Adabiyotshunoslikka kirish



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə29/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Маъруза матни

Tayanch tusunchalar: adabiy tur, tamoyil, ifoda shakllari, epos, epik janrlar, drama, dramaturgik janrlar, lirika, lirik janrlar, liro-epik janrlar.i

Aflotun (mil. av. IV asr) “davlat qonunlar” kitobida adabiy turlar haqida ilk ma’lumot berilgan. Bu ibtidoiy ma’lumotlar arastu hakimning “poetika” kitobida qat’iy qonunlashtirgan. Arastu adabiy turlarga munosabatda mimefis nazariyasidan kelib chiqqan holda, uch adabiy turni farqlab ko‘rsatgan. San’at o‘xshatish unda inson o‘z tuyg‘ularini voqealar orqali ko‘rsatish eposdir. Lirikada esa qalbning tabiiy tebranishlari aks ettirish kerak. Lira asbobida kuylar tabiiy chalingani kabi. Gegel ta’limotida esa tasnif asosiga obyekt va subyekt munosabati qo‘yadi. Shundan kelib chiqib, epos obyektivlik (makon, o‘rin-joy)ni nazarda tutadi. Lirika asosida subyekt yotadi va uning holati kechinmalari fikr va tuyg‘ulari badiiy asarning obyekti qilib olinadi.


Adabiy tur – badiiy asarning tiplari, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, poetik nutqning alohida shakllanishi, muallif g‘oyalarining betakror mushakkal ifodasi. Adabiy tur deyilganda hayotni idrok va ifoda etishda bir-biridan keskin farq qiladigan muallif pozitsiyalari tushuniladi. Adabiy tur tushunchasi ayrim nazariy manbalarda “jins” (rus t.dagi “rod”ni kalkalash orqali) istilohi b-n yuritiladi. Ayrim xorijiy manbalarda esa adabiy tur va janr munosabat-larida ularni har xil tushunish mavjud. Mas., fransuz adabiyotshunosligida “janr” istilohi A.t.ni anglatadi. V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” maqolasini tarjima qilish jarayonida A.t.ga nisbatan “xil”, janrga nisbatan “tur” so‘zlari qo‘llanilgan. Bunday terminologik chalkashliklardan chiqish maqsadida A.t. “janrlar guruhi”dan iborat ekanini, u uslub bilan ham, metod bilan ham jiddiy aloqadorlikda taraqqiy etayotgan kategoriya ekanini ta’kidlash lozim.
Badiiy adaboyotni turlarga ajratish, ya’ni asar tiplarini belgilash Aflotun davridan boshlangani an’anaviy tarzda epos, lirika va dramadan iborat ekani e’tirof etiladi. Aflotun “Davlat” asarida bu adabiy tur farqini shunday tushuntirgan: birinchidan, (muallif) o‘z nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirishi, xuddi difiramblardagi kabi; ikkinchidan, o‘z asarini qahramonlarining “nutq almashinish” ko‘rinishiga qurishi va bunda shoir so‘zlari aralash-masligi; uchinchidan, o‘z so‘zlarini asarda ishtirok etuvchi begonalar so‘zlari orqali aytishi mumkin”. Suqrot asarlariga munosabatda aytilgan bu talqin keyinchalik asrlar davomida ad-tni turlarga ajratishda mezon vazifasini bajargan. Aflotunning shogirdi Arastu bu fikrlarni yanada izchilroq qilib davom ettirgan: “Bu sohada asarlar yana aks ettirish usullari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Zotan bir xil narsani bir xil vosita b-n tasvirlagan holda yo muallif voqealarga aralashmay hikoya qilishi va o‘zini xuddi Gomerday tutishi mumkin. Yoki butun tasvir davomida muallif o‘zligicha qolishi yoxud barcha aks ettiriluvchilarni harakatdagilar sifatida gavdalantirishi mumkin”. Uyg‘onish asrida bu kabi talqinlar yanada konkretlashtirilgan. A.S.Minturno “Poetika” (1559) asarida A.t.ni epos, melika (lirika) va sahna poeziyasi (drama) deya tasnif qilgan. XIX asrda Gegel tasnif asosiga ob’ektivlik va sub’ektivlikni qo‘ygan va V.Belinskiy mana shu asosda maxsus maqola yozgan. O‘zbekistonda adabiy tur nazariyasi, asosan, V.Belinskiy qarashlari bo‘yicha shakllangan. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish G‘arbiy Evropada nutqning ifoda shakllari – poeziya va prozaga ajratishga yaqin keladi. Biroq bu tasnifni Sharq ad-tiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib bo‘lmaydi. Chunki islom sharqida nasr va nazm A.t. sifatida emas, balki nutqning ifoda shakliga ko‘ra belgilangan. Shunday qilib, adabiy turni belgilashda turli tasniflarni, birlik va asoslarni uchratish mumkin, lekin deyarli hamma nazariy manbalarda uch adabiy tur – epos, lirika va drama tarzida (ayrim asarlarda ikkinchi va uchinchi adabiy tur ning o‘rni almashgan holda) qat’iylashgan.
Adabiy tajribada ayrim asarlarda ikki turga xos xususiyatlar jamlangani, mas., Shelling “eposning drama bilan qo‘shilgan” shakli xususida so‘z yuritadi. Bu holatni B.Brext dramaturgiyasida kuzatgan mutaxassislar unga nisbatan “epik teatr” istilohini qo‘llashgan. Ayrim janrlar, mas., doston, ballada va masalda lirik va epik asos birlashgani kuzatiladi. Biroq yuqoridagi holatlar zinhor to‘rtinchi, yangi adabiy tur ni vujudga keltirmaydi. Aksincha, ularning o‘zaro qorishig‘idan yangi “farzand” – janrlar tug‘ilgani qayd etiladi. XX asr ad-tida adabiy tur dan tashqari (ruscha: vnerodovыe) adabiy shakllar mavjudligi haqida ham kuzatishlar mavjud. Bu istiloh rus olimlari tomonidan ocherk, esse janrlariga va “ong oqimi” kuzatilgan romanlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Demak, adabiy tur ga an’anaviy munosabat b-n bir qatorda noan’anaviy tarzda ularni yangilashga, janrlar diffu-ziyasiga sabab bo‘ladigan mezonlar axtarishga ham intilish mavjud.
Adabiy tur nazariyasida munozarali o‘rinlar bo‘lishiga qaramasdan adabiy tajribada har uchala turga xos jihatlar aniq belgilangan, ular nafaqat nazariy talqinlarda, balki amalda badiiy asarning formal tarkibiy xususiyat-larida, muallif pafosida (o‘z asariga munosabatda), uslubida aniq ko‘zga tashlanadiki, ular haqidagi ta’limot ad-tshunoslikning asosiy bo‘limini tashkil qiladi.
Dramaturgiyada obyekt va subyektning o‘zaro munosabati yuzaga chiqadi. Chunki harakatdagi shaxs va uning nutqi drammada asosiy mohiyat kasb etadi.
Har bir adabiy tur o‘z yo‘nalishida maxsus janrlarga ega. Adabiy tur g‘arb adabiyoti uchun asos qilib olingan bo‘lsada, islom sharqi mamlakatlarida nimani tasvirlash emas, balki qanday tasvirlash asos sifatida qabul qilinib, nasr va nazm shakllari tasnif asosiga qo‘yilgan. Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida nasr va nazmning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqib, nasrni “sochim” va nazmni “tizim” shakllarida tarzida ishlatgan. Sharq mumtoz adabiyotida nasr va nazm shakllari o‘zaro farqlanar ekan, ularning ifoda yo‘sinidan kelib chiqib she’riy va nasriy janrlar farqlangan.

Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin