Adabiyotshunoslikka kirish


-mavzu. Badiiy nutq va uning xususiyatlari



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə24/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
Маъруза матни

9-mavzu. Badiiy nutq va uning xususiyatlari


Reja:

  1. Badiiy nutqning milliy va adabiy tildan farqlanish. Metatil tushunchasi.

  2. Qahramon va muallif nutqi xususiyatlari.

  3. Poetik leksika: ko‘chim va ko‘chim turlari.

  4. Badiiy nutqning tovush jihatdan shakllanishi. Fonika, fonologiya va intonatsiya.

  5. Poetik sintaksis va uning jihatlari



Tayanch tusunchalar: badiiy nutq, adabiy til, metatil, qahramon va muallif nutqi, poetik leksika, ko‘chim, ko‘chim turlari, fonika, fonologiya, intonatsiya, poetik sintaksis.


Badiiy asar tili – ayrim manbalarda poetik til; muayyan bir asarning so‘z orqali ifodalaning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Har qanday badiiy asar til orqali yuzaga chiqar ekan uning qonuniyatlari tilshunoslik qoidalariga yaqin kelsada biroq jonli badiiy asar uchun harakatdagi til–badiiy til talab etadi. Har qanday badiiy asarning tili mutolaa jarayonida reallashgani uchun XX asrning 70-yillaridan boshlab “poetik til” o‘rniga “badiiy nutq” tushunchasi qo‘llaniladi. Adib biror bir asar yozishdan oldin uni o‘quvchilarga etkazish usuli, vositasi haqida fikr qilarkan, muayyan tabiiy-milliy yoki adabiy tilni qayta ishlaydi. Unga jilo beradi, o‘z jumlalari bilan ko‘rsatishga harakat qiladi. Badiiy nutq muallif tomonidan qayta ishlangani, unga ohor berilgani bilan adabiy tildan farqlanadi. Agar bunday til xalq merosini olmaydi desak, unchalik to‘g‘rimas. Mutolaa jarayoni biz uchun obekt, sababi kitobxon o‘sha jarayonda yozuvchi bilan muloqatga kirishadi.
Yozuvchi tomonidan shakllantirilgan ohoriy til ilmiy asarlarda metatil deyiladi. Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat bo‘lishi mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya holatlari, ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan bo‘ladi. Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.
Stilizatsiya – usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni tilshunoslikda fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda fonika deb nomlangan qismning obekti hisoblanadi.
Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati, ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili hisoblanadi.
Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar kuzatiladi.
Assonans (lotincha: assono – tovush; fransuzcha: assonanse – uyg‘unlik) – unlilarning uyg‘unligi. Asosan, urg‘u olgan bo‘g‘inlar Assonans bo‘lib keladi. Assonans ma’noni kuchaytirish, urg‘u berilayotgan so‘zning ta’sir-chanligini oshirish uchun qo‘llanadi. Mas., ushbu she’rda u va yu tovushlari yordamida A. hosil qilingan:
Broju li ya vdol ulits shumnыx,
Vxoju l vo mnogolyudnыy xram,
Siju l mej yunoshey bezumnыx
Ya predayus moim mechtam.
(A.S.Pushkin)
Assonans istilohi rus she’riyatida noaniq qofiya ma’nosida ham ishlatiladi. Bunda urg‘u olgan unli tovushlar uyg‘un holda keltirilib, undosh tovushlarning uyg‘unligi mutlaqo kuzatilmaydi. Mas., rus t.da ogromnost – opomnyus; jajda – jalko.
Sharq she’riyatida assonansdan unumli foydalaniladi. Ayniqsa, aruz vazni o‘z tabiatiga ko‘ra cho‘ziq unlilarning uyg‘unligiga asoslangani uchun A. turkiy she’riyatdagi eng faol vositalardan hisoblanadi.
Mas.,
Iloho podshoho kirdikoro,
Sango ochug‘ nihonu oshkoro
(Alisher Navoiy)
Yoki:
Men ketay deb, tez etay deb
bog‘ladim belga kamar,
Sen netay deb, sabr etay deb
solmading dilga kadar.
(CHo‘lpon)
Alliteratsiya (lotincha: al – ga, uchun; littera – harf, yozuv) – she’rdagi undosh tovushlarning uyg‘unligi asosida yaratilgan badiiy san’at (vosita). Fonika, ya’ni adabiyotshunoslikda badiiy asarning tovush jihati va ohang tizimini o‘rganishda muhim poetik hodisa sanaladi. Bunda bir xil undoshlar yoki o‘zaro yaqin ohangdosh undoshlar uyg‘un kelishi asosida ohangdorlik kuchaytirilishi, ta’sirchanlik oshirilishi mumkin. Alliteratsiya, ko‘pincha, misradagi so‘zlarning boshlang‘ich bo‘g‘inlarida keladi. Ta’sirchanlikni oshirishga qaratilgan A. ko‘proq eshitish orqali reallashadi. Mas., Sochilgan sochingday sochilsa siring (CHo‘lpon). YOki Qaro qoshing qalam qoshing Qiyiq qayrilma qoshing qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab qilich qotil qaroshing qiz (Erkin Vohidov). Pora, pero pokoya prosit... (A.S.Pushkin). CHujdыy charam chernыy chlen (K.Balmont).
T.shunoslikda nutqni tashkillantirishning usullaridan biri. Alliteratsiyada undosh tovushlar simmetrik ravishda folklor va yozma adabiyot (ayniqsa, she’riyat)da qadimdan mavjud.
Alliteratsion she’rqadimgi olmon, ingliz, skandinav va kelt ad-tidagi aksent she’r bo‘lib, u har biri ikki urg‘u olgan ikki yarim misradan iborat bo‘ladi. Bu birliklar o‘zaro Alliteratsiya orqali bog‘lanadi. Har bir misrada kamida ikki so‘z alliteratsiya usulda bir xil tovushli so‘zlardan boshlanishi kerak. Alliteratsiya she’rda urg‘udan avvalgi undosh alliteratsiya takrorga ega bo‘ladi. Urg‘usiz bo‘g‘inlar esa turli holatda kelishlari mumkin.
Vot kubok bragi, vojd brannogo vecha,
V nem smeshana sila s moщnoy slavoy,
Polon on pesen, pisem na polzu,
Raznыx zaklyatiy i radostnыx run...
(Saga o Vollsungax; B.YArxo tarj.)
Badiiy asar tili - ayrim manbalarda poetik til muayyan bir asarning so‘z orqali ifodalaning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Har qanday badiiy asar til orqali yuzaga chiqar ekan uning qonuniyatlari tilshunoslik qoidalariga yaqin kelsada biroq jonli badiiy asar uchun harakatdagi til–badiiy til talab etadi. Har qanday badiiy asarning tili mutolaa jarayonida reallashgani uchun XX asrning 70-yillaridan boshlab “poetik til” o‘rniga “badiiy nutq” tushunchasi qo‘llaniladi. Adib biror bir asar yozishdan oldin uni o‘quvchilarga yetkazish usuli, vositasi haqida fikr qilarkan, muayyan tabiiy-milliy yoki adabiy tilni qayta ishlaydi. Unga jilo beradi, o‘z jumlalari bilan ko‘rsatishga harakat qiladi. Badiiy nutq muallif tomonidan qayta ishlangani, unga ohor berilgani bilan adabiy tildan farqlanadi. Agar bunday til xalq merosini olmaydi desak, unchalik to‘g‘rimas. Mutolaa jarayoni biz uchun obyekt, sababi kitobxon o‘sha jarayonda yozuvchi bilan muloqatga kirishadi.
Yozuvchi tomonidan shakllantirilgan ohoriy til ilmiy asarlarda metatil deyiladi. Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat bo‘lishi mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya holatlari, ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan bo‘ladi. Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.
Stilizatsiya - usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni tilshunoslikda fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda fonika deb nomlangan qismning obyekti hisoblanadi.
Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar kuzatiladi.
Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati, ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili hisoblanadi.
Poetik sintaksis deyilganda, matndagi so‘zlarning o‘zaro ichki aloqadorligi o‘rganiladi. Formal tilshunoslikdagi sintaksisdan farqli (so‘z birikmasi, gap turlari, bog‘lanish turlaridan tashqari) badiiy matn hosil qilish uchun muallif qo‘llagan vositalar va ularning o‘zaro ichki aloqadorligi poetik sintaksisga asos berishi mumkin.
“Hikoya o‘n daqiqada bir soatgacha o‘qib bo‘linadigan, undan hech nimani qo‘shib va olib bo‘lmaydigan badiiy usuldir”.



Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin