Agrokimyo kirish


QISHLOQ XO’JALIK EKINLARIGA KALIYLI O’G’ITLARNI QO’LLASH



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə53/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

7.5. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARIGA KALIYLI O’G’ITLARNI QO’LLASH
  1. Kaliyli o’g’itlarni qum, qumoq chimli-podzol, torf-botqoqlik va qayir tuproqlarda qo’llash yaxshi samara beradi.


  2. Sho’rxok tuproqlarda kaliyli o’g’itlar tuproqning sho’rligini oshiradi va buning natijasida hatto hosildorlikni kamaytirishi mumkin.


  3. K2O miqdori 100 g tuproq evaziga 20 mg dan oshgandan keyin g’allasimonlarning qo’shimcha hosili uncha oshmaydi (qumoq tuproqlar) yoki keskin pasayadi (yengil mexanik tarkibli tuproqlar). T.N. Kulakovskaya hisoblariga ko’ra almashinuvchi kaliyning 100 g tuproqqa nisbatan 18—20 mg, bo’lishini yengil mexanik tarkibli chimpodzol tuproqlar uchun va 100 g tuproqqa 23—25 mg bo’lishini qumoq tuproqlar uchun g’alla ekinlaridan kafolatli yuqori sifatli hosil olishda optimal deb qabul qilsa bo’ladi. Kaliyli o’g’itlarning eng yuqori samarasi, uni azotli va fosforli o’g’itlar bilan optimal nisbatdaligida ta’minlanadi.


  4. Kaliyli o’g’itlarning o’zinigina qo’llash faqat boshqa elementlar bilan ta’minlangan quritilgan torfli, torfli-botqoq tuproqlarda bo’ladi.


  5. Loylanadigan tuproqlarda kaliyli o’g’itlarni (ba’zi ekinlarning qator oralariga qisman solishdan tashqari) kuzda shudgor oldidan solish maqsadga muvofiq bo’ladi. Tarkibida xlor bo’lgan kaliyli o’g’itlarni kuzda solinganda xlor kuzgi-bahorgi namgarchilik natijasida tuproqning ildiz atrofi qatlamidan yuvilib ketadi va xlorofob ekinlarga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Agar kaliyli o’g’itlarni kuzda solib ulgirilmasa, ularni bahordagi yerning qayta haydalishida solish lozim, lekin bu holatda tarkibida xlor bo’lgan o’g’itlar xlorga nisbatan sezgirlikni namoyon qiluvchi ekinlarga nisbatan salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Faqat qum va qumoq hamda torfli-botqoqlik va qayir tuproqlariga kaliyli o’g’itlarni bahorda solish kerak. Yengil tuproqlarda, ayniqsa sug’oriladigan maydonlarda kaliyli o’g’itlarning bir qismini oziqlantirish uchun solishga ajratib qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi.


  6. Kaliyga nisbatan kungaboqar, tamaki, sabzavotlar, qand lavlagisi, kartoshka, mevali va silos ekinlari ancha yuqori darajadagi sezgirlikni namoyon qiladi. Bu ekinlarga birinchi navbatda kaliyli o’g’it solish lozim. Lekin tamaki, tok, mevalilar, sitrus ekinlar, qator sabzavotlar (ayniqsa issiqxonada o’stirilganda), grechixa, kartoshka, zig’ir, dorivor va efir moy ekinlar xlorsiz kaliyli o’g’itlardan foydalanishni talab qiladi, chunki xloridlarning ta’sirida hosilning sifati keskin pasayib ketadi (tamaki bargida yonuvchanlik qobiliyati, zig’irda tola sifati susayadi, kartoshkada kraxmalning miqdori kamayadi). Kaliyli o’g’itlarni kuzda solganda ko’p ekinlar uchun xlorning salbiy ta’siri yo’qoladi.


  7. G’alla ekinlari, qand lavlagisi, ildizmevalari, oshxona qand lavlagisi va ko’p yem-xashak ekinlari tarkibida xlor tutuvchi kaliyli o’g’itlarga nisbatan salbiy reaksiyani namoyon qilmaydi, hatto hosildorlikni xlorsiz kaliyli o’g’itlardan foydalanilgandagidan ancha oshiradi. Qand lavlagisi va ozuqa ildizmevalilari uchun tarkibida natriy bo’lgan kaliyli o’g’itlar muhim ahamiyatga ega bo’ladi, ya’ni bu holda hatto xomashyo tuzlarini yoki ularning KCl bilan aralashmalaridan ham foydalanish mumkin. Xlorga nisbatan sezgir ekinlar uchun iloji boricha xlori kam bo’lgan kaliyli o’g’itlarni tanlab olish maqsadga muvofiq. Masalan, kartoshka ekiniga kaliy xlorga nisbatan kaliy sulfat, kalimagneziya (shenit) yoki kaliyli magneziyal konsentratni qo’llash maqsadga muvofiq. Kaliyli tuz va hatto kainitni kartoshka ekiniga qo’llab bo’lmaydi, chunki ularning tarkibida xlorning miqdori ko’p bo’ladi.


  8. Ohaklangan (karbonat) tuproqlarda, ayniqsa zig’ir va kartoshka uchun o’simlik tomonidan o’zlashtirilish jarayonida kaliy hamda kalsiy o’rtasida antogonizm bo’lganligi tufayli kaliyli o’g’itlarni yuqori me’yorda solish talab qilinadi.


  9. Kaliyli o’g’itlardan foydalanishda ularning samaradorligini oshirishda:


              • ulardan tabiiy zonalarga mos holda foydalanish;


              • kaliynijadal ravishda o’zlashtiradigan ekinlar uchun foydalanish;


              • azotli-fosforli o’g’itlar bilan birgalikda foydalanish;


              • kerak bo’lganda ohaklash va keyin kaliyli o’g’itdan foydalanish;


              • kaliyli o’g’itlarning xiliga qarab foydalanishga alohida e’tibor berish lozim.


  10. MDH mamlakatlarida faoliyat ko’rsatayotgan tajriba o’tkazish muassasalaridan olingan ma’lumotlarga ko’ra 1 s K2O bo’lgan kaliyli o’g’itlarni solish har gektar yerdan qo’shimcha ravishda g’alladan 2—3 s, kartoshkadan 20—33 s, qand lavlagidan 35—40 s, paxtadan 1—2 s, zig’ir tolasidan 1—1,5 s, yem-xashak uchun ekilgan o’tlardan 20—33 s, yaylov o’tlaridan 8—18 s hosil olish mumkinligini isbotlagan.





Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin