Reja: 1. Badiiy asar maromiyligi. Ritm va ritmika munosabati. 2. Nasriy va dramaturgik asarlar ritmik xususiyatlari. She’riy nutq ritmikasi. 3. Poetik tizimlar. Metrika (vazn tushunchasi). Kvalitativ va kvintativ vaznlar. 4. Aruz, barmoq, erkin (sarbast, verlibr) vaznlar. Oq she’r. 5. Qofiya va radif. Qofiya turlari. Qofiyasiz she’r (harora). She’r tahlili tajribalari.
Tayanch so‘zlar: mumtoz poetika, ritmik birliklar, nasr ritmikasi, sheriy nutq, aruz va barmoq vaznlari, badiiy matn, yozuvchi uslubi, asar uslubi, zamon uslubi, milliy uslub, uslubni o‘rganish tamoyillari.
Ritm, ritmika kabi tushunchalar nutqning tashkillanishi va she’riy/nasriy nutqni o‘rganish, farqlashda asos bo‘ladi. YUnoncha: rhythmos (sorazmernost) teng o‘lchovlilik, butkunlik ma’nolariga yaqin keladi. Arab musiqa istilohidagi iyqo – o‘zbekchaga zarb, marom deb tarjima etilgan.
Ritm – muayyan harakat yoki holatning ma’lum vaqt birligi ichida takrorlanishi, maromiylikir. Ritm matn biror koponenti takroriga asoslanadi. Tovush takrori, bo‘g‘in takrori, so‘z takrori, sintagma yoki birikma takrori, misra yoki gap takrori, bayt takrori va boshqalar ritmik asosga quriladi.
Ritm asosida takroriylik, nutq birliklarining maromiyligi yotadi, bunda elementlarning bir xilligi asos bo‘ladi. SHe’rda ritmika turli elementlarning bir xil pozitsiyadagi takroridir. Bu jarayonda notengliklar tenglashtiriladi, birxilliklarning mohiyatini anglash orqali struktural tahlilga kirishiladi, deb yozadi... Har qanday she’rshunoslikda she’rning ritmik tashkillanishi uning tovush jihatdan qurilishiga bog‘liq. Buning grafik shakli (yozuvdagi) va akustik shakli (talaffuzdagi) bor. Qadimgi turk tilidagi matnlarda nisbiy tengbo‘g‘inlilik bor. Ritmika va turli islomgacha bo‘lgan matnlarning tovush qurilishi.
ILK MUMTOZ DAVRIda SHE’Rning ritmik va tovush jihatidan tashkillanishidir.
“Qutadg‘u bilig” asari ritmikasi. Dastlab qofiya tizimi beriladi, so‘ng turk she’riyatida aruz va uning amal qilinishi. CHo‘ziq va qisqa hijolar; Juzvlar – element: sabab, vatad, fosila.
Buning natijasida hosil bo‘lgan vaznlar ikki xil: Bir xil ruknli, har xil ruknli (62 b).
Asar mutaqorib vaznida, masnaviy janrida yozilgan.
Faulun, faulun, faulun, faul.
V - - | v - - | v - - | v –
“Devonu lug‘otit turk”da aruz.
Tungutlar bilan jang: Murabba’ shakli, vazni: mafoiylun, mafoiylun.
V - - - | v - - - Hasaji murabbai solim
Alp Erto‘nga marsiyasi Murabba’ shakli, vazni: mustaf’ilun / failun.
- - v - | - v – Rajazi murabbai marfu
Arab-fors qofiya nazariyasi XI turk she’rida “Qutadg‘u bilig”da masnaviy shakli: aa bb vv... “Devon...”da murabba’ shakli: aaaa, aaav; avas, sssv, dddv – qat’iy shaklga ega emas.
Agar qadimgi davrda (islomgacha)she’rning tovush qurilishi (alliteratsion tizim) uning ritmik tashkillanishi bilan munosabatga kirishsa, aruzga o‘tish jarayonida bunday tovush qurilishidan she’rda voz kechilgan, yangi ritmik asos bo‘yicha amalga oshirilgan.
Turk-klassik poetikasi XV-XVI asrlarda. Navoiy va Boburning aruzga oid risolalarining vujudga kelishi turkiy tilning adabiy til sifatidagi doirasi kengaygani bildiradi.
M.Stebleva Navoiy tomonidan umumiy tarzda aytilgan turkiy janrlarning metrik xususiyatlarini aniqlagan:
Tuyuq: ramali musaddasi maqsur.
Turki: ramali musammani maqsur.
Qo‘shiq: madidi musammani solim
CHinga: munsarixi musammani matvii mavquf
Muhabbatnoma: hazaji musaddasi maqsur.
Mustazod: hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf.
Arzvoriy ikki xil (Iroq turkmanlari qo‘shig‘i): hazaji musammani solim;
ramali musammani mahzuf (bu ikkinchi vazn qo‘shiq vazniga mos keladi).
Boburning asari bo‘yicha: tuyuq, turki, qo‘shiq, o‘lang (Navoiyda – chinga) Navoiy belgilagan vaznlarga mos keladi; Tarxoniyesa Navoiyda tilga olinmaydi, uning vazni: rajazi musammani solim.
Boburda tuyuqning qit’a shaklidagi qofiyasi uchraydi: avsv. YOki taronai ruboiydagi kabi aaaa. Bu bilan muallif turkiy she’riyatga xso bo‘lgan janrlarning vazn xususiyatlarini aniqlashga erishdi. XV-XVI asrlardagi turk tilli she’riyatda aruz.
Lutfiy g‘azali tahlilida ramal bilan hazaj ko‘p qo‘llanilganini qayd etgandan so‘ng:
Alliteratsiya, qofiya va radif.
Qofiyadosh so‘zlar: qilmag‘ay, ochilmag‘ay, sanchil mag‘ay, aytilmag‘ay, ayrilmag‘ay. Raviy (qofiya hosil qiladi): Qil – ochil – sanchil – aytil – ayril (ma – takror; g‘ay – takror).
Ikkilangan holatdagi alleteratsiya matnda kelishi:
Ko‘rub dardim tarahhum qilmading hech,
To‘kub ashkim tabassum qilmading hech.
V - - - | v - - - | v - -
Tabassum – tarahhum – tavahhum – takallum – tazallum – tana’um – tarannum.
Bu erda raviy “m”; qilmading hech – radif.
SHe’rda radifning vazifasi: Ritmni kuchaytiradi; ma’noni qayta-qayta esga oladi;
Mumtoz turk she’rining janrlar tizimi Masnaviy,
G‘azal,
qasida,
qit’a,
ruboiy,
fard,
tuyuq,
musammat,
tarjiband,
tarkibband,
muvashshax,
muammo,
munozara.
Alohida shakliy janr: Murabba – kvadrat she’r.
Mudavvar – segmentli she’r.
Muaqqad – besh – olti yulduzli she’r
Mushajjar – darxt shaklidagi she’r.
Mulamma – shiru shakar, shahdu shiru shakar.
Nasr esa ikki xil:
Nasri murajjas – ritmli nasr;
Nasri musajja – qofiyali nasr (saj’)
Nasri oriy – erkin nasr.
Zamonaviy o‘zbek she’riyatida (Hamid Olimjon, Muhammad YUsuf):
Ritmika, bandshunoslik, qofiya ilmi, alliteratsiya
Qozoq, qirg‘iz, tatar, ozarboyjon, turk she’riyatida ritmika va boshqa fanlar.