at asari, – deb yozadi V.E.Xalizev, – avvalo, ijodiy (yaratuvchanlik) xarakteriga ega. Badiiy ijod tashabbuskor kishilarning zavq-shavq beruvchi, ilhomli faoliyatidirki, ular mavjud qadriyatlar (madaniy va tabiiy)ni saqlab qolishgina emas, balki ularning boyitilishiga xizmat qiladi”. Mumtoz adabiyotshunoslik tarixi badiiy ijodning estetik, ma’ri-fiy va yaratuvchanlik jihatlariga asosiy e’tibor qaratadi. Badiiy voqelik tarixiy voqelikka parallel holda yaratilishi mumkin, ammo chinakam san’at asari hech qachon real hayotdan nusxa ko‘chirmaydi, chunki san’atda betakror asar ijod qilishning o‘z qonuniyatlari bor. San’atda har gal yangicha natija tug‘iladi. Uning o‘z ildizi, taraqqiyot yo‘li, o‘z mantiqi va istiqboli bor. U tarixga parallel holda yaratilganda ham har gal yangicha estetik, badiiy voqelik hosil qiladi.
San’atkor tasavvurida hayotdan parallel ravishda olingan ilk unsurlar: taassurot, fantaziya, shaxsning individual va ijtimoiy xususiyatlari kabilar birikib, badiiy tasvir (obraz) yaratilishi orqasida badiiy voqelik tug‘iladi. Mana shu bosqichda turli qahramonlar, personajlar va hayotiy holatlardan ijodkor o‘z estetik didiga muvofiqlarini tanlab oladi, boshqalarini “o‘chiradi”. Tasodifiy hayot hodisasidan muallifning go‘zallik qonunlari bo‘yicha harakati natijasida go‘zal, kutilmagan badiiy voqelik paydo bo‘ladi. Bu ijodiy jarayonni muallifning o‘zi to‘liq boshqara olmaydi. Badiiy voqelikning kutilmaganligi, avvaldan ma’lum emasligi “San’at – san’at uchun” va “San’atning tendensiozligi” (tarafkashligi) kabi tushunchalarning o‘zaro mohiyati badiiy ijodning murakkabligi bilan izohlanadi.
Har qanday badiiy matnning tarixiy ildizlari qad. madaniyatga borib ulanadi. Inson hali tabiatni o‘zlashtirmagan vaqtida ham san’atga o‘xshash narsalarni ijod qiladi (qoyatoshlarga rasmlar chizadi, ovda o‘lja mo‘lligini tilash va kasalliklarni haydash so‘zlarini o‘rganadi). Farq shundaki, hoz. badiiy matnlar xalq o‘qishi, tinglashi uchun yaratilgan bo‘lsa, qadimgisi magiya uchun xizmat qilgan.
Badiiy asar yozish jarayoni ijodkorning g‘oyaviy niyat, maqsadi bilan boshlanadi. Ijodiy maqsadning muhim yoki arzimasligi ijodkor shaxsining olamni qanday idrok etishi, iste’dodi tabiati, hayotiy tajribasi, umumiy madaniy saviyasi bilan bog‘liqdir. Badiiy ijodda aksariyat muallif o‘quvchi, tinglovchiga qanday qilsa, etib borishini o‘ylaydi, ya’ni ijodning oxiri boshlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ijodiy niyatda badiiy asar mazmuni hali pishib etilmagan, ammo asarning umumiy g‘oyasi aniqlangan bo‘ladi; ijodiy niyat bo‘lg‘usi badiiy matnning shakl-shamoyilida ko‘rinadi va unda badiiy asar mavzuiga yondashuv shakllari seziladi. Hali pishib etilmagan belgilar, tovushlar, so‘zlar surat (obraz)ga aylanish jarayoni kuzatiladi. Ijodiy niyatning tug‘ilishi va uning betakror o‘ziga xosligi shaxs ruhiyatining teran qatlamlaridan kelib chiqadi. Mana shu kreativ (ruhiy teran qatlam) ijodkorning barcha asarlarida sezilib turadi. Badiiy asar ildizlarini quyidagi holatlar tashkil qiladi: a) ijodkor kreativi (shaxsning ruhiy olami teranligi) u ijod qiladigan barcha asarlar matniga ta’sir ko‘rsatadi; b) ijodkorning fikrlash usuli (uslubi) matn strukturasini, ichki bog‘lanishlarini tashkil etadi; v) shaxsning faolligi, xalq bilan muloqot ehtiyoji, qobiliyati qanchalik kuchli bo‘lsa, uning asar-lari xalqqa, jamiyatga shunchalik ta’sir ko‘rsatadi.
Badiiy ijod – ijodiy niyatning, fikrning matnda shakllantirilishi va ijodiy niyatning o‘zidan “ayrilib”, xalqqa, o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabinga etib borish jarayonidir. Demak, badiiy ijod (xususan, adabiy ijod) boshqa ijod turlaridan o‘zining kutilmaganligi (favquloddaligi), go‘zallik qonuniyatlari asosida bino qilinishi va muallif ijodiy mehnatining o‘ziga xosligi b-n ajralib turadi.

Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin