Epik janrlar. G‘arb klassik adabiyotida quyidagi epik janrlar farqlangan: epopeya, roman, qissa, hikoya, novella. Epopeyada kopgina voqealar, rivoyatlar tushuniladi. Unda qahramon xalq bo‘ladi. Hozir u ikki ma’noda qollaniladi: 1. Xalq eposi (dostonlari); 2. Yirik hajmli bir necha kitobdan iborat kitob.
Roman XVII asrdan boshlab roman tilllari (italiyan, ispan, portugal, fransu) da yozilgan epik asarlar shu nom bilan yuritilgan. Syujet nuqtayi nazardan ko‘p tarmoqli romaniy tafakkur ostiga quriladi. Asosiy qahramonlari bir yoki bir nechta shaxs bo‘lishi mumkin; polifonik ko‘p ohangli harkterga ega bo‘lishi mumkin. Jahon adabiyotida birinchi she’riy roman Dantening “ilohiy komediya”. Nasrda yozilgan roman Servantesning “Don Kixot” asaridir. Rus adabiyotida birinichi she’riy roman “Yevgeniy Onegin”, nasriy asar esa Lermontovning “Zamonamiz qahramoni” asari.
Qissa bir yo‘nalishda bayon qilingan voqealar tizimi. Uning syujeti romandagi kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. U asosan, bir yo‘nalishda rivojlanadi. Bir yoki bir nech kishilar qahramon bo‘lishi mumkin. XIX asrgacha barcha roman tilida yozilgan asarlar roman deb yuritilgan.
Hikoya – bir voqeali yoki bir mohiyatni ifoda qiladigan bir necha kichik voqelardan tashkil topgan, hayotning bir parchasi tasvirlanadigan asar. Hikoya qahramoni asosan bir bo‘ladi.
Novella – syujetdagi voqealar taranglashgan kutilmagan yechimga ega bo‘lgan hikoyadir. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan mashhur bo‘lgan. Uning mashhurligida amerikalik Eduvard Fo, O.Henri, rus nasrida Chexov, o‘zbek hikoyachiligida A.Qodiriy, A.Qahhor, Cho‘lponlarni aytishimiz mumkin.
Drama (yunoncha-harakat) – tasvirlanayotgan voqea yoki kechinmaning harakatlar orqali ifodasini anglatadi. Dramada harakat birliklari sifatida nutq, imo-ishora va jismoniy harakatlar nazarda tutiladi. Ifodadagi harakatning mazmuni, yo‘nalishi, shakllari va birliklaridan kelib chiqib, dramaturgiya bir necha janrlarni o‘z ichiga oladi. Tragediya (fojea) dramaturgiyaning eng yuksak janri bo‘lib, voqealar oqimi shiddat bilan rivojlanadi, syujet elementlarida, xususan, ekspozitsiya va tugunda yechilishi lozim bo‘lgan masalalar kun tartibiga qo‘yiladi yoki prologda bo‘lajak voqealar rivojiga turtki beradigan alohida bir kichik voqea beriladi. Tragediyada dastlabki ko‘rinishdayoq bo‘lajak fojeaning olis shabadalari esib turadi, voqea va harakatlar rivoji muallif ixtiyoridan tashqari fojea sari oqib boradi. Ayrim hollarda asar so‘nggida fojea berishi shart emas, aksincha, prologda yoki dastlabki voqeada ko‘rsatilgan voqea sabablari asar davomida yechilishi mumkin. Demak, tragediyaning asosida fojeaviylik yotadi. Beliniskiy “poeziyaning tur va janrlarga bo‘linishi” asarida “Drama poeziyaning gultoji bo‘lsa, tragediya dramaning gultojidir”- degan xulosaviy fikr bayon qilgan. Dastlabki tragediyalar yunon adabiyotida Esxil, Evripid va Sofoklga tegishli bo‘lib ular tragediyani janrlar otasi deb bilishgan.
Komediya – dramaturgik yana biri hisoblanib, u kulgu so‘zidan olingan bo‘lib, dramatik asarda kulgu asar qahramonlaridan ham, voqealar shiddatidan ham yuqoriroq o‘ringa qo‘yiladi. Bir ikki epizodda yoki nutqda emas, balki asarning yechimida muallif tavsiya etayotgan xulosada ham kinoyaviy harakter kasb etadi. Ayrim asarlarda kulguning ro‘li darajasiga qarab satira (hajv), yumor (mutoyiba) va boshqa ifodaviy turlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Yunon va dunyo dramaturgiyasida komediyograf Aristofan hisoblanadi. Uning “Qurbaqalar” nomli komediyasi kelgusi komediyalar uchun asos bo‘lib, xizmat qiladi. O‘zbek dramaturgiyasida A. Qahhor komediyalari “Ayajonlarim”, “Tobutdan tovush” muhim ahamiyat kasb etadi. Dramadagi kulguning vazifasi ochiq, aniq ko‘rsatib berilgan. Dramadagi satira va yumor, epik va lirik asarlardagi satirik va yumoristik pafosdan farqlanadi. Dramada barcha kitobxonlar bir auditoriyaga yig‘ilib, bir paytning o‘zida asarni tomosha qilishi uning ta’sir kuchini oshiradi. Behbudiy “Teatr ibodatxonadur”-deganda ko‘proq komediyalarga ishora qilganday bo‘ladi.
Drama adabiy janr sifatida. Drama dramaturgik janrlar o‘rtasidagi ko‘proq tragediya va komediya o‘rtasidagi oraliq hodisa bo‘lib tushunilishi mumkin. Ammo drama asosida dramatizm ya’ni qahramonlarning konfliktlar va kolleziyalar asosiga quriladigan ruhiyati yotadi. Dramada qahramon ruhiyati fojea va kulgudan ustunroq darajada ko‘rsatiladi. Qahramon voqealarining shunchaki ishtirokchisi emas, balki uning mohiyatini bildiradi. Dramaturgiyaning har bir janridagi kabi dramada inson qismati birlamchi ifoda obyektivga aylanadi. Antik dramada dramaning alohida janr sifatidagi faoliyati ko‘zga tashlanmaydi. XVII asrdan fransuz va olmon sahnalarida, XVI asrning o‘rtalarida ingliz sahnalarida ko‘zga tashlanadi. O‘zbek dramaturgiyasiga kichik sahna asarlari bir ko‘rinishli (parda) aktli hodisalar evaziga shakllandi va 10-yilning oxiriga borib, “Chin sevish”, “Hind ixtilochilari” tarzida yuzaga chiqdi. O‘zbek dramaturgiyasida tragediya va komediyaga nisbatan drama janri kengroq va chuqurroq ishlanadi. Yuqoridagi janrlar asos o‘laroq tragikomediya, vodevil, melodrama kabi qorishiq janrlar shakllangan.
Lirika so‘zi yunonlarning musiqa asbobi “lira”dan olingan bo‘lib, insondagi ruhiy kechinmalar ifodasining badiiy matnda aks ettirishga qaratilgan bo‘ladi. Lirika boshqa adabiy turlardan farqli o‘laroq, muayyan milliy tuyg‘ular ifodasi bo‘lgani uchun o‘sha tilning fonetik va grammatik asoslari lirik janrda mutanosib aks etishi mumkin. Yevropa adabiyotida quyidagi lirik janrlar mavjud: lirik she’r, satira, yumor, oda (qasidaga yaqin), romans, elegiya, sonnet va boshqalar. Lirik she’r odatda, tuyg‘u va kechinmalarning ma’lum me’yorda va maromda ifodalanishiga asoslanadi. Shuning uchun, boshqa lirik janrlarga nisbatan normativ (me’yoriy) oraliq janr hisoblanadi hamda eng faol qo‘llaniladi.
Oda tantanavorlikni ifodalaydi, ellegiya esa uning aksi mahzun va ma’yus.
Romans qo‘shiq qilib kuylashga mo‘ljallangan vazn jihatdan ohangdorroq. Ular odatda, ashulaga aylangan.
Sonetning idizi qadimgi Yunonistonga borib taqaladi va asosan yevropa uyg‘onish davrida fransuz va ingliz tillarida yozilgan sonetlar mashhur bo‘lgan. Sonet tarixan 14 qatordan iborat bo‘lgan she’r hisoblanadi. Ilk sonetlar Shekspirga tegishlidir.
Yapon she’riyatidan kirib kelgan hokku, tanka. Hokku (3 lik), tanka (5 lik)
Bular qatorida lirik doston va poema ham keladi
Liro-epik janrlar tabiatan o‘ziga lirik va epik turlarga xos jihatlarni mujassam qilgan bo‘ladi. Liro-epik janrlar sifatida asosan, doston masnaviy, ballada va masal deb ko‘rsatiladi.