Reja: 1. Kompozitsiya haqida ta’limot. Kompozitsiya tutashtiruvchi qonuniyat sifatida. 2. Kompozitsiyani hosil qiluvchi jihatlar. Kompozitsiya va arxitektonika munosabatlari. 3. Epik va dramaturgik asarlar kompozitsiyasi. Lirik kompozitsiya. 4. Syujetdan tashqari kompozitsion vazifalar
Tayanch tusunchalar:kompozitsiya, qonuniyat, arxitektonika, epik va dramaturgik asarlar kompozitsiyasi, lirik kompozitsiya, syujetdan tashqari kompozitsion vazifalar, qoliplovchi hikoya, lirik chekinish, kiritma.
Kompozitsiya (lot. kompozitsion – tuzish, biriktirish) – tuzilish, qurilish, birikish tushunchalarini beradi. Badiiy asarda muallif nazarda tutgan ijodiy niyatni amalga oshirish uchun asarning qurilishini muayyan bir qonuniyat asosiga qurish. Uning qismlarini o‘zaro birlashtiruvchi qonuniyat.
Kompozitsiya badiiy asar qismlarini yaxlit badiiy niyat (muayyan konsepsiyani shakllantirish va ifodalash, ko‘zlangan g‘oyaviy-estetik ta’sir) ijrosi uchun eng optimal holda joylashtirish, badiiy sistema (asar)dagi unsurlarni o‘zaro aloqa va munosabatlari ravshan anglashiladigan tarzda butunlikka biriktirish. Ya’ni kompozitsiya badiiy shaklning unsuri emas, u, avvalo, shakl komponentlarini badiiy mazmunni shakllantirish va ifodalash uchun eng qulay tarzda uyushtirishga qaratilgan amal, shuni amalga oshirish prinsiplaridir. Ayni amal tufayli asar unsurlari shunday uyushtiriladiki, natijada unda bironta ham ortiqcha unsur bo‘lmaydi, har bir unsur butun tarkibida o‘z funksiyasiga ega bo‘ladi va muayyan g‘oyaviy-badiiy yuk tashiydi. Kompozitsiya tushunchasi badiiy asarning barcha sathlariga birdek taalluqli, uning qaysi sathi haqida gap ketmasin, qurilishining ayni shu aspekti diqqat markazida turadi: matn qurilishi (bob, sarlavha, asosiy va yondosh matn), badiiy nutq shakllari (hikoyalash, tavsif, dialog), rivoya sub’ektlari (muallif, personaj, o‘zga shaxs), nuqtai nazar (roviy yoki personaj nigohi orqali ko‘rish)larning maqsadli almashinib turishi, personajlar sistemasi (bosh, ikkinchi darajali va yordamchi personajlar tarzida darajalanishi, ularning shunga mos o‘zaro munosabatdorlikda joylashtirilishi), syujet qurilishi (voqealarning zamon yoki sabab-natija munosabati asosidagi aloqadorligi, yuz berish va hikoya qilinish vaqti, turli makon va zamonda kechayotgan voqealarning o‘zaro bog‘liqligi, makoniy va zamoniy o‘zgarishlarning asoslanishi v.b. – bularning bari K. b-n bog‘liq tushunchalarning bir qisminigina tashqil qiladi. K. badiiy asarning chinakam sistema, ya’ni qismlardan tarkib topgan, lekin barcha qismlari o‘zaro mustahkam aloqadagi butunlikka aylanishini ta’minlaydi. Buning uchun esa qismlarning har biri o‘z o‘rni va o‘z me’yorida, butun b-n mustahkam aloqada bo‘ladigan va bu aloqalar anglanadigan tarzda joylashtirilishi muhim. YA’ni ijodiy niyatdayok o‘qish jarayoni nazarda tutiladiki, ayni shu narsa ijod jarayoniga ham ta’sir qiladi, yaratilajak asar kompozitsiyasining qanday bo‘lishini belgilaydi. O‘quvchi kompozitsiya jihatidan yaxshi tashqillangan asardan to so‘nggi nuqtaga kadar yangi-yangi mazmun qirralarini kashf etib boradi, o‘qish davomida turfa hissiy holatlarni qalbdan kechiradi, akliy yoxud ruhiy toliqish, zerikish hislaridan forig‘ bo‘ladi. Demak, badiiy asar kompozitsiyasi nafaqat asarning barcha komponentlarini uyushtirib, uning shakliy va mazmuniy butunligini ta’minlaydigan, balki uning o‘qilishi, uqilishi va kitobxonga g‘oyaviy-estetik ta’sirini boshqaradigan, xullas, asarni chinakam san’at hodisasiga aylantiradigan eng muhim unsur ekan. SHuning uchun ham kompozitsiyaga badiiy shaklning gultoji sifatida qaraladi, muayyan asar badiiyati haqida gap ketganda, uning kompozitsion xususiyatlariga, badiiy maxorat haqida so‘z borganda, shu boradagi maxoratga ayricha e’tibor beriladi. Zero, badiiy asarda hayot muayyan badiiy shaklga solingan holda aks ettiriladi, unda yangi reallik – badiiy voqelik yaratiladi. YA’ni san’atkor bir butunlikdan ikkinchi bir butunlikni – voqelikning badiiy modelini yaratishi, hayot materiali (dispozitsiya)ni badiiy asar (kompozitsiya)ga aylantirishi zarur bo‘ladi. SHu bois ham dispozitsiyani kompozitsiyaga aylantira olish iktidori ijodkor shaxsning tug‘ma imkoniyatlari sirasida eng muhimi sanalib, iste’dod kuchi shu iktidorning kay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
Asar qurilishida ishtirok etayotgan asar qismlari, bo‘laklari, ilmiy manbalarda arxitektonika deb ataladi. Asardagi asosiy kategoriyalar kompozitsiya bo‘lsa, qismlarini birlshtiruvchi qism “arxitektonika” deyiladi.
Arxitektonika(yunoncha: architektonike – qurilish san’ati) –badiiy asar qurilishidagi qonuniyat. Arxitektonika badiiy asar tarkibining muayyan qismi sifatida qaraladi. Me’morchilikda biror asarning asosiy va ikkinchi darajali qismlarining o‘zaro mutanosibligi. Badiiy asar tarkibidagi asosiy kategoriyalar qurilmasi arxitektonika termini b-n yuritiladi. Mas., badiiy asar qurilishidagi qonuniyatlar kompozitsiya deb yuritilsa, arxitektonika uning asosini tashkil qiladigan voqea va hodisalar birikuvidan hosil bo‘ladi. Arxitektonika yirik nasriy asarlarning qism, bo‘lim, bob, fasl kabi bo‘limlarida aks etadi. Dramaturgik asarda esa parda, akt, ko‘rinish, sahna v.b. Arxitektonika atamasi o‘rnida P.A.Florenskiy konstruksiya atamasini ishlatgan.
Arxitektonik shakllar – qat’iy o‘z janriga ega bo‘lgan shakllar. Adabiyot nazariya-siga ko‘ra, adabiy janrlar ikki turli A.ik va kompozitsion janrlardan iborat bo‘lib, qat’iy janrlar: g‘azal, tanka, xokku, pritcha (rivoyat), novella va masaldan iborat. Kompozitsion shakllar esa rondo, trioleta, sonet v.b.ni tashkil qiladi.
Fitrat syujetni tartib, kompozitsiyani esa tarkib deb ataydi.
Syujetdan tashqari kompozitsiyaning unsurlari.
Qoliplovchi hikoya. “Sab’ayi sayyor”, “Dilorom va Bahrom”, “CHinor” dagi Ochil buvaning o‘rni.
Lirik (chekinish) – asar syujetini gapirish davomida boshqa voqealarni kiritib ketish. Masalan, G‘. G‘ulom “Sen etim emassan” she’ridagi “Etimlik nimadir bizlardan so‘ra” she’ri.
3. Kiritma epizodlar asarlarning voqealarga aloqasiz bo‘lgan boshqa epizod yoki voqea kiritilishi mumkin. G‘azaldagi begona baytga o‘xshash.