Adabiyotshunoslikka kirish



Yüklə 160,44 Kb.
səhifə5/37
tarix02.12.2023
ölçüsü160,44 Kb.
#171432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Маъруза матни

Tayanch tusunchalar: asosiy sohalar, ilmiy tizm, adabiyot tarixi, nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik, bibliografiya

Adabiyotshunoslik fan sifatida ilmiy faoliyat sohiblari bilan ijodkorlar olamini o‘zaro bog‘lab, ijodiy yutuqlardan ilm taraqqiyoti uchun foydalanar ekan, u ish ko‘rayotgan tushuncha va istilohlarda har xillik kuzatilishi mumkin. Adabiyotshunoslikdagi terminologik chalkashliklarning oldini olish, tushuncha va istilohlarni identifikatsiya qilish, adabiy tahlil va jarayondagi eng zarur va ijtimoiy ahamiyatli hodisalarga tayanib ish ko‘rish bugungi adabiyot ilmining vazifalaridan.


Tizim – o’zaro ichki aloqadorlikka quriladigan bir necha tizim osti tarmoqlarining yaxlit harakati. Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida musulmon sharqi mamlakatida IX asrdan boshlab mavjud bo‘lgan. Akademik Botir Valixo‘jayev “Adabiyotshunoslik” kitobida, ilmi adab tarkibiga kiruvchi fanlar sifatida lug‘at, sarv, nahv, ishtiqoq, aruz, qofiya, badoye kabi 12 ta fanni keltiradi va bu bilan filologik tizimni mumtoz adabiyotdagi o‘rnini ta’kidlaydi. Sarv-morfologiya, nahv-sintaksis, ishtiqoq-so‘z yasalishi, badoye-badiiy san’atlar haqidagi ilm. Ilmi adab (filologiya) adabiyot “odob ilmlarining yig’indisi”. Adabiyotshunoslik IX asrda filologiya tarkibida ma’lum fanlarning yig’indisi ya’ni ilmiy tizim sifatida mavjud bo’lgan. Hozirda u o’z tarkibiga 30 dan ortiq fanlarni oladi.
An’anaviy adabiyotshunoslik o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy tanqid asosida tarkiblanadi. Shuningdek, ularga munosabatda mustaqil tarzda shakllangan adabiyotshunoslik metodologiyasi ham mavjud. Shuning uchun ham bu fanlar adabiyotshunoslikning “asosiy sohalari” deb yuritiladi. Bu bevosita konkret adabiy-tarixiy faktlar va ular o‘zaro aloqadorligining keng jabhalari bo‘lib, adabiyot tarixi nomi bilan markazlashadi. Shu bilan birga, adabiyot nazariyasi yoki nazariy adabiyotshunoslik ham mavjud bo‘lib, u adabiy hayotning umumiy qonuniyatlari va birinchi navbatda, adiblar ijodini o‘rganishga kirishadi.
Adabiyot tarixi insoniyat tarixining bir qismi, madaniy tarix tarkibida qaraladi. Insoniyat tarixi esa bir necha turlarga: fuqarolik tarixi, davlatchilik tarixi, madaniy tarix va boshqalarga ajraladi. So‘nggisi, ya’ni madaniyat tarixi san’at tarixi, shaharlar tarixi va boshqa qismlarga bo‘linadi. Madaniyat tarixining eng unumli sohalaridan biri san’at tarixidir. Bu tarix, o‘z navbatida, san’atning turlaridan kelib chiqib: musiqa tarixi, rassomchilik tarixi, haykaltaroshlik tarixi, raqs tarixi v.b. qatorida adabiyot tarixiga alohida e’tibor beriladi. Demak, u xalq madaniy tarixining harakatdagi muayyan bir qismi sifatida anglashiladi.
Adabiyot tarixi ilk badiiyat namunalari (dastlab og‘zaki shaklda yoki mifik tafakkur asosida)dan tortib hozirga qadar o‘tgan adabiy-badiiy asarlarga, ya’ni o‘tmish adabiyotiga nisbatan qo‘llaniladi. Turli milliy adabiyotlarning tarixan o‘ziga xosligi, taraqqiyot tamoyillari, adabiy avlodlar o‘zgarishi va boshqa. adabiy hodisalarni tarixiy jarayonda tadqiq etadi. Konkret adabiy asarlar yakka shaxslar tomonidan yaratilgan bo‘lsa ham yozuv hali shakllanmagan dastlabki davrda jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ya’ni bir iste’dod tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan boyigan, sayqallangan va anonimlashgan, natijada jamoaviy xarakter kasb etgan. Shunday ekan, adabiy asarning yaratuvchisi bir shaxs bo‘lishi mumkin, lekin adabiyot tarixining yaratuvchisi bir kishi bo‘lolmaydi. Adabiyot xalq tomonidan yaratiladi. Qaysi xalq vakillari iste’dodliroq bo‘lsa, ular o‘z iste’dodiga yarasha kuchliroq (badiiy jihatdan) asarlarni ertaroq yaratganlar. Adabiyot tarixidagi asarlar, mualliflar ijodiga baho berganda ularning o‘zlarigacha o‘tgan adabiyotga qanday yangilik qo‘shganlari yoki mavjud adabiy hodisalarning qay jihatini yangilaganiga qarab baho beriladi.
Adabiyot tarixi jamiyat tarixi tarkibida tushunilar ekan, u milliy xarakterga ega. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiyoti tarixi, rus adabiyoti tarixi… kabi millat madaniy tarixi bilan bog‘liq taraqqiy etadi. Adabiyot tarixini o‘rganishda tarixiylik tamoyiliga asoslaniladi, ya’ni adabiy manbalar, siymolar va hodisalar xronologik tartibda o‘rganiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish, adabiy muhit, adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatgan mintaqaviy manbalar ham shu soha doirasida tahlil qilinadi. Milliy adabiyot tarixini yaratish XX asr boshiga to‘g‘ri keldi. Biroq bunga qadar yaratilgan mumtoz adabiyotshunoslikdagi tazkira, risolalar hamda badiiy va tarixiy asarlar tarkibidagi lavhalar Adabiyot tarixining yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbek adabiyoti tarixining yaratilishida prof. Fitratning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” (1927), “O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild” (1928) bu yo‘nalishdagi ilk qo‘llanmalar sanaladi. Shuningdek, A.Sa’diy, O.SHarafiddinov, P.SHamsiev, V.Zohidov, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, R.Orzibekov va boshqalarning adabiyot tarixiga oid ishlari ahamiyatlidir. Uzoq yillar oliy o‘quv yurtlarida N.Mallaev, V.Abdullaev, G‘.Karimov tomonidan yaratilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” asosiy darslik sifatida qo‘llanildi.
Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi to‘plagan materiallarni umumlashtiradi, konkret adabiy tadqiqotlar sari yo‘naltiradi, unga tadqiqiy xarakter beradi. Adabiyotshunoslikning bu sohalari biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, ularning biri boshqasiga material bo‘lsa, ikkinchisi birinchisiga nazariy yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, demak, ularga yaxlit bir umumiy tizimdagi fanlar sifatida qarash kerak bo‘ladi.

Yüklə 160,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin