Savol va topshiriqlar
1. Badiiy adabiyotni adabiy tur jihatdan tasniflash tamoyillarini aniqlashtiring.
2. Adabiy turlar va ifoda shakllarining farqlanishini ko’rsating.
3. Epos va epik janrlar tasnifini keltiring.
4. Drama va dramaturgik janrlar haqida tushuncha bering.
5. Lirika va G‘arbiy Yevropada lirik janrlar xususida to’xtaling.
6. Liro-epik janrlar tasnifini keltiring.
Adabiyotlar
Белинский В.Г. Разделение поэзии на роды и виды / Полн. собр. соч в 13 т-х. Т.5. М., 1954; Платон. Сочинения: в 3-х т. Т.3, ч.1. М., 1971. С.174-76; Гегель Г.В.Ф. Эстетика в 4-х т. Т.3. М., 1971. С.348-52; 419-20; Шеллинг Ф.В. Философия искусства. М., С.396-399; Введение в литературоведение. Хрестоматия. М.: Высшая школа, 1988. С.128-166; Адабий тур ва жанрлар. 1-ж.: Эпос, 2-ж.: Лирика. Т.: Фан 1991-92; Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Т.: Янги аср авлоди, 2004; Хализев В.Е. Теория литературы. М.: Высшая школа, 2005. С.308-332; Теория литературы: Роды и жанры. М., ИМЛИ РАН, 2003; Теория литературы в 2-х т. т.1. / Под ред. Н.Д.Тамарченко. М.: ACADEMIA, 2004. С. 264-276.
12-mavzu. Lirika va lirik janrlar
Reja:
Sheriy tizim va she’r nav’lari.
“Fununu-l-balog’a” asarida she’r qismlari va nav’lari.
Bir nav’ doirasidagi she’r shakllari.
Arab-fors-turk adabiyotlarida lirik janrlar tasnifi.
Tayanch tusunchalar: Sheriy tizim, she’r,“Fununu-l-balog’a”, she’r qismlari, she’r shakllari, arab-fors-turk she’riyati, janrlar tasnifi.
Arab-fors-turk adabiyotlarida lirik janrlar asosan, ifoda yo‘siniga ko‘ra tasnif etilgan. Shunday ekan, ular lirik janrlar deb emas, mumtoz manbalarda she’r navlari yoki nazm sinflari (Shayx Ahmad Taroziy) kabi istilohlar bilan yuritilgan. O‘zbek tilida yozilgan adabiyotsshunoslikka oid yetuk asarlardan biri “Funun ul-balog‘a” (Balog‘at fanlari) asarida Shayx Ahmad Taroziy ilmi adab tarkibiga kirgan fanlarni tasnif qilar ekan, asarning birinchi “aqsomu she’r” bobida quyidagicha fikr yuritgan: “She’r o‘n nav bo‘lur: qasida, g‘azal, qit’a, mustahzod, ruboiy, masnaviy, musammad, tarje’, mutavval va farddir deb yozgan. Har bir she’r naviga oid fikrlarni, bayon qilib ularga yarasha ta’rif va misollar bergan.
Qasida (ar. qosir, elchi, xabarchi) - biror voqea yoki shaxsga bag‘ishlangan she‘r bo‘lib, hajaz, ramal, rajaz, ayrim hollarda mutaqorib vaznida yoziladi. Qasida baytlar asosida tasniflanadi. Ya’ni har bir band baytga teng bo‘ladi. Uning qofiyalanish tizimi a-a, b-a…n-a tarzida bo‘ladi. “Qasidaning aqalli o‘n sakkiz bo‘lur, undan ortuq yozsa, muallif ixtiyorudadir”.
G‘azal (ar. ayollarni maqtash) mazmunan Shayxzoda ta‘rifiga ko‘ra oshiqona, orifona va rindona bo‘ladi.
Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarida g‘azalgo‘y shoirlarni 3 sinfda ko‘rsatgan.
She’rda majoz tariqida so‘zlovchilar (Lutfiy)
Haqiqatani majoz yo‘li bilan ifoda qiluvchilar (Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Rumiy)
Haqiqat misolini she’rda ravon qiluvchilar (A. Jomiy)
Qit’a (ar. “bo‘lak”, “parcha”)-g‘azal yoki qasidaning bo‘lagi matla’siz va maqta’siz g‘azal.
Mustahzod-arabcha orttirilgan. Bir yarim rukn orttiriladi.
Ruboiy-arab tilidan o‘zlashgan so‘z bo‘lib, 4 qatorli she’r ma’nosini beradi. U asosan, hazaj bahrining axrab va axram shahobchalarida yoziladi. Fors adabiyotiga ko‘ra ruboiy Rudakiy boshlagan. Turkiy she’riyatda esa “Qutadg‘u bilig” asari tarkibida ruboiy va to‘rtliklar uchraydi Shayx Ahmad Taroziy va A. Navoiy ruboiy vaznlari haqida to‘xtalar ekan, turkiy adabiyotda shunday to‘rtlik asosida tuyuq janri borligini kuzatgan.
Tuyuq vazn jihatidan ramal bahrida yozilgan. Qofiyalanishi esa ruboiy bilan bir xil: a-a-b-a, a-a-a-a.
Masnaviy (ar. “ikkilik”) – har bandi 2misradan iborat voqeaband she’rdir. Arab va fors she’riyatida esa u vazn bilan birga hazaj, sare’ va muzore’ bahrlarida yozilgan. Qofiyalanish tizimi (a-a, d-d va h.k) ga ko‘ra har ikki misra o‘zaro qofiyalangani uchun muallifga keng imkoniyat beradi Masnaviyning fors she’riyatidagi yuksak namunasi “Shohnoma”, turkiy she’riyatda esa “Qutadg‘u bilig” larni masnaviy shaklida yozilgan ma’rifiy asar deb bilishimiz mumkin.
Musammat arabcha “tizma”, “ipga tizilgan”, “zanjir” ma’nolarini beradi. Uning har bandidagi misralar miqdoriga ko‘ra bir necha shakllar mavjud: musallas (uchlik), murabba’ (to‘rtlik), muxammas (beshlik), musaddas (oltilik), musabba’ (yettilik), musamman (sakkizlik), mustasne’(to‘qqizlik), muashshar (o‘nlik). Musammatning qofiya tizimi uning shaklllariga ko‘ra beriladi. Masalan, musallasda b-b-a, d-d-a, murabba’da a-a-a-a, b-b-b-a, muxammasda a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, a-d-d-d-a kabi.
Taxmis va tasdis biror g‘azal yoki qasida asosida yoziladigan muxammas yoki musaddas bo‘lib, g‘azal har bandidan oldin o‘sha vaznda 3-4 misra orttiriladi. Ular mustaqil muxammas yoki musaddas emas, balki boshqa shoir yoki o‘zining avvalgi she’riga bog‘lanib keladi. Muxammas, musaddas va muashshar yuqorida ko‘rsatilgan qofiyalanih bilan birga eng so‘ nggi ikki misrasi o‘zaro qofiyalangan holda kelishi mumkin: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-a-a…
Musammatlar ko‘pincha g‘azal va qasida bahrlarida yoziladi. O‘z imkoniyatiga ko‘ ra voqealarni tasvirlash jihatdan masnaviydan keyin turadi.
Tarje’ arabcha “takror” degan ma’noni bildiradi. Band nuqtai nazaridan tarje yuqoridagi she’r shakllaridan jiddiy farq qiladi. Har bandi 5-10 baytdan iborat bo‘lishi bilan birga banddagi so‘nggi bayt navbatdagin bandning oxiridagi takrorlanib kelishi mumkin. Bu holat nomlanishiga sabab bo‘lgan.
Mumtoz she’rshunoslar tarje’band qatorida tarkibband yoki tarkib deb ataydi. Tarkibband tarje’bandning barcha xususiyatlarini jamlagan holda banddagi so‘nggi baytning takrorlanmasligi bilan farq qiladi.Tarkibbandning bir necha faol bahrlarda yozilganini kuzatish mumkin. Tarje’band va tarkibbandlar fors she’riyatda H. Dehalaviy va Hofiz she’riyatida Navoiy, Bobur, Ogahiy va Mashrab she’riyatida kuzatish mumkin.
Mutavval-(ayrim manbalarda mutatavil) nomlanishidayoq ko‘pincha tavil bahrida yoki hafif bahrida yozilishi bilan birga uning ruknlari musamman, musaddas emas, balki muashshardan tortib bir bandda 36-misragacha kelishi mumkin. Ushbu murakkab she’r shakli tog‘risida Sh.A.Taroziy ma’lumot bergan. Bobur bu shakl haqida misol berib A.Taroziyning asarini keltiradi.
Fard-arabcha “bir”, “yagona” ma’nolarini bildirib bir baytdan iborat bo‘lib, mustaqil she’r sifatida keladi. Fard deyarli barcha vaznlarda yozilgan bo‘lishi mumkin. Fardlar deyarli hamma vaznlarda yozilgan bo‘lishi mumkin. Qofiyalanish tizimi esa 2 xil: o‘zaro qofiyalanishi yoki qofiyalanmasligi mumkin. Bizgacha Hazrat Alining faqat fardlardan tuzgan devoni saqlangan. Mustaqil fardlar bilan birgalikda ayrim hikoyatlarning oxirida xulosa yoki qissadan hissa tarzida fard, ruboiy yoki g‘azal va qasidaning biror bayti keltirishi ham mumkin
Liro-epik janrlar sifatida ko‘pincha, masal, kichik bir voqea-hodisa, ramz va belgi hamda ishoratlar orqali ifodalanishi mumkin. Masalda tabiatan epik turga xos voqeabandlik, lirik turga xos hissiyot, sezish tabiati birlashgan bo‘ladi. Masallar she’riy yoki nasriy yo‘l bilan yozlishi mumkin. She’riy yo‘l bilan yozilganda vazn va qofiya talabiga muvofiq bo‘ladi. Masallarda odatda, ishora, kinoya, ramziylik ustun bo‘lishi mumkin. G‘arb adabiyotida Ezop, Krilov, Lafotenlar kabi masalnavislar mashhur. Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida bir necha masallar keltiradi. Ayrim masallarda xulosaviy tarzda bir bayt, fard yoki ruboiy ham kelishi mumkin.
G‘arb she’riyatida voqeaband she’rlar yoki biror hodisga bag‘ishlangan she’riy shakldagi voqeanomalar ballada deyiladi.
Shotland shoiri: Rober.
Rus shoiri: Jukovskiy
O‘zbek shoiri: H. Olimjon balladalari mashhur.
Doston-forscha bo‘lsa-da, Yevropa she’riyatidagi poema atamasining muqobili sifatida qabul qilingan. Dostonda epik ko‘lam, voqeabandlik bilan birga hissiy kechinma, fikr tuyg‘ulari aks etishi mumkin. Dostonlar she’riy yoki nasriy yo‘l bilan yoki har ikki ifoda shaklini qo‘llash bilan yoziladi. Xalq baxshilari tominidan aytiladigan dostonlar asosan, barmoq vaznida yozilgan. Mumtoz dostonlar esa masnaviy navid yozilgan. Fors adabiyotda “Shohnoma”, turkiy adabiyotda “Qutadg‘u bilig” mashhur dostonlar. Bulardan tashqari XX asr adabiyotida tur va shakllar transformatsiyasida (evrilish, o‘zgarilish) bir tur ichida yoki adabiy turlar aro ko‘zga tashlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |