Reja: 1. Syujet haqida tushuncha 2. Adabiyotda syujet turlari 3. Syujet va uning unsurlari 4. Badiiy asar tarkibida syujetning o‘rni Tayanch tusunchalar: Syujet, syujet turlari, xronikal, konsentrik, assotsiativ, retrospektiv, syujet unsurlari, badiiy asar, tarkib, syujetning o‘rni
Syujet – fransuzcha predmet, narsa ayrim o‘rinlarda hodisa ma’nolarini bildiradi. Istilohiy ma’noda syujet badiiy asarning ketma-ketligi, fikr va tuyg‘ularning uyg‘un ravishda tartibli ifodalanishi nazarda tutiladi. Epik va drammaturgik asarlarda syujet voqea va hodisalar silsilasi tarzida keltirilsa, lirik asarda syujet his-tuyg‘ular va kechinmalar ifodasini anglatadi. Syujet adabiy jarayonda XVII asrdan fransuzlarda qo‘llanilgan. Ungacha fabula (XV) mif=mith (Arastu) nomlari ostida syujet tushunchasi qo‘llanilgan. Sharqda bayon, rivoya, roviylik nomlari ostida syujet tushunchsini qo‘llashgan. Fitrat syujetni tartib deb ataydi. Syujet deganda, uning bir qator turlari mavjudligi ham e’tiborga olinadi. Syujetlar:
Xronikal (davriy) – tarixiy avtobiografik asarlarda uchraydi. Davr ketma-ketligi to‘liq saqlanmaydi. A B qirol o‘ldi va qirolicha ham o‘ldi.
Konsentrik (qorishiq) – A B qirol o‘ldi va iztirobdan qirolicha ham o‘ldi.
Assotsiativ – xotiraga biror voqeaning ta’sir qilishi. N. Eshonqul asarlari, Go‘ro‘g‘li asarlari shu turga kiradi.
Retrospektiv – voqeaning eng qizg‘in joyidan boshlab ortga qaytiladi.
Syujetning bu turlari ko‘proq epik dramaturgik asarlarda kuzatiladi. Lirik asarlar esa assosiativ syujetlar asosiga quriladi.
Syujet elementlariva unsurlari deganda, ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kuzatiladi. Ulardan tashqari ayrim mumtoz asarlarda prolog va epilog bo‘lishi mumkin.
Ekspozitsiya syujetning boshlang‘ich nuqtasi, asar mavzusiga aloqador emas. Tugun va yechim orasida voqealar rivoji boladi. Kulminatsiya voqealar bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi. R. Hamzatov “Dog‘istonim” asarida kulminatsiyani “Men samalyotdaman uning eng yuqori cho‘qqiga chiqishi emas, uning to‘xtab turgan holatdan uchish holatiga o‘tishidir”,– degandilar.
Badiiy asarda syujetning o‘rni muqim bo‘lib, u asardagi qahramonlarning fikrlar, tuyg‘ular rivojini, qarama-qarshiligini birligini ifoda qilishi mumkin. Badiiy asarda syujetning o‘rni muallif tomonidan oldindan qat’iy ravishda belgilangan bo‘ladi. Har qanday badiiy asar uning janri yo‘nalishidan qat’iy nazar, albatta, syujet ishtirok etgan bo‘ladi.
Motiv va syujet. Badiiy asar motivlari oldindan belgilangan turg‘un holda bo‘lib, bir xil sharoitda yashaganlari uchun mavjud bo‘lishi mumkin. Syujet motivdan farqli muallif tomonidan olib kirilgan, qo‘shilgan, maqsadga qaratilgan voqea-hodisalarni aks ettiradi. Tahlil jarayonida motivlar emas, balki syujetlar tahlilga tortiladi.