Adabiy tanqid (arabcha: نقدون – saralamoq) – nazariy adabiyotshunoslikda ishlab chiqilgan tahlil tamoyillari, badiiy matnni talqin etish tajribalari asosida adabiy harakatdagi asarlarni o‘rganish, tadqiq qilish. Agar adabiyot nazariyasi adabiy jarayon masalalariga e’tibor qaratsa, adabiyot tarixi bevosita ayni shu davrda yaratilgan adabiy-badiiy asarlarni o‘rganadi, ularni tahlil obyekti qilib belgilaydi. Adabiy tanqid adabiyotlikning tezkor va safarbar sohasi bo‘lgani uchun yangi e’lon qilingan asarlarga munosabat bildiradi, ularning adabiy jarayondagi va o‘sha muallif adabiy hayotidagi o‘rnini belgilaydi.
Adabiyot tarixiadabiyotshunoslikning ko‘hna sohalaridan bo‘lib, uning ildizlari mumtoz merosimizdagi tazkiralarga borib taqaladi. Chunki tazkira nafaqat ma’lumot va namuna beruvchi, balki asar va muallifga munosabat bildiruvchi janr sifatida taraqqiy etgan.
Munaqqid badiiy asarni tushunish va tushuntirishda, uning targ‘iboti va talqinida yozuvchi bilan kitobxonning o‘rtasida turuvchi (murosaga kelishtiruvchi emas) do‘sti hisoblanadi. Lekin munaqqid adabiy jarayon hodisalaridan kelib chiqib, asarga xolis baho berishi, adabiy tilda so‘zlashi va o‘z qarashlarini elga tushunarli uslubda ifodalashi kerak. Adabiy tanqidalohida soha bo‘lgani tufayli uning taqriz, maqola, portret, ocherk, suhbat kabi o‘ziga xos janrlari mavjud. Adabiy tanqidzamonaviy adabiy tilda so‘zlashi, zamonning dolzarb muammolariga munosabati nuqtai nazardan, ayrim hollarda publitsistikaga yaqinlashishi mumkin, biroq bu davriy muvaqqat yaqinlikni adabiy tanqidxos asosiy jihat deb qaramaslik kerak. Tanqidchi publitsist-jurnalist emas, adabiyotshunos olim sifatida ish ko‘rishi lozim.
Adabiy tanqidmilliy adabiyotdagi asosiy tendensiyalarni ilg‘ay olishi, millat va xalq kelajagiga asqotadigan badiiy tajriba va yangiliklarni ommalashtirishi va adabiyotning jamiyat oldidagi umuminsoniy burchini bajarishiga ko‘maklashishi zarur. Shuningdek, adabiyotshunoslik shakllanishiga xizmat qilgan matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya, evristika, paleografiya, adabiy sharh, xronologiya kabi sohalar ham adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik taraqqiy eta olmaydi. Bu fanlar adabiyotshunoslikka “asos bo‘luvchi, hayot ta’minlovchi, tayanch sohalari hisoblanadi” (A.Prozorov). “Bu sohalar adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb atash mushkul.
Adabiyotshunoslik professional istilohga ko‘ra, XIX asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lsa ham, uning ildizi ilk mifik tafakkur namunalariga borib taqaladi. Mifologik talqin yaratilishining o‘zi adabiyotshunoslikning qadimdan mavjudligini isbotlaydi. Adabiyotshunoslik dastlabki bosqichda (Gomer asarlariga bo‘lgan munosabatda va Gomergacha bo‘lgan davrda) baholovchi xarakterda yashagan bo‘lsa, ellinizm davrida filologiyaning bir qismi sifatida, falsafiy taraqqiyot davomida (Aflotundan Gegelga qadar) falsafaning tarkibida qaralib kelindi. Nihoyat, Gerder ta’limoti orqali adabiy-tarixiy tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan sifatida nomlanib (poetika, ritorika, estetika deb emas), o‘z nomi bilan ataladigan bo‘ldi.
Adabiyotshunoslik shakllanishiga xizmat qilgan matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya, evristika, paleografiya, adabiy sharh, xronologiya kabi sohalar ham adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik taraqqiy eta olmaydi. Bu fanlar adabiyotshunoslikka “asos bo‘luvchi, hayot ta’minlovchi, tayanch sohalari hisoblanadi” (A.Prozorov). “Bu sohalar adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb atash mushkul.
Bibliografiya (yunoncha: biblion – kitob, grapho – yozmoq; kitoblar ro‘yxati) – bosma asarlarni ilmiy tavsiflash va ularning batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular haqida axborotlar tayyorlash, ularni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanish; adabiyotshunoslik shu yo‘nalishdagi yordamchi sohasi. Biror mavzu yoki sohaga oid ilmiy asarlar, manbalar, kitoblar ro‘yxati ham bibliografiya deyiladi. Bibliografiya kitoblar, vaqtli nashrlarda e’lon qilingan asarlar ro‘yxatini tuzish, ularni mavzulariga ko‘ra yoki boshqa (fan sohalari bo‘yicha, alifbo tartibi – mualliflar ismi-sharifi bo‘yicha v.h.) jihatlarga ko‘ra tasniflash, qisqa annotatsiyalar yozish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yuvchi ilmiy-amaliy sohadir2. Bunday ko‘rsatkichlar biron-bir mavzu bo‘yicha izlanadigan tadqiqotchining vaqtini tejaydi, ilmiy faoliyati samarasini oshiradi, shu b-n birga mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar b-n to‘liq tanishish imkonini beradi, ilmiy xulosalarning ob’ektiv va ahamiyatli bo‘lishiga ham zamin hozirlaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida ulug‘ adiblar ijodi bibliografiyasini tuzishda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zRFA Ilmiy kutubxonasi tomonidan tayyorlangan “Adabiy hayot” bibliografik ko‘rsatkichi; Bobur, Fitrat, A.Qodiriy, CHo‘lpon, G‘.G‘ulom, A.Qahhor, E.Vohidov, O‘.Hoshimov kabi ijodkorlar, M.Qo‘shjonov, O.SHarafiddinov, U.Normatov, N.Karimov kabi olimlar faoliyatini yorituvchi bibliografik ko‘rsatkichlar nashr etilgan. Bobur va boburiylar bibliografiyasi O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan salmoqli ishdir.