Fosfor Pomidor, sabzi hamda poliz ekinlarida qandni va kortoshkada kraxmalni oshiradi.
P yetishmasa o’simlikda har-xil kechadi ya’ni uning ildizi holsizlanadi, yaprog’ining rangi gungurt, qizg’ishroq ranga aynadi.
O’simlikka K ning yetishmasligidan uning tuproqdan N va P ni qabul etish qobiliyati kamayadi, o’sih va pishib yetishi kechikadi.
Sho’rlangan yerlarga urug’ sepishdan oldin uni 3% li tuzlangan suvda yoki kollektir suvida ivitib(zamochka) ekilsa , o’simlikning tuzga chidamliligi, o’sib yetilishining yaxshilanishi fanda isbotlangan.
O’bo’sh(poloz va sabsavot ekinlari) ekinlarining urug’lari tuzli suvga solmasdan oldin toza suvda bo’kkancha qo’yib, keyin uni yaxshilab oqar suvga yuvgach, uni 3% li tuzli suvda 1soat davomida qo’yiladi. Undan chiqarib olib yaxshilab yuvilib ekishga tayyorlanadi.
Pomidorga P yetishmasa uning g’unchasi to’kiladi, pishishi kechikadi. N yetishmasa poyasi mayda va past bo’yli bo’ladi, pastki barglari esa qurib to’kiladi.Agar pomidorda N ko’p bo’lsa, poyasi nozik uzun bo’lib, mevasi suvli va mazasiz bo’ladi.
Agar kartoshkaga N ko’p berilgan bo’lsa poyasi ko’p, hosili oz bo’ladi va ichi kovak bo’ladi.
Kartoshka unib chiqqan paytda P ni ko’p talab qiladi, sababi o’simlik ildizi yaxshi rivojlanishiga ta’siri bilan birga, poyasining ko’plab o’sishiga yo’l qo’ymaydi, meva tugishiga yordam beradi. P shu davrida yetishmay qolsa keyin o’rnini to’ldirgan bilan hosilining o’rni to’lmaydi, mevasi mayda, yumoloq holidan o’zgaradi.
Kartoshka hoslining va sifatining yaxshilanishida K ning tutgan o’rni beqiyos. Agar yetishmasa fotosintezsekinlashadi, yeganda bemaza, pishirganda(qarao’ta beredi).
Kartoshka N li o’g’itlar ichida sulfat ammoniy o’g’itini qo’llaganda yaxshi samara beradi.
Poliz ekinlarida N ni berish vaqti juda muhim. Agar kech berilsa mevasi bemaza va zararli hamda yaxshi saqlanmaydi(bu hol N ko’p bo’lsa ham ro’y beradi), agar surumga berilsa mevasi mazali lekin hosil oz bo’ladi. Shuning uchun eng maqbuli 50% surimga sulfat ammoniy ko’rinishida va qolgani 3-4 barg chiqarganda istalgan turi berilgani maqul.
Poliz ekinlariga P meva elementlarining to’kilmasligiga, tez pishishiga ,va mazali bo’lishiga yaxshi ta’sir qiladi.
Agar P ko’p bo’lsa, unda qand kamayadi(bemaza bo’ladi) poliz ekinlarri kichik bo’lib, tez pishib ketib, hosildorlik kamayadi.
Mevali daraxtlar 10-12t/ga hosil uchun 62kg N, 17kg P va 50kg Kelementini o’zlashtirsa, 100t/ga hosil(olma) yetishtirish uchun 850kg N, 97kg P va 480kg K ni o’zlashtira oladi.
Mevali daraxtlarga 1:3 nisbatda P va go’ng berilsa yaxshi samara beradi.
Sholikorchilik institutlari natijalari mineral o’g’itning yillik umumiy me’yorining 40% ni ekish oldidan , 30%ni to’plash (to’pleo’ davride) davrida va 30% ni boshoqlash oldidan berilishi yuqori hosil beradi deb aniqlagan.
Sholiga K yetishmasa uning doni to’liq bo’lmay puch bo’lib qoladi.150kg/ga me’yorida K bersa bo’ladi.
Nitratli o`g`itlar (selitra) azotni nitrat fonnasida saqlaydi. Fiziologik jihatidvn ishqoriy xossaga ega bo`lganligi uchun nordon tuproqlarda uning samaradorligi yuqori.( [(NaNO3, Ca(NO3)2])
Ammoniyli yoki ammiakli o`g`itlar, masalan ammoniy sulfat-(NH4)2SO4, suyuq suvsiz ammiak bo`lib 82,2% azot tutadi (NH4)2SO4 Ammiakli o`g`it NH4OH esa tarkibida ammiakning 25% li suvli eritmasini tutadi. Ushbu o`g`itlar fiziologik jihatidan kislotalik xossasiga egaligi tufayli ularning samaradorligi kuchsiz ishqoriy va neytral muhitli tuproqlarda yuqoridir. Nordon muhitli tuproqlarda esa ushbu o`g`itlarni solish bilan birga tuproqni ohaklash tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |