Adabiyotshunoslikka kirish



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə12/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37
Маъруза матни

Estetik zavq berish adabiyot san’atning turi sifatidagi asosiy vazifa-laridan. Adabiyot ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z qadriyatlarini yaratishga dalda bo‘ladi. Adabiyot insonga zavq beradi, hayot go‘zalliklarini sevishni o‘rgatadi. Qad.dan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini yaxshi bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: ilohiy hodisalardan hayratla-nish; atrof-muhit va insonlar hayotini badiiy qiyofalarda tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, qo‘rquv, dahshat holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik bilan xursand qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, poklash, olijanob, himmatli qilish – adabiyotning maqsadidir. Adabiyotning estetik vazifasi: 1) insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) insonlarni nafosat boyliklarini qadrlashga o‘rgatish; 3) odamlarda ijodiy ruhni, go‘zallik qonunlari asosida ijod qilish qobi-liyati va malakalarini shakllantirish. E.Averbax “Mimemis” kitobida Gomerning tasvir uslubini tahlil qilar ekan, eposga xos bo‘lgan syujet rivojida shoir shiddatli jangni tasvirlayotib, birdan lirik chekinish qiladi. SHoir nigohida tabiat, olam go‘zalligi she’rga, sahna asariga, kartinalar, manzaralarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida A.ning estetik funksiyasi yanada o‘sadi, o‘sha jamiyat a’zolarining badiiy didi, ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi.

6. Muloqotga kirishish (kommunikativ vazifa). Xuddi til kabi odam-lararo muomala vositasi bo‘lganiday, adabiyot ham badiiy muloqot vositasidir. Faqat til orqali kishilar fikriy aloqaga kirishsalar, adabiyot vositasida tuyg‘ular muloqoti yuz beradi. Adabiyot vositasida turli xalqlar bir-birining madaniyatlari bilan tanishadilar, san’atkorlari bilan muloqotga kirishadi-lar. Badiiy asar o‘zining emotsional ta’siriga ko‘ra, unda tasvirlanayotgan xalqning ruhiy olamini, qalbini tushuna oladi. Adabiyot insonlarni yaqinlash-tiradi, birlashtiradi. Qad. zamonlarda turli qabilalar o‘zaro sulh tuzgan vaqtlarida musiqa va raqs vositasida ahillikka erishganlar. Badiiy asar xuddi jonli kishiday kitobxonga ta’sir etadi, hatto uning tuyg‘ularini boshqaradi.
7. Axloqiy tarbiya quroli, vositasi bo‘lishlik. Katarsis, ya’ni kishi qalbini poklovchi, ezgulikka yo‘naltiruvchi vositadir. Adabiyot axloqiy mezonlar-ni shakllantirib, aqliga va qalbiga ta’sir ko‘rsatadi va chin inson bo‘lishiga xizmat qiladi. Arastu adabiyot insonlarning fojeiy dramada tasvirlangan affektlar (ruhiy nuqsonlar)dan poklanishi – katarsis nazariyasini estetik kategoriya, deb anglatgan edi. Arastu fikricha, badiiy asar qahramonlarining boshiga tushgan qayg‘u, kulfatlarga hamdardlik bildirish orqali tomoshabinlar va o‘quvchilar ruhan poklanadilar. A. san’at asari sifatida insonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pand, nasihat yo‘li bilan emas, balki ijobiy va salbiy qiyofalarda ifodalangan estetik ideal orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Badiiy asar qahramonlarining hayoti, ruhiy kechinmalari kitobxon, tomoshabinga o‘z hayoti va kechinmalariday ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli kitobxon, tomoshabin begonalarning hayotidan, tajribalaridan foydalanib, ulardan o‘z tajribalarini boyitadi, o‘z hayotiga tatbiq etadi. Muallif asarlarida ko‘ringan tajribalarni o‘zlashtirgan kitobxonlar ularda tasvirlangan, umumlashgan voqea-hodisalardan ibrat olib, ma’naviyati, ma’rifati boyib, kamol topib boradi.
Badiiylik – badiiy matnning o‘ziga maxsus sifati. Badiiylik asarning konseptual mohiyatidan kelib chiqadi, badiiy timsollarning mahorat bilan ishlanishini taqozo qiladi. Badiiylik bu badiiy asarning matn va matnosti dasturlari hamda adabiy shakllar bo‘yicha izchil tashkillanishidir. Badiiylik matnning butunligini ta’minlovchi barcha komponentlarning organik harakati bo‘lib, u matnning chuqur qatlamlariga qadar kirib boradi. Bu jihatdan muallif o‘z qalbiga chuqurroq kirib borgan sari kitobxonlar qalbiga ham shunday chuqurlikda singadi. Badiiylik va badiiy asarning dasturiy shakllanishi bir-biridan u qadar uzoq bo‘lmagan hodisalardir. CHunki har qanday badiiy matn dasturi faqat badiiylik talablari bo‘yicha quriladi va amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiylik san’at asarining estetik o‘lchovi hisoblanadi. Badiiylik manbasi hayot haqiqati va insonning ruhiy olami bo‘lishi bilan birga uning qay darajada badiiy matnda aks etganligiga qarab belgilanadi. Bu jarayonda hayotiy go‘zallik va qalb ruhoniyati muallifning estetik idealidan kelib chiqqan holda san’at asariga aylanadi. Badiiylik aniq bir matnga nisbatan qo‘llanilganda uning mazmun va shakl mutanosibligi, badiiy niyat va ifoda uslubi uyg‘unligi, janr talablari va ijodkor iste’dodi imkoniyatlari birlashgan holda nazarga olinadi.
Badiiylik sababli ijodiy faoliyat boshqa ilmiy va ruhoniy faoliyat turlaridan farqlanadiki, ayrim hollarda badiiylik tushunchasi san’at asarining baholovchi o‘lchovi sifatida ham qaraladi. Badiiylik asosini uning estetik tabiati tashkil qiladi. Badiiy ijod faoliyatning shunday turidirki, shaxsning ruhiy hayoti ehtiyojlarini qondiradi va insonlararo estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Mutaxassislar badiiylikning quyidagi qonuniyatlarini belgilaydilar: asarning badiiylik butunligi va uni ta’minlovchi jihatlar (1); badiiy shartlilik tamoyillari (2); ichki (tashqi adresat – kitobxon, ichki adresat – xos kitobxon yoki mutaxassis) adresatga yo‘naltirilganlik qonuni (3); individullashtirish qonuni, yoki ijodiy originallik (4); ijodiy umumlashtirish (sho‘ro adabiyotshunosligida tipiklashtirish) (5) kabilar. Bu qonuniyatlar ayrim manbalarda badiiylik moduslari deb yuritiladi. V.Tyupa yuqorida tilga olingan qonuniyatlarni hisobga olgan holda pafos turlari (qahramonlik, satira, yumor, fojiaviylik v.b.)ni hamda idillik, ironik, elegik modus turlarini farqlaydi. Lekin san’at asarining badiiylik tabiatini o‘rganuvchi yagona qat’iy qoidani joriy qilib bo‘lmaydi. Chunki estetik faoliyat turlari ko‘p bo‘lgani kabi har bir san’at asarining o‘ziga munosib tarzda belgilangan tashqi va ichki xususiyatlari doirasi bo‘ladi. Bu jarayonni har bir adib o‘ziga kechirgani kabi har bir matnda badiiylik o‘ziga xos tarzda yuzaga chiqadi.
Badiiylik qonuniyatlari zamon va makon kesimida o‘zgarishi ham mumkin. Antik estetlar yaratgan badiiylik qonuniyatlari bilan Gegel estetikasidagi badiiylikdan farq qilgani kabi SHarq badiiylik tizimi G‘arbiy Evropa badiiylik qonuniyatlaridan ham farqlanadi. Badiiylik har bir milliy-estetik tajribadan kelib chiqqan holda ham o‘ziga xos jihatlar bilan boyishi mumkin.



Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin